• Bugʻ turbinasi
  • Bugʻ-gaz turbinali qurilma




    Download 14,7 Kb.
    Sana23.01.2024
    Hajmi14,7 Kb.
    #143852
    Bog'liq
    Ikkilamchi qizdirish usuli bilan ishlaydigan bugʻ tubina qurilmasining sikli va uning chizmasi


    Bugʻ-gaz turbinali qurilma — bugʻ va gaz turbinalarining ish sikllari birlashtirilgan energetik qurilma. Unda ish jismi sifatida yoqilgʻining yonish mahsulotlari, qizdirilgan havo (gaz turbinasida), bugʻ (bugʻ turbinasida) yoki bir turbinaning oʻzida bugʻgaz aralashmasidan foydalaniladi. Afzalligi ish jismining boshlangʻich temperaturasi bugʻ turbinali qurilmalardagiga qaraganda ancha yuqori, tarmoqqa boradigan issiqlik temperaturasi esa gaz turbinali qurilmalardagidan ancha past boʻladi. Bugʻ-gaz turbinali qurilmaning bir necha sxemasi bor. Aralash sxemali qurilmalar eng koʻp tatbiq etiladi. Bularda yoqiladigan barcha yoqilgʻi (tabiiy gaz, mazut) ning faqat 20 foizi gaz turbinasining yonish kamerasiga beriladi. Tarkibida foydalanilmagan kislorod boʻlgan yonish mahsulotlari gaz turbinasidan oʻtib, bugʻ qozoni oʻchogʻiga keladi va u boshqa har xil sifatli yoqilgʻi bilan qoʻshilib yonadi. Bugʻ-gaz turbinali qurilma f.i.k. 32 % gacha boʻlgani holda nisbatan kam kapital mablagʻ talab etadi.

    Bugʻ turbinasi — bugning potensial energiyasini kinetik energiyaga, soʻngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr st-yasi (IES)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv va reaktiv turbinalar boʻladi. Bugʻ turbinasi nisbatan ixcham, oddiy, tejamli, yuqori parametrli bugʻlardan foydalanishga, toza kondensat olishga, elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga isteʼmolchilarga turli parametrli bugʻ uzatishga imkon beradi. Muqim (statsionar) va transport (kemaga oʻrnatiladigan) xillari bor. Mukim Bugʻ turbinasi ga kondensatsiya turbinalari, teplofikatsiya turbinalari va boshqa kiradi. Deyarli barcha Bugʻ turbinasi koʻp pogʻonali hisoblanadi. Bir va koʻp (4 tagacha) korpusli, bir va koʻp (3 tagacha) valli qilib ishlab chiqariladi. Bugʻ turbinasi markazdan qochirma havo haydagichlar, kompressorlar va nasoslarni harakatga keltirish uchun ham ishlatiladi.
    Download 14,7 Kb.




    Download 14,7 Kb.