|
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги
|
bet | 40/77 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 23,18 Mb. | | #128710 |
Bog'liq Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникациялаAdreslar (manzillar) shinasi har bir xotira yacheykasiga va kiritish- chiqarish portiga xususiy adresga belgilash imkonini beradi. Adreslar shinasi, ma’lumotlar shinasi kabi, ikkilik sonlar uzatiladigan oʻtkazgich simlar majmuidan tashkil topgan. Ammo ma’lumotlar shinasidan farqli ravishda, ular boshqa ma’no va vazifaga ega. Bu sonlar yacheyka adresi yoki kiritish-chiqarish porti raqami boʻlib, ularga mazkur vaqt momentida protsessor murojaat qiladi. Mikroprotsessor kami bilan 16 razryadli adresga ega boʻlishi lozim. Zamonaviy protsessorlar 32 razryadgacha boʻlishi mukin. Adreslar shinasining razryadlari soni protsessor murojaat qiladigan xotira yacheykalari sonlariga bogʻliq. 16 razryadli ma’lumotlar shinasiga ega boʻlgan protsessor, 2 16 (ya’ni 65536) ta xotira yacheykasiga murojaat qilishi mumkin. Bu son adreslanadigan xotira hajmi deb ataladi. Xotira hajmi baytlarda aniqlanadi. Xotira yacheykasi qancha boʻlsa, bayt ham shuncha boʻladi. Kiritish-chiqarish portlarini adreslash uchun ham shu adreslar shinasi ishlatiladi.
Boshqaruv shinasi MKda axborot almashinuv jarayonini boshqarish uchun hixmat qiladi. U liniyalar majmuidan tashkil topgan boʻlib, ular ma’xsus boshqaruv signallarini uzatadi. Har bir liniya oʻz vazifasi va nomiga ega. Quyidagi boshqaruv shinalari liniyalari majmuiga misollar va ularning inglizcha nomlarini keltiramiz:
RD (Read) – oʻqish signali;
WR (Write) – yozish signali;
MREQ – xotira qurilmasi (OXQ yoki DXQ) ni initsializatsiyalash
(nomlash) signali;
IORQ – kiritish-chiqarish portlarini initsializatsiyalash (nomlash)
signali.
Bundan tashqri boshqaruv signallariga:
READY – tayyorlik signali;
RESET – olib tashlash signali ham kiradi.
3. Xotiraga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish rejimi
Bu rejim xotiradan katta hajmdagi axborotni oʻqish yoki yozish talab etilgan holatlarda ishlash jarayonini tezlatish uchun qoʻllaniladi.
Masalan, matnnni tezkort printyerdan chiqarish. Agar matn oddiy rejimda chiqarilsa, u holda, barcha mikroprotsessorli tizimni asosiy ish tamoyiliga koʻra avval ma’lum dasturosti yozilishi va u xotiradagi ma’lumotlarni printer portiga baytma-bayt oʻqishi talab etiladi. har bir baytni oʻqish uchun protsessor 3 – 4 ta komandani bajarishi lozim. Agar printer tezkor boʻlsa, u holda, printer talab etilayotgshan pechat tezligini ta’minlamasligi mumkin. Mazkur holatldarda xotirga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish qoʻllaniladi.
Mazkur rejimni amalga oshirish uchun mikroprotsessorli tizim oʻz tarkibida maxsus qurilma – xotiraga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat kontrolleriga (XTTMK) ega boʻlishi lozim. Bu rejimda mikroprotsessor adres va ma’lumotlar shinasidan uziladi va ularni operativ xotira bilan bevosita ma’lumotlar almashish uchun (mikroprotsessor ishtirokisiz) PQ ixtiyoriga beradi. Bu vaqtda almashish XTTMK kontrollerit tomonidan tashkil etiladi. Bu rejimda PQ operativ xotira bilan yagona ma’lumotlar bilan emas, balki katta ma’lumotlar bloki bilan almashadilar. XTTMK kontrollerida avvaldan almashinish bilan boshqarish uchun talab etiladigan axborotlar (birinchi boʻlib almashinishi talab etilayotgan soʻz joylashgan OXQ yacheykasi adresi, blokdagi soʻzlar soni va boshqalar) kiritiladi. Almashish jarayonida XTTMK kontrolleri adreslar shinasiga OXQ yacheykasi adresini uzatadi, OXQ va PQ oʻrtasida soʻzlar uzatish tugagach ma’lumotlar shinasi orqali adres shinasiga uzatiladigan keyingi XTTMK adres qiymatini bittaga oshiradi. Belgilangan miqdordagi soʻzlar uzatib boʻlingach XTTMK kontrolleri almashinuvni toʻxtatadi va mikroprotsessorni bundan xabardor qiladi. mkiroprotsessor esa adres va ma’ulmotlar shinasi bilan aloqani tiklaydi va dastur bajarilishini davom ettiradi.
|
| |