• Asosiy tushuncha va ta’riflar Ma’lumotlar tuzilmasi
  • Ma’lumotlar tuzilmasi elementi
  • Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги




    Download 22,82 Kb.
    bet5/6
    Sana02.01.2024
    Hajmi22,82 Kb.
    #129569
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu С дастурлаш тилида маълумотлар турлари, уларни эълон қи-fayllar.org

    MT klassifikatsiya qilishda asosiy belgi bu ma’lumotlar tuzilmasini dastur ishlashi mobaynida o‘zgarishi hisoblanadi. Masalan, agar dastur bajarilishi mobaynida elementlar soni va/yoki ular orasidagi munosabatlar o‘zgarsa, u holda bunday MT dinamik ma’lumotlar tuzilmasi, aks holda statik ma’lumotlar tuzilmasi deyiladi.
    Ma’lumki, matematikada o‘zgaruvchilarni, ularning ba’zi bir kerakli tavsiflariga mos ravishda klassifikatsiya qilish qabul qilingan. O‘zgaruvchilarga misol sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin: haqiqiy o‘zgaruvchilar, kompleks o‘zgaruvchilar, mantiqiy o‘zgaruvchilar, bundan tashqari ba’zi bir qiymatlarni qabul qiluvchi o‘zgaruvchilar va boshqalar. Ma’lumotlarni qayta ishlashda ularni klassifikatsiya qilish ham katta ahamiyatga ega. Bu yerda ham klassifikatsiya qilinayotganda har bir konstanta, o‘zgaruvchi, ifoda yoki funksiya biror bir toifarga tegishli bo‘ladi, degan tamoyilga asoslanadi.
    Umuman olganda toifalar o‘zgaruvchi yoki ifoda qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar to‘plami orqali tavsiflanadi.
    Ko‘plab dasturlash tillarida ma’lumotlar standart va foydalanuvchi tomonidan beriladigan toifalarga ajratiladi.
    Ma’lumotlarni standart toifalariga quyidagi 5 ta tur o‘zgaruvchilari kiradi:
    a) butun (INT);
    b) haqiqiy (FLOAT) ;
    c) mantiqiy (BOOL);
    d) belgili (simvol) (CHAR);

    e) ko‘rsatkichli (*).



    Asosiy tushuncha va ta’riflar
    Ma’lumotlar tuzilmasi bu xotirada tashkil etiladigan elementlar yig’indisi bo’lib, ular ustida dastur yordamida amallar bajariladi.

    Ma’lumotlar tuzilmasi – bu bironta toifaga tegishli bo’lgan va o’zaro ma’lum munosabatga ega bo’lgan elementlar to’plamiga aytiladi.

    Ma’lumot – bironta qiymat yoki qiymatlar to’plami hisoblanadi.Misol uchun bu bironta eksperiment natijalari, yoki talabalarning imtixon ballari bo’lishi mumkin.

    Ma’lumotlar tuzilmasi elementi – bu qiymatlar to’plamining bir bo’lagi hisoblanadi. Tuzilma elementi – qiymatlar jamlanmasi bo’lib, misol uchun talabalarning ismi, sharifi, yoshi har bir fandan olgan bahosi va x.k. larni keltirish mumkin.
    Elementlar 2 taga bo’linishi mumkin:
    • Element sifatida ma’lumotlar guruhi olib qaraladi. Bunda e;lementlar yana qism bo’lak;arga bo’linishi mumkin. Masalan, ota-onalar maydoni talabalarning ota va onalari xaqida ma’lumot saqlaydigan alohida maydonlardan tashkil topadi.




    • Elementar, ya’ni bo’linmas, bunda element qism bo’laklarga ajratilmaydi.




    Ob’ekt – bu xususiyatlar va attributlariga ega bo’lgan va bu xususiyatlarga qiymat qabul qilishi mumkin bo’lgan tuzilma hisoblanadi. Masalan, talaba bu ob’ekt deb qaralishi mumkin tuzilma.


    Download 22,82 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 22,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги

    Download 22,82 Kb.