• Taqsimot
  • Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги




    Download 23,18 Mb.
    bet3/77
    Sana27.12.2023
    Hajmi23,18 Mb.
    #128710
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
    Bog'liq
    Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияла

    Uzatish va qabul qilish – bitta operatsion elementdan ikkilik kodni boshqa operatsion elementga qayta yozish.
    Siljish - kod razryadining holatini oldingisiga nisbatan o‘zgartirish.
    Hisob - ikkilik kodni operatsion elementning kirish yo‘liga impuls berish yo‘li bilan oshirish yoki kamaytirish.
    Qayta ishlash - sonning kodini bitta kodlashtirish tizimidan boshqasiga o‘zgartirish.
    Taqsimot – signallarni adres bo‘yicha ko‘p ma’nbalardan bittasiga yoki bittasidan ko‘p ma’nbalarga uzatish.
    Qo‘shish - ikkilik kodda ifodalangan sonlarning yig‘indisini topish.
    Ushbu amallar mantiqiy qurilmalar yordamida bajariladi. Bunday qurilmalarga registrlar, triggerlar, hisoblagichlar, kod o‘zgartirgichlar, multipleksorlar, demiltipleksorlar, jamlagichlar kiradi. Bu qurilmalar ham o’z navbatida turli mantiqiy elementlardan tashkil topgan bo’ladi.
    Elektron qurilmalar, kompyuterlarda qayta ishlanadigan ma’lumotlar, natijalar va boshqa axborotlar ko‘p hollarda elektr signallar ko‘rinishida ifodalanadi. Hisoblash mashinalari tomonidan qayta ishlanayotgan berilganlar, natija va boshqa axborotlar faqat ikki qiymat oladigan (ikkilik sanoq tizimi) elektr signallari ko‘rinishida ifodalanadi.
    Elektron qurilmalar, jumladan, komputerlarda qayta ishlanayotgan ma’lumotlar, natijalar va boshqa axborotlar ko‘p hollarda elektr signallar ko‘rinishida ifodalanadi.
    Axborot (fizik kattaliklar) ni ikki usulda ifodalash mumkin: analog (uzluksiz) va raqamli (diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik, unga proporsional bo‘lgan bir signal korinishida, ikkinchi usulda esa, har biri berilgan kattalikning bitta raqamiga mos keluvchi bir nechta signallar ketma-ketligi ko(rinishida ifodalanadi.
    Analog ko‘rinishdagi signallarni qabul qilish, o‘zgartirish va uzatish uchun mo‘ljallangan elektron qurilmalar, analog elektron qurilmalar (AEQ) deb ataladi. Signalning nazariy tomondan shaklla- nishi va uzatilishi mumkin qadar aniqlik va tezkorlik bilan amalga oshiriladi. AEQ lar nisbatan sodda tuzilganiga qaramasdan, signalni ixtiyoriy funksional o‘zgartirishga qodirdir.
    AEQ lar quyidagi kamchiliklarga ega:

    1. xalaqitbardoshlikning kichikligi. Bunda signalga turli shovqinlar qo‘shilishi, yoki temperatura va boshqa omillar ta’sirida qurilma parametrlarining o‘zgarishi natijasida signal boshlig‘ich ko‘rinishidan farqlanadi;

    2. uzoq masofalarga uzatilganda signalning kuchli buzilishi;

    3. axborotlarni uzoq muddat saqlashning murakkabligi;

    4. FIK qiymatining kichikligi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kichik vaqt oraliqlarida katta hajmdagi axborotlarni saqlash va qayta ishlash talab qilinganda AEQ lardan foydalaniladi. Bunda AEQda axborot differensial tenglamalar tizimi bilan ifodalanishini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
    Hozirgi kunda axborotlarni raqamli usullarda qayta ishlash muhim o‘rin egallamoqda. Buning uchun analog ko‘rinishdagi birlamchi axborot ustida ikkita muhim amal bajariladi: kvantlash va kodlash.
    Uzluksiz signal x(/)ni ma’lum nuqtalardagi qiymatlari bilan almashtirishga kvantlash deyiladi. Kvantlash vaqt yoki sathlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Kvantlash natijasida elektron qurilmadagi analog ko‘rinishdagi birlamchi signal turli shakldagi elektr impulslar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalanadi. Kuchlanish U(t) yoki tok I(t) qiymatlarini mos ravishda o‘rnatilgan Uo va Io qiymatlardan qisqa vaqtlarga og‘ishi elektr impuls deb ataladi. Kvantlash natijasida signal ixtiyoriy emas, balki aniq, diskret deb ataluvchi qiymatlarni oladi.
    Uzluksiz kattalikdan farqli ravishda diskret kattalikning qiymati cheklangan bo‘lib, unda axborotning ma’lum qismi yo‘qolishi mumkin. Analog signallarni kvantlash natijasida hosil bo‘lgan elektr signallarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish uchun mo‘ljallangan qurilmalar - diskret elektron qurilmalar (DEQ) deb ataladi. Shu sababli DEQ larda kvantlangan signallar uchun elektron kalit sifatida tranzistorlardan (tranzistorning to‘yinish yoki berk rejimlari) foydalaniladi. Natijada, ularda sochiluvchi quvvat eng kichik bo‘ladi, issiqlik uzatilishining kichikligi sababli tranzistorlar qizishi kamayadi. Natijada, ular parametrlarining nobarqarorligi ham kamayadi. Impulslarni uzatishda signalga ta’sir ko‘rsatuvchi xalaqit yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqt qisqa bo‘lganligi sababli, DEQ larning xalaqitbardoshligi AEQ larga nisbatan yuqori bo‘ladi.
    Kvantlash turiga qarab DEQ lar uch guruhga bo‘linadi: impulsli, releyli va raqamli.

    Download 23,18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




    Download 23,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги

    Download 23,18 Mb.