Zamonaviy elektraloqa qurilmalari va tizimlarini yaratishda nafaqat zamonaviy radioelektronika imkoniyatlari, shu bilan birga signallar uzatish nazariyasi erishgan yutuqlaridan ham keng foydalanilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Mustaqil ish
Bajardi: Аbdusalomov Muxammadyusuf
TOSHKENT 2023
Mavzu: Аxborot uzatish uchun nostatsionar signallardan foydalanish
Reja:
Kirish
Axborot, xabar va signallar haqida umumiy tushunchalar
Aloqa kanallari
Aloqa kanalidagi xalaqitlar va buzilishlar
Aloqa tizimlarining sifat ko‘rsatkichlari
Xulosa
Foydalinilgan adabiyotlar
KIRISH
Zamonaviy elektraloqa qurilmalari va tizimlarini yaratishda nafaqat zamonaviy radioelektronika imkoniyatlari, shu bilan birga signallar uzatish nazariyasi erishgan yutuqlaridan ham keng foydalanilmoqda. Bunda nafaqat uzatilayotgan axborotlar hajmining oshishiga, balki qabul qilingan signalning sifat ko‘rsatgichlariga alohida e’tibor berilmoqda.
Signallarni uzatish nazariyasida signallarga ularning determinant funksiyalar orqali ifodalanuvchi nisbatan sodda matematik modellari bilan bir qatorda, signal va xalaqitlarga tasodifiy jarayon nuqtai nazaridan qaraladigan matematik modellardan ham foydalaniladi. Signal va xalaqitlarning tasodifiy jarayon shaklidagi matematik modellari signal qabul qilish qurilmalarining optimal strukturaviy sxemalari algoritmlarini yaratishda, signalni turli usullarda qabul qilishning potensial xalaqitbardoshligini aniqlashda, signallarni qayta tiklash bilan birga, turli aloqa tizimlarining axborot uzatish qobiliyatini aniqlash imkoniyatini beradi.
Shunday qilib, signallarni uzatish nazariyasi zamonaviy aloqa qurilmalari va tizimlarining rivojlanish yo‘nalishlarini ham ko‘rsatib beradi.
Signallarni uzatish nazariyasining rivojlanishida V.A. Kotelnikov, Klod Shenon, R. Xartli, X. Naykvist, A.I. Berg, D.V. Ageyev, A.Ya. Xinchin, A.N. Kolmogorov, N. Viner, A. Valdlarning hissalari katta. Ular uzluksiz signallarni diskret shaklda uzatish, axborot miqdorini aniqlashning logorifmik birligi, signallarni bir-biridan chiziqli ajratish nazariyasi, potensial xalaqitbardoshlik nazariyasi, axborot nazariyasi, aloqa tizimiga ehtimollik nazariyasining tadbiqi, signal va xalaqitlarga korrelyatsion ishlov berish asoslarini yaratishgan.
Signallarni uzatish nazariyasi fani bakalavrlar tayyorlashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi va zamonaviy aloqa qurilmalari va tizimlarining tahlili va sintezi masalalaridan chuqur bilimlarga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
AXBOROT, XABAR VA SIGNALLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Ilm-fan, texnika va kundalik hayotimizda “axborot”, “xabar” va “signal” atamalaridan tez-tez foydalanib turamiz. Umuman axborot deganda biron-bir voqea, hodisa yoki ob’ektning holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Axborotni saqlash, unga ishlov berish va uzatishda turli shartli belgilar (harflar, matematik belgilar, rasmlar, so‘zlar, turli shakldagi tebranishlar va boshqalar) dan, ya’ni axborotni boshqa ko‘rinishda ifodalash usullaridan foydalaniladi.
Ma’lum bir shaklga keltirilgan axborot xabar deb ataladi. Misol uchun, telegraf xabarlarida axborot harflar va raqamlar orqali ifodalanadi. Ushbu belgilar to‘plami orqali xabar uzatiladi. Telefon aloqasi tizimlarida – bu inson qulog‘i yoki uni o‘zgartiruvchi asbob mikrofon menbranasi oldida bosimning uzluksiz o‘zgarishi orqali olinadigan tovushlar, Televideniye tizimida – bu elementlari yorug‘ligi va rangi o‘zgaruvchi tasvir. Ko‘p hollarda axborot ikkilik diskret shaklda, ya’ni uni aks ettirish uchun faqat shartli “1” va “0” simvollaridan foydalaniladi. Bunda uzatilayotgan xabar chekli miqdordagi ikkilik simvollar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi.
Xabar almashish nafaqat insonlar orasida, balki inson va avtomatik boshqarish tizimi o‘rtasida, turli texnik tizimlar, EHM va jonivorlar orasida bo‘lishi mumkin. Xabarni ma’lum bir shaklda yaratib beruvchi ob’ekt xabar yoki axborot manbai deb, xabarni iste’mol qiluvchi ob’ekt istemolchi deb ataladi.
Biron-bir ko‘rsatkichi uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaruvchi fizik jarayon signal deb ataladi. O‘z tabiatiga ko‘ra signallar elektrik, yorug‘lik, tovush va shu kabilar shaklida bo‘lishi mumkin. Radiotexnik tizimlarda signal sifatida fazoda yoki biron-bir yopiq muhitda tarqaluvchi yuqori chastotali radiosignallardan foydalaniladi.
Xabarni unga mos signalga aylantirish uchun turli fizik jarayonlardan foydalanishga asoslanib yaratilgan asboblardan foydalaniladi. Misol uchun, tovush shaklidagi xabarni signalga aylantirish uchun mikrofondan, tasvirni signalga aylantirish uchun maxsus elektron trubkalardan, temperaturani signalga aylantirish uchun termoelementlardan va h.k. foydalaniladi.
Xabarni manbadan xabar iste’molchiga yetkazib berish uchun foydalaniladigan texnik qurilmalar aloqa tizimi deb ataladi Aloqa tizimi: xabar manbai (XM), xabarni elektr signalga aylantirish qurilmasi (XSA), signal uzatish qurilmasi (SUQ), aloqa liniyasi (AL), signal qabullash qurilmasi (SQQ), elektr signalni xabarga aylantirish (SXA) qurilmasi va xabar iste’molchi (XI) dan iborat. Umumiy ko‘rinishdagi aloqa tizimining strukturaviy sxemasi keltirilgan.
|