|
Eksperimental tadqiqotni olib borish. Statistik materiallar, jadvallar va ilovalarni rasmiylashtirish
|
bet | 2/5 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 25,77 Kb. | | #255200 |
Bog'liq EKSPERIMENTAL TADQIQOTNI OLIB BORISH. STATISTIK MATERIALLAR, JADVALLAR VA ILOVALARNI RASMIYLASHTIRISHEksperimentning reja dasturi. Eksperimentning reja-dasturi - eksperimental tadqiqotlarning metodologik asosidir. Reja-dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tadqiqot mavzularining ro‘yxati va ishchi gipotezaning mazmuni;
eksperiment metodikasi va uni bajarish uchun zarur materiallar, asboblar, qurilmalar va h.k.lar ro‘yxati;
bajaruvchilar ro‘yxati va ularning kalendar ish rejasi;
eksperimentni bajarish uchun xarajatlar ro‘yxati.
Eksperiment metodikasi deb metodlar, eksperimental tadqiqotlarni maqsadga muvofiq bajarish usullarining majmuiga aytiladi. Umumiy tarzda u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
eksperimentning maqsad va vazifasi;
omillarni tanlash va ularning o‘zgarish darajasi;
vositalar va o‘lchashlar intervalini asoslash;
eksperiment mohiyati va tartibining bayoni;
eksperiment natijalarini ishlab chiqish va tahlil qilish usullarini asoslash.
Eksperimentning maqsad va vazifasi ishchi gipoteza va tegishli nazariy ishlanmani tahlil qilish asosida aniqlanadi. Vazifa aniq bo‘lishi, ularning soni uncha ko‘p bo‘lmasligi lozim: oddiy eksperiment uchun - 3...4, majmua eksperiment uchun esa - 8...10 ta. O‘rganilayotgan jarayon yoki obyektga ta’sir etuvchi omillarni tanlash qabul qilingan ishchi gipotezaga muvofiq nazariy ishlanmalarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha omillar mazkur eksperiment uchun avval muhimlik darajasiga ko‘ra saralanadi, so‘ngra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi. Omillar soni uncha ko‘p bo‘lmaganda (3 gacha) ularning muhimlik darajasi bir omilli eksperiment bo‘yicha aniqlanadi (bitta omil qolganlar muhim bo‘lganda o‘zgaradi). Agar omillar soni katta bo‘lsa, yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, ko‘p omillik tahlil qo‘llaniladi. O‘lchash vositalari eksperimentning maqsad va vazifasidan, o‘lchanadigan parametrlar tavsifi va talab etilayotgan aniqlikdan kelib chiqib tanlanadi.
Eksperiment natijalari namoyish etishning ko‘rgazmali shakliga keltirilishi lozim, ya’ni jadvallar, grafik, nomogrammalar va h.k. tarzida, toki ularni qiyoslash va tahlil qilish mumkin bo‘lsin. Bunda alohida e’tibor natijalarni ishlab chiqishning matematik usullariga, ya’ni empirik bog‘liqlik, omillar va chiqish parametrlari o‘rtasidagi aloqa approksimatsiyasi, mezonlar, ishonchli intervallar o‘rnatish va boshqalarga qaratiladi.
|
| |