• Zahiraviy nusxalarni qayerda saqlash kerak
  • Lokal qattiq disk (Локальный жесткий диск)
  • Portativ ma’lumot saqlash qurilmasi
  • Bulutli saqlash xizmati
  • Muhim ma’lumotlarni zahiraviy nusxalashda «3-2-1» qoidasi
  • Batafsil o’qing
  • Zaxira nusxalarini yaratish nima uchun muhim va ularni qayerda saqlash kerak




    Download 20,17 Kb.
    Sana16.05.2024
    Hajmi20,17 Kb.
    #237527
    Bog'liq
    Zaxira nusxalarini yaratish nima uchun muhim va ularni qayerda saqlash kerak


    Zaxira nusxalarini yaratish nima uchun muhim va ularni qayerda saqlash kerak

    Muhim ma’lumotlarni yo‘qotish siz o‘ylagandan ko‘ra anchagina oson. Ma’lumotlarni yo’qotishning eng keng tarqalgan usullari bu – foydalanuvchi xatosi, uskunada nosozlik kelib chiqishi, qurilmaning o’g’irlanishi yoki uni yo’qotib qo’yish, shuningdek zararli dastur bilan zararlanishi natijasida yo’qotish hisoblanadi. Ransomeware (to’lov talab qilivchi dasturlar) hujumlari va xakerlar tomonidan bo’ladigan hujumlar ham qurilmalaringizdagi ma’lumotlar uchun katta xavf tug’diradi.


    Muhim fayl va ma’lumotlaringizning zaxira nusxalarini muntazam ravishda yaratib borish ularni ushbu xavflardan himoyalashning yagona usulidir. Ma’lumotlarni zaxiralash fayllaringizning zaxira nusxalarini yaratish va ularni qattiq disk, tashqi xotira qurilmasi yoki bulutli zahira xizmatida saqlash nazarda tutiladi. Ma’lumotlarning zaxira nusxalari qurilmalaringizdagi asl ma’lumotlar yo’qolgan yoki zararlangan hollarda muhim fayllarni tezda tiklash imkonini beradi.

    Zahiraviy nusxalarni qayerda saqlash kerak


    Maʼlumotlaringizni zaxiralash joyi haqida gap ketganda, siz qurilmangizning qattiq diski, tashqi ma’lumot saqlash qurilmasi va bulutli saqlash xizmati kabi variantlardan birini tanlashingiz mumkin. Ushbu variantlarning har biri o’zining afzalliklari va kamchiliklariga ega.

    Lokal qattiq disk (Локальный жесткий диск)


    Zaxira nusxalarni saqlash uchun eng qulay joy – bu qurilmangizdagi qattiq diskdir. Siz diskda alohida bo’lim (раздел) yaratishingiz va u yerda zaxira nusxalarini saqlashingiz mumkin. Mahalliy qattiq diskda ma’lumotlarni zaxiralashning eng katta kamchiligi shundaki, siz qattiq diskning ishdan chiqishi, zararli dastur bilan zaratlanish, qurilmangizni yo’qolishi yoki uni o’g’irlanishi kabi holatlardan himoyalanmagansiz.

    Portativ ma’lumot saqlash qurilmasi


    Fayllaringizni tashqi qattiq disk yoki USB fleshkasi kabi portativ maʼlumotlar saqlash qurilmasiga zaxiralasangiz asl maʼlumotlar saqlanadigan qurilma ishdan chiqqan yoki yoʻqolgan holda ham maʼlumotlaringiz xavfsiz joyda bo’ladi. Agar ularda ma’lumotlaringizni shifrlangan holda saqlasangiz portativ qurilmalar ko’plab ma’lumotlarni saqlash uchun juda ishonarli hisoblanadi. Shuningdek, ulardan foydalanish oson, masofadan turib zaxiralash variantlaridan ko’ra tezroq va arzonroq.
    Biroq, bu qurilmalar ishdan chiqishi mumkin, shuningdek suv toshqini va yong’in kabi tabiiy ofatlar yuz berganida ulardagi ma’lumotlarni yo’qotishingiz mumkin. Zararli dastur asosiy qattiq disk bilan birga ushbu qurilmalarni ham zararlashi mumkin. Shuningdek, ularni yo’qotib qo’yish yoki o’g’irlanish ehtimoli bor.

    Bulutli saqlash xizmati


    Ma’lumot zaxira nusxalarini bulutli saqlash xizmatlarida saqlash tobora keng qo’llanilmoqda. Bulutli saqlash xizmatlarining ko’pchiligi sizni ma’lumot saqlash uchun katta hajmda joy bilan ta’minlaydi hamda ma’lumotlaringizni shifrlaydi. Zaxira nusxalarini bulutda saqlaganingizda, sizda istalgan vaqtda istalgan ulangan qurilmada maʼlumotlaringizga kirish va ularni boshqarish qulayligiga ega bo’lasiz.
    Ma’lumotlaringizning zaxira nusxasi boshqa bir masofaviy xavfsiz joyda saqlanganda ularning xavfsizligi va tiklanish imkoni kafolatlanadi, hamda bundan sizning ko’nglingiz xotirjam bo’ladi. Bundan tashqari, bulutli zaxira xizmatlari ko’pincha faylning bir nechta versiyasini saqlash imkonini beradi, bu sizga uning oldingi versiyasiga qaytarish imkoniyatini beradi. Biroq, ko’pincha bulutli saqlash xizmatlaridan foydalanish zaxira nusxalarini lokal joyda saqlashdan ko’ra qimmatroq va tezligi ham sekin. Bundan tashqari, siz Internet aloqasisiz bulutli ombordagi ma’lumotlarga kira olmaysiz.
    Bulutli saqlash xizmatini tanlashda ma’lumotlar shaffofligi nolga teng bo’lgan shifrlash xizmatini tanlash afzaldir. Ya’ni ma’lumotlar shaffofligi nolga teng bo’lganda, hatto zaxira nusxalaringizni saqlaydigan tashkilot ham fayllaringizni ko’rish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Bepul xizmatlarni standart va ma’lumotlar shaffofligi nolga teng bo’lgan shifrlangan bu ikki xizmatda ham topish mumkin.
    Bu bulut xizmatlaridan qaysi birini tanlashingizdan qat’iy nazar, akkauntingizni kuchli va takrorlanmas parol bilan himoyalanganingizga ishonch hosil qiling va ikki faktorli autentifikatsiyani yoqing.

    Muhim ma’lumotlarni zahiraviy nusxalashda «3-2-1» qoidasi


    O’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan fayllaringiz bo’lsa, ushbu fayllarni bir nechta joyda zaxiralaganingiz ma’qul. O’ta muhim, maxfiy yoki qimmatli maʼlumotlarni himoya qilish uchun zaxiralashda 3-2-1 qoidasiga amal qilishingiz afzal, ya’ni har doim maʼlumotlaringizning uchta nusxasini yarating va ikkitasini turli lokal qurilmalarda va uchinchisini masofaviy joyda (qurilmada) saqlang.
    Ya’ni, asosiy qurilmangizda bu ma’lumotlarning asl nusxasi, portativ saqlash qurilmasida zaxira nusxasi va bulutli saqlash zaxira xizmatida esa yana bir nuxsasini saqlashingiz demakdir. Ushbu qoidaga amal qilish sizga, ma’lumotlaringizning ikki nusxasini bir vaqtning o’zida yo’qotgan taqdirda ham (bunday bo’lishi ehtimoli juda kam) bir nusxasini saqlab qolish kafolatini beradi.

    Batafsil o’qing


    • Raqamli ma’lumotlar nima?Shaxsiy raqamli ma’lumotlar nima?

    • Qurilmangizdagi ma’lumotlarni himoyalash

    • Internetda xavfsiz fayl saqlash va fayl almashish

    • Windows 10 operatsion tizimida zaxira nusxalarini yaratish

    • Mac kompyuterida ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratish

    • Qurilmalarni nima uchun shifrlash kerak

    • Windows 10 tizimidagi qurilmani shifrlash

    • BleachBit dasturini o‘rnatish va undan foydalanish

    Download 20,17 Kb.




    Download 20,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zaxira nusxalarini yaratish nima uchun muhim va ularni qayerda saqlash kerak

    Download 20,17 Kb.