• MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi
  • Zamonaviy ta’lim metodlari ta’lim samaradorligi kafolati kirish




    Download 28,58 Kb.
    bet1/3
    Sana19.01.2024
    Hajmi28,58 Kb.
    #140946
      1   2   3
    Bog'liq
    7-m




    ZAMONAVIY TA’LIM METODLARI - TA’LIM SAMARADORLIGI
    KAFOLATI
    KIRISH
    Ta’lim oluvchilar bilimi, ko‘nikmasi va malakalari zamon talablariga javob beradigan darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida pedagog xodimlarga yuklangan vazifalar nihoyatda salmoqli va mas’uliyatlidir. Bu vazifani ado etish uchun o‘qituvchilar qaysi turdagi ta’lim muassasasida mehnat qilishidan qat’iy nazar doimiy ravishda o‘z ustilarida mustaqil ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari va ilmiy ijodiy izlanishlari zarurdir. Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish majburiylig

    nuqtai nazaridan ham o‘qituvchining kasbiy kompetentlik darajasi davr talabiga mos kelishi muammo yechimini ijobiy hal etilishini ta’minlashi shubhasiz.
    Ana shu maqsadda o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlarini keng qo‘llash zarurati mavjuddir. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
    MUHOKAMA VA NATIJALAR
    Zamonaviy tilda bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda - ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi esa butun jarayon davomida faol ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

    • ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;

    • ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;

    • ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;

    • o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;

    • ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;

    • amalda bajarish orqali o‘rganilishi;

    • ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi [Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H. 2015: 81]

    Masalan, “Aqliy hujum” metodi - biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir.


    “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar.
    Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:

    1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

    2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda-yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.

    3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

    “Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:

    1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. 2. Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.

    1. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart. Quyida “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan. Muammoli savol beriladi. Fikr va g‘oyalar eshitiladi va jamlab boriladi. Fikr va g‘oyalar guruhlanadi. Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.

    “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi.
    “Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat



    1. Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;

    2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

    3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;

    4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;

    5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.

    “Aqliy hujum” metodining afzalliklari:

    • natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;

    • ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;

    • fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;

    • ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud;

    • ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi. “Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:

    • ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;

    • ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.

    1. Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi

    “Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha birbiriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.

    2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.

    3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

    4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.

    5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

    6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

    7. Kichik guruhlar baholanadi.

    «Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

    • o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;

    • muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;

    • vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

    • barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi. [Ishmuhamedov R.J. 2004]

    Kichik guruhlar shakllantiriladi. Mavzu yoritiladi. 1-guruhga topshiriq; 2- guruhga topshiriq; 3-guruhga topshiriq; 4- gurnhga topshiriq beriladi. O‘qituvchi tomonidan ko‘rsatma berish va yo‘naltirish; Muhokama va tahlil qilish; 1- guruh taqdimoti, 2- guruh taqdimoti, 3-guruh taqdimoti, 4- guruh taqdimoti o‘tkazilib baholanadi.
    Bunda:

    • o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi. «Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:

    • ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

    • barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi;

    • guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin;

    • guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin.

    1. “Davra suhbati” metodi:

    “Davra suhbati” metodi - aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.[ Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. 2004]
    “Davra suhbati” metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko‘z aloqasi”ni o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar. So‘zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
    Davra stolining tuzilmasi:
    Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga soladi va belgilar qo‘yadi.
    Belgilar: 1-ta’lim oluvchilar 2-aylana stol solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni
    olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi.
    Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan.
    “Davra suhbati” metodining tuzilmasi
    “Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi.

    2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.

    3. Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni t arqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta’lim oluvchi konvertga va “Javoblar varaqalari”ga o‘z ismi-sharifini yozadi.

    4. Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi.

    5. Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Suhbatni o‘tkazish shartlari bilan tanishtirish: Konvertlar va “Javoblar varaqalari”ni tarqatish; Konvertlarga savollar yozish; Savollarga javob yozish; Baholash va tahlil qilish. Konvertni yonidagi o‘quvchiga uzatishlarga savollar yozish.

    6. Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.

    7. Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi “Javoblar varaqalari”ni baholaydi.

    8. Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.

    XULOSA
    Ushbu metod orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchilarni ob’yektiv baholashi mumkin.

    Download 28,58 Kb.
      1   2   3




    Download 28,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy ta’lim metodlari ta’lim samaradorligi kafolati kirish

    Download 28,58 Kb.