|
Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлигиBog'liq Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish(Ishchi dastur) (1)2
YaB bo„yicha bahоlash mеzоnlari
Yakuniy baholash (YaB) – semestr yakunida talabaning muayyan fan bo„yicha
nazariy bilim va amaliy ko„nikmalarini o„zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch
tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, og„zaki so„rov, test, ijodiy ish va boshqa
shakllarda o„tkaziladi.
1. Agar YaB test shaklida o„tkazilsa, talabalarga fan mazmunini qamrab olgan va
belgilangan talablar asosida tuzilgan test variantlari beriladi va to„g„ri javoblar soniga qarab
baholanadi;
2. Agar YaB yozma ish shaklida o„tkazilsa, u holda talabalarga fan xususiyatidan
kelib chiqqan holda bir nechta savoldan iborat variantlar beriladi. Yozma ishni baholashda
quyidagi 3-jadvalda keltirilgan baholash mezonlaridan foydalanilad:
2-jadval
Baholash mezonlari
Ball
- javoblarning to„griligi va to„liqligi (86-100% gacha);
- javob berishda ijodiy yondashish va talabaning mustaqil fikri bayon etilganligi;
- javobni yoritishda tayanch tushunchalardan foydalanish va ularning mazmunini to„g„ri
yoritish;
- yozma ish hajmining me‟yordaligi;
- tushunarli husnixat;
5
- javoblarning to„griligi va to„liqligi (71-85% gacha);
- javob berishda ijodiy yondashish;
- javobni yoritishda tayanch tushunchalardan foydalanish;
- tushunarli husnixat;
4
- javoblarning to„griligi va to„liqligi (55-70% gacha);
- javobni yoritishda tayanch tushunchalardan kamroq darajada foydalanish;
- tushunarlilik darajasi past bo„lgan husnixat;
3
- javoblarning to„griligi va to„liqligi yetarli darajada emasligi (55 % dan kam);
- javobni yoritishda tayanch tushunchalardan foydalanmaslik;
- tushunarsiz bo„lgan husnixat;
- javoblarning mantiqsiz va mazmunsiz bo„lishi;
- javoblarda ko„chirmachilikka yo„l qo„yilgan bo„lsa.
2
27
Talabaning fan bo„yicha yakuniy bahosi semestrda belgilangan baholash turlari
(OB,YaB) bo„yicha olingan ijobiy ballar (3,4,5) ning o„rtacha arifmetik miqdori sifatida
aniqlanadi va yaxlitlanib butun sonlarda qaydnoma, sinov daftarchasi va talabalar
o„zlashtirishini hisobga olish elektron tizimida shu kunning o„zida (baholash yozma ish
shaklida o„tkazilgan bo„lsa, uch kun muddat ichida) qayd etiladi.
Yakuniy baholashdan 2 (qoniqarsiz) baholangan talaba akademik qarzdor
hisoblanadi.
|
| |