• Graf-sxema
  • 1.2. rasm
  • Grafik - turli narsa va hodisalarning miqdoriy bog‘lanishlarini chiziqlar, chizmalar vositasida tasvirlash. Diagramma




    Download 25,77 Kb.
    bet4/5
    Sana27.05.2024
    Hajmi25,77 Kb.
    #255200
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    EKSPERIMENTAL TADQIQOTNI OLIB BORISH. STATISTIK MATERIALLAR, JADVALLAR VA ILOVALARNI RASMIYLASHTIRISH

    Grafik - turli narsa va hodisalarning miqdoriy bog‘lanishlarini chiziqlar, chizmalar vositasida tasvirlash.
    Diagramma - chiziqli kesmalar shaklida ifodalanuvchi turli miqdorlar o‘rtasidagi munosabatni tasvirlovchi chizma, grafik tasvir.
    Gistogramma - diagrammaning bir turi bo‘lib, unda kategoriyalar gorizontal o‘q bo‘yicha, ularning mazmuni vertikal o‘q bo‘yicha joylashtiriladi.
    Sxema - bino, inshoot, mashina, mexanizm va shu kabilarning umumiy muhim tomonlari va qismlari o‘rtasidagi bog‘lanish shartli belgilar bilan masshtabsiz ifodalangan chizma.
    Graf-sxema - sxemaning bir turi bo‘lib, unda matnning asosiy subyektlari orasidagi mantiqiy aloqalar grafik usulda tasvirlanadi.
    Infografika - axborotni yetkazishning grafik va kommunikatsiya dizayni usuli bo‘lib, uning maqsadi murakkab axborotni tez va aniq qilib ko‘rsatishdan iborat.
    Agar hodisalar, qonuniyatlar, shartnomalar, ilmiy tadqiqot matni bayonida fikr-mulohazalar, ilmiy mushohadalar, ilmiy talqinlar, nazariyalar, g‘oyalar ma’lum bir chizma, sxema, fotosuratlar orqali o‘z aksini, isbotini topsa, unda illustratsiyalarni ham jadvaldagi raqam kabi, arab raqami ketma-ketligida tegishli izoh bilan keltirish mumkin. Ilmiy tadqiqotlarda keltiriladigan skrinshotlar nafaqat illustratsiya, balki hujjat tariqasida ham berilishi mumkin. Bu bilan ilmiy tadqiqot qimmati yanada oshadi.
    Illustratsiyalar berishga to‘g‘ri kelsa, matndan keyin qavs ichida tegishli izoh, masalan 1.2. rasm deb yozib, o‘sha betning o‘zida emas, joylashtirish qulay bo‘lgan keyingi betlarda ham keltirish mumkin.
    Statistik materiallar matnda bayon qilingan axborotni qayd qilish uchun ishlatiladi.
    Ishda keltirilgan formulalar alohida satrdan yoziladi va o‘ng tomonidan qavs ichida arabcha raqamlar bilan raqamlanadi. Formulaning pastida “bunda” degan so‘z bilan boshlanadigan belgilar ifodasi yoziladi. Sxemalar va grafiklar arabcha raqamlar bilan ifodalanadi. Ishlatilgan grafiklar, sxemalar, diagrammalar, rasmlar rasm ostidagi yozuv bilan to‘ldirilishi lozim.

    Download 25,77 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 25,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Grafik - turli narsa va hodisalarning miqdoriy bog‘lanishlarini chiziqlar, chizmalar vositasida tasvirlash. Diagramma

    Download 25,77 Kb.