|
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги
|
bet | 4/6 | Sana | 02.01.2024 | Hajmi | 22,82 Kb. | | #129569 |
Bog'liq Mavzu С дастурлаш тилида маълумотлар турлари, уларни эълон қи-fayllar.orgHaqiqiy tiplar
Haqiqiy toifalar o’zida musbat va manfiy o’nli kasrlarni aks ettiradi. C# da haqiqiy toifalar asosan 3 turli: float, double va decimal
Float:
float tipi xotiradan 4 baytni egallaydi. Single strukturasiga tegishli. float toifadagi tipni hosil qilish uchun f yoki F suffiksidan foydalaniladi.
float f1 = 123456.5F;
float f2 = 1.123456f;
Console.WriteLine(f1);//123456.5
Console.WriteLine(f2);//1.123456
Double :
double tipi float tipiga qaraganda imkoniyati kattaroq, lekin xotiradan 8 bayt egallaydi. Double strukturasida joylashgan. double toifadagi tipni hosil qilish uchun d yoki D suffiksidan foydalaniladi.
double d1 = 12345678912345.5d;
double d2 = 1.123456789123456D;
Console.WriteLine(d1);//12345678912345.5
Console.WriteLine(d2);//1.123456789123456
Decimal:
decimal tipi xotiradan boshqa tiplarga qaraganda balandroq joy egallaydi. Egallanadigan joy 16 bayt. Bu tip asosan moliya sohalaridagi dasturlarda ko’proq foydalaniladi. decimal toifadagi tipni hosil qilish uchun d yoki D suffiksidan foydalaniladi.
decimal d1 = 123456789123456789123456789.5m;
decimal d2 = 1.1234567891345679123456789123m;
Console.WriteLine(d1);
Console.WriteLine(d2);
Ma’lumotlar tuzilmasini asosiy ko‘rinishlari (turlari):
1) To‘plam - munosabat to‘plami bo‘sh R=0 bo‘lgan elementlar majmuasi.
2) Ketma-ketlik – shunday abstrakt tuzilmaki, bunda R to‘plam faqatgina bitta chiziqli munosabatdan iborat (ya’ni, birinchi va ohirgi elementdan tashqari har bir element uchun o‘zidan oldin va keyin keladigan element mavjud.
3) Matritsa – shunday tuzilmaki, bunda R munosabatlar to‘plami ikkita chiziqli munosabatdan tashkil topgan bo‘ladi.
4) Daraxt – bunda R to‘plam iyerarxik tartibdagi bitta munosabatdan tashkil topgan bo‘ladi.
5)Graf – bunda R munosabatlar to‘plami faqatgina bitta binar tartibli munosabatdan tashkil topgan bo‘ladi.
6) Gipergraf – bu shunday ma’lumotlar tuzilmasiki, bunda R to‘plam ikki yoki undan ortiq turli tartibdagi munosabatlardan tashkil topgan bo‘ladi.
|
| |