|
Zamonaviy qishloq va xalq xo‘jaligining rivojlanishi uchun muxim bo‘lgan avtomobil yoqilg‘ilari, motor va transmission moylar, maxsus suyuqliklar va boshqa neft mahsulotlarining asosiy qismi sarflanadi
|
bet | 5/5 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 80,52 Kb. | | #144508 |
Silikagellar – bu kremniy kislota gelining suvsizlantirilgan mahsulotidir. Ushbu adsorbentlar natriy silikat eritmalariga kislota yoki ular tuzlarining eritmalarini ta’siri natijasida olinadi. Silikagellarning solishtirma yuzasi 400¼780 m2/g, tо‘kma zichligi esa 100¼800 kg/m3. Silikagel granulalari 7mm gacha bо‘lishi mumkin. Silikagellar asosan suv bug‘ini yutish, gazlarni quritish va tozalash uchun qо‘llaniladi. Bu adsorbent boshqa adsorbentlarga qaraganda yonmaydi, mexanik jihatdan mustahkam bо‘ladi.
Seolitlar – tabiiy va sun’iy mineral holatida bо‘lib, alyumosilikatning suvli birikmasi. Ushbu adsorbent suvda va organik eritmalarda erimaydi. Sun’iy seolit g‘ovaklar о‘lchami adsorbsiyalanayotgan molekula о‘lchamiga yaqin bо‘lgani uchun g‘ovaklarga kirayotgan molekulalarni adsorbsiya qila oladi. Bu turdagi seolitlar «molekulyar elaklar» deb nomlanadi. Seolitlar yuqori yutish qobiliyatiga ega bо‘lgani uchun gazlar va suyuqliklarni qisman quritish yoki suvsizlantirish uchun ham qо‘llaniladi. Seolitlar, kо‘pincha 2¼5 mm diametrli granula kо‘rinishida ishlab chiqariladi.
TEXNALOGIK QISM
Propan va butan fraksiyasini ajratib olish texnologiyasi
Absorbsiya-rektifikatsion usul. Fraksiyalarga ajralishi kerak gaz (H2S tozalangan) kompressor (1) yordamida 4 atm. bosimgacha siqiladi, (2) sovutgachda sovutiladi, keyin gaz separator (3) ga yuboriladi, undan keyin u 17-18 atm. gacha siqish uchun (4) kompressorga uzatiladi. U (5) sovutgichdan о‘tib, (6) gaz separatorga keladi, unda gaz kondensatdan ajraladi. Keyin 30-35°C ga ega gaz absorberni (7) pastki qismiga keladi. Absorberda R = 14-16 atm. da ushlab turiladi. Yuqori qismidan absorbent bо‘ladi. Absorberni yuqori qismini T = 30°C, pastki qismi esa 45°C. (7) absorberdan CH4 va H2 iborat gaz yana (8) absorberga uzatiladi. Tо‘yingan absorbent absorber (7) ni pastki qismiga о‘zicha harakatlanib tushadi va u desorber (9) ga uzatiladi. Desorberda R = 10-11 atm. Desorberni pastki qismi T = 110°C, yuqori qismi esa 35°C ga teng.
Desorberni yuqori qismidan etan-etilen fraksiyasi tozalagichga (10) ga yuboriladi. Bunda H2S NaOH bilan tozalanadi. NaOH sirkulyatsiyasi 12 – nasos yordamida amalga oshiriladi. Etan-etilen fraksiyasi suv bilan (12) kolonnada yuvilgandan keyin kompressor yordamida siqilib qayta ishlashga yuboriladi.
Desorberni pastki qismidan yengil uglevodorodlarda ajratilgan mahsulot (13) nasos bilan issiqlik almashuvchi (14) ga uzatiladi va u (15) propan kolonnasiga beriladi. Bu kolonnada propan-propilen uglevodorodlari C4 va undan yuqori uglevodorodlardan ajratiladi.
Kolonnani pastki qismini T = 140-180°C, R = 16-17 atm. teng. Kolonnami yukori kismidan propan-propilen fraksiyasi sovutgich-kondensator 16 ga tushadi, bunda u 20-25 °C ga sovutilib va yiguvchi (17) ga keladi. Kolonnani yuqori qismini 40°C temperaturada ushlab turish uchun propan-propilen fraksiyasini bir qismi (8) nasos bilan kolonnaga yuboriladi. Pastki qismidan esa chiqayotgan mahsulot butan-butilen, pentan fraksiyalarini olish uchun ajratiladi.
Absorbsiya va rektifikatsiya suniy sovutgich ishlatmasdan propan-propilen fraksiyasini 80-85°C bо‘lib - 90-95%, pentan -98% dan yuqori miqdorda olish mumkin. Etan-etilen fraksiyasidagi etilenga talab katta bо‘lgani uchun ularni ajratishga e’tibor berilmoqda.
Uglevodorod qismlarida ajratiladigan gaz 35-45 atm. bosim ostida issiqlik almashgich (1) dan о‘tib metan kolonnasiga (2) keladi. Bunda CH4 va H2 qolgan uglevodorodlardan ajraladi.
CH4 va H2 fraksiyasi kolonnani yuqori qismidan chiqib, etan-ammiakli sovuggich (3) sistemasidan о‘tib issiqlik almashgich (1) ga keladi.
Kolonnani yuqori qismi: T = -95, -100°C, R = 38-42 atm. Kondensat - etan-etilen va boshqa uglevodorodlar kolonnani pastki qismidan chiqib, (4) etan kolonnasiga о‘tadi. Bu kolonnada R = 25-30atm. Yuqori qismi T = -5 (-10°S), pastki qismi 86-95°C. Kolonnani yuqori qismidan chiqqan etan-etilen fraksiyasi (5) kondensatorda suyuqlanib yig‘gich (6) ga keladi. Uning bir qismi (7) nasos yordamida kolonnani tuyintirish uchun olinadi, qolgani etilen kolonnasiga (8) yuboriladi. 8 - kolonnani yuqori qismidan etilen, pastki qismidan etan olinadi.
C3 va undan yuqori uglevodorodlar etan kolonnasini pastki qismidan propan kolonnasiga (10) beriladi. Bu kolonnani yuqori qismidan propan-propilen fraksiyasi olinadi. C4 va undan yuqori uglevodorodlar kolonnani pastki qismidan olinib, (14) butan kolonnasiga uzatiladi.
Gaz uglevodorodlari fraksiyalarga ajratilganidan sо‘ng bu fraksiyalardan alohida uglevodorodlar olish mumkin bо‘ladi. Masalan, propan-propilen fraksiyasini deyetanizatorda qayta ishlab propan va propilen gazlarini alohida ajratib olinadi. Tarkibida uglevodorodi bor bо‘lgan siqilgan gazlar asosan maishiy-xо‘jalik maqsadlari uchun qо‘llaniladi. Siqilgan gazlar neftni dastlabki qayta ishlashda, katalitik krekinglashda, katalitik riformingda va gazni fraksiyalarga ajratishda hosil bо‘lgan propan hamda butan asosida ishlab chiqariladi. Ular atmosfera bosimi ostida asosan gaz holida bо‘lib agarda bosim bir ozgina oshirilsa, suyuq holatga о‘tadi.
XULOSA
Xulosa
Mening kurs ishimning mavzusi “SHo’rtan gaz koni mahsulotini qayta ishlash yo’li asosida tabiiy gazdan C3H8-C4H10 aralashmasini ajratib olish texnalogiyasi tavsifi” bo’lib u hozirgi davir asosiy mahsuloti hisoblanadi. Bu mahsulot O’zbekistonning eng muxum maxsuloti bo’lib xizmat qiladi.Mening kurs ishimda kirish texnalogik jarayonning tavsifi texnalogik jarayonning asosiy qurilmasi tavsifi asosiy apparat hisobi xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat kurs ishimning texnalogik jarayonining tavsifida propan va butan fraksiyalarini ajratish sxemasi keng yoritilgan. Xisob bo’limida esa asosiy apparat bo’lgan debutanizatorning xisobi xisoblab chiqdim.Depropanizator va debutanizator qurilmasining sxemasi haqida ma’lumot keltirilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. С.А.G’aybullayev, B.J.Тursunov, Sh.М.Тimurov.Benzinning oktan indeksining benzolning miqdoriy tarkibiga ta’siri Zamonaviy fan nazaryasi va amaliyoti. 2019y. №6, ct. 164-167.
2. Тursunov B. J., G’aybullayev С. А., Jumayev К. К. Glikol gazining suvsizlanishiga texnologik parametrlarning//MEDICAL SCIENCES. - 2020. - Т. 1. -№. 55. - С. 33.
3. G’aybullayevС. А., Tursunov.B.J., Timurov.SH.М. GTL Texnalogiya muhit xususiyatlari yaxshilgan yonig’ilar ishlab chiqarish yo’naligi//Zamonaviy fan nazariyasi va amaliyoti. - 2019. - №. 6. - С. 168-172.
4. G’aybullayev.С.А., Tursunov.B.J. Pirokondensat kimyoviy sintez uchun muhim//Universum:. - 2020. - №. 6-2 (75).
5 G’aybullayev.С. А Turayev М. М.Benzinning oktanni oshiruvchi komponentlari va ularning xossalari//Yosh olim. - 2016. - №. 3. - С. 349-351.
6. Zaripov. Б., G’aybullayev С. А. Uglevodorod xomashyosini past haroratda uchun ish rejimini tanlash//Yosh olim- 2016. - №. 3. - С. 98-100.
7. K. А.Djurayev, А. С.Aminova, С. А.G’aybullayev. Neft chiqindilarini zararsizlantirish va yo’q qilishning asosiy usullari // Yosh olim- 2014. - № 10 (69). -С. 136-137.
8. А. С. Aminova, С. А. G’aybullayev, К. А. Djurayev. Yog’shlamidan-ularni yo’q qilishning oqilona usuli // Yosh olim -2015. -№ 2 (82). -С. 124-126.
9. Urunov N. S. et al. PIROKONDENSAT TARKIBINING KIMYOVIY TAHLILI //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 32-40.
10. G'aybullayev S. A. MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5.- С. 1594-1603.
11. Sadriddinovch S. M. et al. INFLUENCE OF THE QUANTITY OF BENZENE ON THE PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF GASOLINE //Euro-Asia Conferences. - 2021. - Т. 4. - №. 1. - С. 188-192.
12. Gaybullayeva A. F., Sharipov M. S., Gaybullayev S. A. TABIIY GAZLARDAN GELIY OLISHNING KRIOGEN USULI //Academic research in educational sciences.- 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 571-579.
13. Nilufar Saydyaxyayevna Maxmudova, Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev TABIIY GAZLARNI VODOROD SUL'FIDIDAN TOZALASH USULLARINING TASNIFI // Scientific progress. 2021. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tabiiy-gazlami-vodorod-sul-fididan-tozalash-usullarining-tasnifi (дата обращения: 28.05.2021).
14. Sharipov M. S., G'aybullayev S. A. TASHLAMA GAZLARNI NOAN'ANAVIY USULLARDA TOZALASH //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.
15. Abdulazizov С. С. У., Sharipov М. С., G’aybullayev С. А. Meni fractionalrini kimyoviy tarkibi va reologik xossalari //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.
16. Abdusalimovich G.С. Piroliz distillatining kimyoviy tarkibini o’rganish // Elektron konferentsiya Globe. - 2021. -С. 203-209.
17. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI ABSORBSION QURITISH JARAYONIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 659-668.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Zamonaviy qishloq va xalq xo‘jaligining rivojlanishi uchun muxim bo‘lgan avtomobil yoqilg‘ilari, motor va transmission moylar, maxsus suyuqliklar va boshqa neft mahsulotlarining asosiy qismi sarflanadi
|