KIRISH
5330300 – Axborot xavfsizligi (axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va
servis) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – kompyuter texnologiyalari va informatika
sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u axborot himoyasini tashkil etish, axborot xavfsizligining
asosiy tushunchalari, axborotga bo‘lgan tahdidlar, hujumlar, axborot tizimlaridagi
zaifliklar, axborotni himoyalash usullari va vositalari, ularning majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A330301 - Kriptografiya va kriptoanaliz
mutaxassisligining vazifasi – talabalar bilimini chuqurlashtirish va axborotning
kriptografik himoyalash va kriptografik algoritm bardoshligini tahlillash usullarini tadqiq
qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, axborotni kriptografik himoya
vositalarini ishlab chiqish va samaradorligini baholashning kompleks masalalarini
yechish bo‘yicha ni o‘z ichiga oladi hamda ilg‘or pedagogik texnoligiyalardan
foydalangan holda bilimlarni oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir.
5330300 – Axborot xavfsizligi (axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va
servis) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A330301 - Kriptografiya va kriptoanaliz
magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga
asosan 2 ta ixtisoslik fani: “Kriptografiya usullari”, “Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi” va 1
ta umumkasbiy fani: “Axborot xavfsizligi” bo‘yicha nazorat savollari shakllantirilgan. Bu
fanlar o‘z ichiga qamrab olgan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.