|
Eksperimental tadqiqotni olib borish. Statistik materiallar, jadvallar va ilovalarni rasmiylashtirish
|
bet | 1/5 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 25,77 Kb. | | #255200 |
Bog'liq EKSPERIMENTAL TADQIQOTNI OLIB BORISH. STATISTIK MATERIALLAR, JADVALLAR VA ILOVALARNI RASMIYLASHTIRISH
EKSPERIMENTAL TADQIQOTNI OLIB BORISH. STATISTIK MATERIALLAR, JADVALLAR VA ILOVALARNI RASMIYLASHTIRISH.
Reja:
Eksperimental tadqiqot va uni olib borish tartibi.
Statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallarni rasmiylashtirish.
Ilovalarni rasmiylashtirish.
Tayanch so‘z va iboralar:
Eksperiment, eksperiment reja-dasturi, eksperiment metodikasi, subyektiv ta’sir, kuzatish daftari, grafik, sxema, jadval, illustratsiya.
Eksperimental tadqiqotni olib borish tartibi
Eksperimental tadqiqotlar yangi ilmiy bilimlar olishning asosiy usullaridan biridir. Eksperiment o‘tkazishdan bosh maqsad nazariy qoidalarni tekshirish, ya’ni ishchi gipotezani tasdiqlash hamda ilmiy tadqiqot mavzusini yanada kengroq va chuqurroq o‘rganishdir.
Eksperimentlar tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy eksperimentlar ishlab chiqarish, turmush va h.k.larda ijtimoiy hodisalarni o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi. Sun’iy eksperimentlar esa texnika va boshqa fanlarda keng qo‘llaniladi.
O‘rganilayotgan obyekt yoki jarayon modelining xususiyatiga, eksperimentlarni tanlash va o‘tkazishga bog‘liq holda ular laboratoriya va ishlab chiqarish turiga bo‘linadi. Laboratoriya eksperimentlari maxsus modellashtiruvchi qurilma va stendlarda namunaviy asboblar va tegishli apparatlar yordamida o‘tkaziladi. Ular xarajatni kam qilgan holda qimmatli ilmiy axborotni olish imkonini beradi. Ammo eksperimental tadqiqotlarning bunday turi hamma vaqt ham jarayon yoki obyekt haqidagi ma’lumotlarni to‘liq aks ettira olmaydi.
Ishlab chiqarish eksperimentlari atrof muhitdagi turli tasodifiy omillarni hisobga olgan holda, mavjud sharoitlarda o‘tkaziladi. Ular laboratoriya eksperimentlariga qaraganda murakkab bo‘lib, tajribalar naturalarda (real jarayon yoki obyektlarda) olib borilganligi uchun hajmdor hisoblanadi, shu sababdan o‘tkazishdan avval puxta fikrlash va rejalashtirishni talab etadi.
Eksperimental tadqiqotlarni samarali o‘tkazish uchun
eksperiment metodologiyasi ishlab chiqiladi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- eksperimentning reja-dasturini ishlab chiqish;
o‘lchamlarni baholash va eksperiment o‘tkazish vositalarini tanlash;
eksperimentni o‘tkazish;
eksperiment natijasida olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish.
|
| |