• Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi
  • Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi




    Download 129.83 Kb.
    bet1/7
    Sana09.06.2023
    Hajmi129.83 Kb.
    #71312
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    bobur web dasturlash
    Biologiya, ty izi3, Pedagogik mahorat fanidan test savollari pedagogik texnologiya n-fayllar.org

    Mavzu: Zararkunanda dasturiy vositalarni aniqlash usullari va vositalari
    Reja:
    Kirish
    Asosiy qism

    • Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish



    Asosiy qism
    Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi
    Viruslar, chuvalchanglar, troyanlar va boshqa zararkunandalar haqida
    Kompyuter viruslari tezkor evolyutsiyalanmoqda. Xavfsizlik texnologiyalari bilan o‘tkir raqobat muhitida, viruslar ham o‘z strategiyasini o‘zgartirib, mukammallashib boryapti. Kompyuter viruslari tarixi qanday boshlangan edi va uning keyingi yo‘nalishi qanday bo‘ladi? Biz Orbita.Uz’da Sizga shu haqida hikoya qilishga jazm qildik.
    Germaniya. Tez tibbiy yordam mashinasi Dyusseldorfdan qo‘shni shaharcha – Vuppertalga shoshib uchib bormoqda. Og‘ir ahvoldagi qariya bemorga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Vrachlar jarrohlik amaliyotini boshlashadi, lekin allaqachon kech bo‘lgan edi. Bemor ayol vafot etdi.
    Bu hodisaning sababi – Dyusseldorf klinikasida kerakli tibbiy jihozlar yo‘qligidan emas. Gap shundaki, bu voqeadan bir kun avval amalga oshirilgan xakerlar hujumi oqibatida, 30 ta server qatorida Dyusseldorf shahar klinikasida ham axborot tarmog‘i ishdan chiqqan edi va kasalxonaning barcha axborot tarmoqlari ikki hafta muddatga ishdan to‘xtab qolgandi. Natijada, ushbu kasalaxonada qilinishi rejalashtirilgan operatsiyalarni boshqa klinikalarga ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan, bemorlarni qabul qilish to‘xtatilgan va umuman, kasalxona o‘z funksiyalarini bajara olmay qolgan.
    Xakerlar hujum obyektini noto‘g‘ri tanlashgan edi va keyinchalik, o‘z xatolarini tushungan holda, serverlardagi ma’lumotlarni tiklash kalitini ham o‘zlari taqdim etishgan. Lekin allaqachon kech bo‘lgandi. Shu tariqa, 2020-yilda, tarixda birinchi marta, kiberhujum natijasida odamning vafot etishi hodisasi ro‘y berdi.
    Kompyuterlar endi-endi paydo bo‘layotgan o‘sha 1949-yildayoq, hali kelgusida kompyuterlarni zararlaydigan virus dasturlarning paydo bo‘lishi haqida taxmin bildirgan matematik olim Jon fon Neyman ehtimol ish bu qadar jiddiylashib ketishini o‘ylamagan bo‘lsa ham kerak. Dasturiy kodning zararli qismiga nisbatan «virus» tushunchasini qo‘llagan mutaxassis Fred Koen ham ehtimol bu darajada yomon oqibatga olib keladigan kompyuter viruslari paydo bo‘lishini bilmagan bo‘lsa kerak. Aynan Fred Koen 1983-yilda ilk bora o‘z-o‘zini ko‘paytiradigan dastur ishlab chiqqan edi va buning uchun u atiga 8 soat vaqt sarflagan...
    Viruslarning kelgusidagi evolyutsiyasi qanday bo‘lishini hozir prognoz qilishning deyarli imkoni yo‘q. Lekin, kompyuter viruslarining shu kungacha qanday rivojlanib kelgani tarixini evolyutsion ko‘rib chiqish mumkin. Lekin, keling avvaliga terminlar bilan tanishib chiqamiz. Mutaxassis bo‘lmagan oddiy kishilar har qanday zararli dasturni virus deb atashadi. Mutaxassislar nazdida esa, viruslar bu – nihoyatda xilma-xil va juda turli tuman bo‘lgan zararkunanda dasturlarning kichik bir qismini tashkil etadi xolos. Qulaylik uchun biz, bunday zararkunanda dasturlarni shunchaki «zararkunandalar» deymiz.


    Download 129.83 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 129.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi

    Download 129.83 Kb.