Zamonaviy axborot-kommunikatsiyasitexnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari




Download 1.27 Mb.
bet1/4
Sana01.02.2024
Hajmi1.27 Mb.
#149964
  1   2   3   4
Bog'liq
1493223345 66358
5-Mustaqil ish bajarilish muddati (2), 0.Назорат хати2, Mustaqil ish fan nomi Operatsion tizimlar Bajardi Yo’ldoshev D, Суҳбат баёни, Mavzu Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish Ilmiy , Mustaqil ishi 1 Kompyuter tarmoqlari fanidan, 5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadri-fayllar.org, 21 Bluetooth orqali masofadan boshqarish texnologiyalari tasnifi, Mavzu Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini , Korxonalarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muomilalari (3, Alkogolizm va uning asoratlari. Alkagolizmning homilaga ta\'siri, 1-mavzu Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj-fayllar.org, Kurs ishi mavzu O’smirning nizoli xulq – atvorini guruhdagi ten, Kirish kurs ishining dolzarbligi

Zamonaviy axborot-kommunikatsiyasitexnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi. Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.
2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.

Download 1.27 Mb.
  1   2   3   4




Download 1.27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy axborot-kommunikatsiyasitexnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari

Download 1.27 Mb.