|
Arifmetik – mantiqiy qurilma va uning vazifalari
|
bet | 34/77 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 23,18 Mb. | | #128710 |
Bog'liq Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияла1. Arifmetik – mantiqiy qurilma va uning vazifalari
Raqamli mikrosxemalar fan va texnikaning ixtiyoriy masalasini echa oladilar. Buning uchun raqamli mikrosxema asosidagi qurilmada, echiladigan masalaning dastlab berilganlari haqidagi ma’lumotlar, echish algoritmi va hisoblash natijalari faqat ikkita qiymat: 0 va 1 signallari ko‘rinishida ifodalanadi. Ikkilik raqamlari ketma-ketligi yordamida raqamli qurilmalarda ixtiyoriy ma’lumolarni (raqamlar, matnlar, komandalar va h.z.) kodlash, saqlash va qayta ishlash mumkin. SHunday qilib, raqamli tizimlarda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas (doimiy) kattaliklar raqamlar ko‘rinishida ifodalanadi. SHuning uchun ularda masalalar echishning sonli usullari ko‘llaniladi.
Arifmetik va mantiqiy amallar bajariladigan qurilma arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) deb ataladi.
Arifmetik- mantiqiy qurilma arifmetik va mantiqiy peratsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmadir.
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ)- tomonidan qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, mantiqiy qo‘shish va ko‘paytirish, siljitish kabi amallar bajariladi. Fuksional arifmetik mantiqiy qurilma ikkita registrdan, summator hamda boshqarish sxemalaridan tashkil topgan.
Регистр1: 1-сон ва натижа
Регистр 2: 2-сон
Сумматор
Бош-қа-риш схе-маси
Umumlashgan AMQ sxemasida summator– hisoblovchi sxema sifatida kirish yulidagi ikkilik kodlarni qo‘shish uchun xizmat qiladi. Unga ikkilik kodlarni registrlar uzatadi.
2. Arifmetik- mantiqiy qurilmaning strukturasi
2-rasmda arifmetik- mantiqiy qurilma blok- sxema ko‘rinishida keltirilgan. Arifmetik- mantiqiy qurilma dasturchi murojaati uchun ruxsat etilgan 3 ta 16 bitlik registrga ega:
x,u- operandalar registri;
R- natija registri.
Arifmetik- mantiqiy qurilmaning arifmetik holatda bitni o‘tkazuvchi kirish signalidan foydalaniladi.
Arifmetik -mantiqiy qurilma 6-ta statik signalni generatsiyalaydi:
natija (AZ)
manfiy (AN)
o‘tkazish (AC)
natija to‘lib-toshishi (AV)
ishora (AS)
holati (AQ)
Sikl oxirida arifmetik statusga ega bo‘lgan signallar o‘z holatlarini o‘zgartiradi (ASTAT):
X kirish porti 2-ta manbadan ma’lumot qabul qilishi mumkin:
AX- registr blokining va natijalar shinasidan natijalar shinasi (R) barcha hisoblovchi qurilmalarning kirish registrlarini birlashtiradi.
AX- registrlar bloki ikkita registrdan tashkil topgan:
AX0 va AX1-lar. Bu registrlar DMD shinasi orqali o‘qilishi va yozilishi mumkin.
|
| |