Eksperimental tadqiqotni olib borish. Statistik materiallar, jadvallar va ilovalarni rasmiylashtirish




Download 25,77 Kb.
bet5/5
Sana27.05.2024
Hajmi25,77 Kb.
#255200
1   2   3   4   5
Bog'liq
EKSPERIMENTAL TADQIQOTNI OLIB BORISH. STATISTIK MATERIALLAR, JADVALLAR VA ILOVALARNI RASMIYLASHTIRISH

Ilovalarni rasmiylashtirish
Ilmiy tadqiqotlarda ilovaning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Ma’lumki, har qanday ilmiy tadqiqot (kurs ishi, bitiruv malakaviy ish, dissertatsiya) o‘zining belgilangan hajmiga ega. Tadqiqotchi belgilangan hajm doirasida ilmiy tadqiqotini tugatishi kerak. Agar ilmiy tadqiqot mavzusi va materiallar hajmi juda ko‘p bo‘lsa, belgilangan tartib-qoidadan chiqib ketmaslik, ma’lum darajada qulaylik bo‘lishi uchun ayrim jadval, illustratsiyalarni ilovaga o‘tkazish mumkin. Birinchidan, ilova (foydalangan manba va adabiyotlar ham) ilmiy tadqiqot hajmiga kirmaydi. Ikkinchidan, tadqiqotchi ilovalarni to‘laqonli keltirish asosida ilmiy ishi qiymatini tushirmay taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ilova ham ma’lum bir tartib-qoidalar asosida keltiriladi:

  • ilova (soni cheklanmagan) ilmiy tadqiqot oxirida foydalangan manba va adabiyotlardan keyin keltiriladi;

  • har bir ilova tartib raqami bo‘yicha, alohida varaqda beriladi;

  • ilmiy tadqiqotda keltirilgan ilovalar arab raqamida qayd etilib, varaqning o‘ng burchagida -ilova deb ko‘rsatiladi;

  • ilova alohida kitob shaklida, jildda keltirilsa, ilmiy tadqiqot mavzusi keltiriladi va alohida “Ilova” so‘zi qayd etiladi.

Ilmiy tadqiqotlarda ilova keltirish zaruriyatdan kelib chiqadi. Ilovada tadqiqot uchun yordamchi materiallarni, ya’ni matn ichida to‘la-to‘kis keltirish imkoniyati yo‘q, ammo ayni paytda mavzuni yoritishda katta ahamiyatga molik daliliy hujjatlar nusxalari, guvohnomalar, statistik ma’lumotlar, jadvallar, rasmlar, chizmalar, xaritalar, diagrammalar, turli xil tasdiqlangan ma’lumotnomalarni keltirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Umuman olganda, ilo- vada keltirilgan materiallar tadqiqotning yanada mazmunli bo‘lishi, uning ilmiy mohiyati to‘laqonli yoritilishiga xizmat qilishi kerak.
Ilovalar ilmiy ishning oxirida bibliografik izohdan keyin aks ettiriladi, axborot manbalari albatta jadvallar va suratlar tagida ko‘rsatiladi, varaqlarda sahifalar raqamlari qo‘yilmaydi. Har bir ilova yangi sahifadan boshlanadi va 1-ilova, 2-ilova tarzida ifodalanadi. So‘ngra ilova nomi yoziladi.
Download 25,77 Kb.
1   2   3   4   5




Download 25,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eksperimental tadqiqotni olib borish. Statistik materiallar, jadvallar va ilovalarni rasmiylashtirish

Download 25,77 Kb.