Zamonaviy interaktiv texnalogiyalar (electron doska) bilan ishlash Ishdan maqsad




Download 0,49 Mb.
bet1/2
Sana28.05.2024
Hajmi0,49 Mb.
#255512
  1   2
Bog'liq
labaratoriya ishi 2 J.J


Zamonaviy interaktiv texnalogiyalar (electron doska) bilan ishlash


Ishdan maqsad:
Zamonaviy interaktiv texnalogiyalar (electron doska) bilan ishlash.
Kerakli jihozlar:
Kampiyuter, electron doska, tarqatma materiallar, kitoblar.
Nazariy qisim
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlaga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi bu erda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat.
Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o’qituvchi o’quvchining fikrini xech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to’g’ri xulosani aytib o’tib ketadi. Natijada o’quvchi xatosini o’zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi xolatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro hurmatga asoslanadi. O’qituvchi qanday bo’lmasin o’quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o’quvchilarni bir-birlarini tinglashga o’rgatadi. e`tirozlar, qo’shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo’shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so’zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o’quvchi o’zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda xech qanday tayziqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o’rganadi. Interaktiv metodlar o’quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi. O’quvchilar dars davomida bo’sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo’ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. Interaktiv meiodlardan foydalanishda o’qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim. Darsni texnologik loyixalash uchun esa o’qituvchi interaktiv metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo’lishi lozim. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir.


Elektron interaktiv doska – raqamli, dasturiy va Internet texnologiyalari sohasidagi oxirgi yutuqlar kombinatsiyasidir. Bu ta’lim sohasidagi keskin ‘zgarish hisoblanadi, chunki an’anaviy doska va bo‘rlar elektron ko‘rinishga o‘tadi.
Elektron interaktiv doska - personal kompyuter uchun periferiya qurilmasi hisoblanadi. Proektor qurilmasi bilan birgalikda videoroliklarni, rasmlarni va boshqa obyektlarni yaratish va namoyish etish, kompyuter xotirasiga saqlash yoki printer orqali bosmaga chiqarish mumkin.
Elektron doska ikki xil ko`rinishda o`rnatilishi mumkin.

  • Xarakatlantirishga qulay bo`lishi uchun maxsus oyoqli moslamalarga mahkamlanishi


  • Yoki qo`zg`almas bo`lishi uchun maxsus uskunalar yordamida devorga maxkamlanishi mumkin



Elektron interfaol doskalar proyektorning o’rnatilishiga qarab to’g’ri proyeksiyali va teskari proyeksiyali doskalarga ajratiladi. To’g’ri proyeksiyali Elektron interfaol doskada proyektor doskaning oldi tarafida bo’ladi, teskari poyeksiyali Elektron interfaol doskalarda esa - doskaning orqa tarafida bo’ladi. Aksariyat Elektron interfaol doskalar – to’g’ri proyeksiyali doskalardir. Dars jarayonida proyektor nurlari o’qituvchi va o’quvchilarga xalaqit bermasliklari uchun, bunday Elektron interfaol doskalar bilan ishlashda, maxsus mustaxkamlovchi vositalar yordamida bevosita doska oldiga (tepasiga) o’rnatiladigan ultraqisqafokusli proyektorlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ulanish usuliga qarab Elektron interfaol doskalar simli (faol) va simsiz (passiv) interfaol doskalarga ajratiladi. Faol interfaol doskalar kompyuter va ozuqa manbaalariga simlar orqali ulanadi. Passiv interfaol doskalarda esa xech qanday simlar bo’lmaydi va ularni ozuqa manbaalariga, kompyuterga va poroyektorga ulash talab etilmaydi.


Ishlash prinsipiga ko’ra Elektron interfaol doskalar «yumshoq» va «qattiq» elektron doskalarga ajratiladi:

  • «yumshoq» Elektron interfaol doskalarlarda maxsus stilus (marker) yoki qo’l barmoqlari yordamida ishlash mumkin;


  • «qattiq» Elektron interfaol doskalarlar esa faqatgina elektron stilus (marker)lar yordamida ishlaydi.


Ishlab chiqarish (tayyorlanish) texnolgiyalariga ko’ra elektron interfaol doskalar quyidagi turlarga ajratiladi: sensorli, ultratovushli, infraqizilelektromagnitli, mikronuqtali.


Elektron doskadan foydalanish majmuasi uch elementdan tarkib topgan. Bular: 
Download 0,49 Mb.
  1   2




Download 0,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy interaktiv texnalogiyalar (electron doska) bilan ishlash Ishdan maqsad

Download 0,49 Mb.