|
Eksperimental tadqiqotni olib borish. Statistik materiallar, jadvallar va ilovalarni rasmiylashtirish
|
bet | 3/5 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 25,77 Kb. | | #255200 |
Bog'liq EKSPERIMENTAL TADQIQOTNI OLIB BORISH. STATISTIK MATERIALLAR, JADVALLAR VA ILOVALARNI RASMIYLASHTIRISHEksperimentni o‘tkazish. Eksperimentni o‘tkazish - ilmiy tadqiqotning eng muhim va ancha mehnat talab etadigan bosqichidir. Eksperimentlar tasdiqlangan reja-dastur va eksperiment metodikasiga muvofiq o‘tkaziladi. Tadqiqotchi eksperimentga kirishar ekan, sinovlarni o‘tkazish metodikasi va ketma-ketligini tugal aniqlashi lozim.
Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish jarayonida quyidagi bir qator asosiy qoidalarga rioya qilish lozim:
eksperiment o‘tkazuvchi o‘lchash natijalariga subyektiv ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymay, tadqiq etilayotgan jarayon yoki obyekt parametrining barcha tavsifini vijdonan qayd etishi lozim;
eksperiment o‘tkazuvchi ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yishi mumkin emas, chunki bu hol ko‘pincha katta xatoliklarga va natijalarni soxtalashtirishga, oqibatda esa, eksperimentlarni takrorlashga olib keladi;
eksperiment o‘tkazuvchi albatta kuzatish va o‘lchash daftarini yuritishi kerak, uni tartibli va hech qanday tuzatishlarsiz to‘ldirib borish lozim;
Yuqorida qayd etilgan barcha qoidalarga ayniqsa ishlab chiqarish eksperimentini o‘tkazayotgan hollarda amal qilish kerak.
Eksperiment natijalarini tahlil qilish. Nazariy va eksperimental tadqiqotlarni birgalikda tahlil qilishdan asosiy maqsad eksperiment natijalari bilan ishchi gipoteza ilgari surgan fikrlarni qiyoslashdan iborat. Ishchi gipotezani eksperiment ma’lumotlari bilan qiyoslash natijasida quyidagi hollar kuzatilishi mumkin:
Ishchi gipoteza to‘liq yoki deyarli to‘liq eksperimentda tasdiqlanadi. Bunday vaziyatda ishchi gipoteza nazariy qoida, nazariyaga ko‘ra isbotlangan bo‘ladi.
Ishchi gipoteza eksperimentda qisman tasdiqlanadi, qolgan hollarda unga zid bo‘ladi. Mazkur holda ishchi gipoteza eksperiment natijasiga to‘liq yoki deyarli to‘liq moslanishi uchun modifikatsiyalanadi. Ishchi gipoteza o‘zgarishini tasdiqlash maqsadida to‘g‘rilovchi eksperiment o‘tkaziladi. Shundan so‘ng gipoteza, birinchi galdagi kabi, nazariyaga aylanadi.
Ishchi gipoteza eksperimentda tasdiqlanmaydi. Bunday holda avval qabul qilingan gipoteza to‘liq ko‘rib chiqiladi, ya’ni yangisi ishlab chiqiladi. Salbiy ilmiy natijalar esa yangi gipoteza izlash doirasini toraytirish imkonini beradi.
Gipoteza nazariy qoida deb tan olingach, xulosalar va takliflar ifoda topadi, ya’ni tadqiqot natijasida olingan yangisi, mohiyatligi ilgari suriladi. Asosiy xulosalar miqdori 5...10 tadan oshmasligi kerak. Asosiy xulosalar bilan bir qatorda, ayrim holda boshqa xulosalar ham qilish mumkin (masalan, 2-darajali). Barcha xulosalar ikki guruhga bo‘linadi: ilmiy va ishlab chiqarish. Ilmiy xulosalarda yangilik hissasi ko‘rsatiladi, bular bajarilgan tadqiqotlar tufayli fanga kiritilgan bo‘ladi. Ishlab chiqarish xulosalari, foyda bilan bog‘liq bo‘ladi, bularni iqtisodiyot sohasida o‘tkazilgan eksperimentlar beradi.
Statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallarni rasmiylashtirish
Ilmiy tadqiqotda ko‘rgazmali materiallarning bir qator turlari va shakllari qo‘llanadi. Xususan, alohida raqamli materiallar jadval sifatida rasmiylashtiriladi. Jadvallar mazmuniga qarab tahliliy va ishchi jadvallarga bo‘linishi mumkin. Tahliliy jadvallar umumiy xulosa yoki sharhlashni, muammoning yechimini o‘rganishni taqozo qiladi.
Ishni rasmiylashtirish jarayonida jadvallardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Zero, tadqiqotlarda jadvallardan joyida va unumli foydalanish olib borilgan ilmiy ish qimmatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo ayni paytda ilmiy tadqiqot matnini tushunarli bayon etish imkoniyati bo‘lsa, ko‘rgazma tariqasida ko‘rsatish shart bo‘lmasa, unda jadvaldan foydalanish shart emas.
Jadval -
ma’lum tartibda satr, katak va ustunlarga, grafalarga joylashtirib berilgan ma’lumotlar;
mashg‘ulot, dars, ish, harakat, chora-tadbir va shu kabilarning o‘rni va payti ko‘rsatilgan grafik.
Jadvalda vertikal va gorizontal grafalardan foydalaniladi. Ilmiy ishda jadvallarni raqamlash va nomlashning tartib-qoidalari mavjud. Ilmiy tadqiqotlarda jadvallarni tuzish qoidalari qanday?
Tadqiqotlarda jadvallar gorizontal va vertikal tartibda bo‘lishi mumkin. Har bir jadval imkon qadar qisqa sarlavhaga va ketma-ketlik raqamiga ega bo‘lishi kerak. Jadval sarlavhasi grafalardagi kichik sarlavhalarda qaytarilmasligi maqsadga muvofiq. Shuningdek, jadval va uning sarlavhasi katta harflar bilan yozilgani holda, grafalardagi kichik sarlavhalar mayda harflarda qayd etilishi kerak. Jadvaldagi bosh sarlavha va grafalardagi (jadvallarda tik chiziqlar orasidagi turli ma’lumotlar yoziladigan ustun, oraliq) kichik sarlavhalar mumkin qadar aniq va oddiy-tushunarli bo‘lishi lozim. Ayni paytda jadvallarda qisqartmalardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Har bir jadval o‘z raqami va nomiga ega bo‘ladi. Hamma jadvallar arab raqamida belgilanadi va jadvalning tepasida, o‘ng burchakka, sarlavhadan tepaga, katta harfda yoziladi. Jadvalning raqamlanishi, bob raqami va jadval raqamini aks ettirishi kerak. Masalan, 1.3. jadval. Bu birinchi bobdagi uchinchi jadval degan ma’noni bildiradi.
Agar ilmiy tadqiqotda faqatgina bitta jadval keltiriladigan bo‘lsa, unda jadval so‘zi yozilmaydi va raqami ham qayd etilmaydi. Ammo ayni paytda sarlavha yoziladi. Agar jadval boshqa varaqda (betda) davom etsa, u holda jadval so‘zi va raqami ko‘rsatilib, “davomi” yoki “oxiri” deya qayd etib, so‘ngra dalillar keltiriladi. Masalan, 1.2. jadval davomi (oxiri). Bunda jadval sarlavhasi yana qaytarilishi va jadvalning o‘ng tepa qismiga “jadvalning davomi” deb yozib qo‘yish kerak. Jadval ma’lumotlari haddan tashqari katta bo‘lganda faqat jadval ichida 1,0 interval va 12 shriftda yozilishi mumkin.
Ayni paytda tadqiqotda keltirilayotgan jadval manbasi, xususan, qaysi maqola, to‘plam, monografiya yoki arxivdan ekanligi tegishli tarzda iqtibosda keltirilishi shart. Grafa jadvallarida bo‘sh joy qoldirish mumkin emas. Agar ma’lumot yo‘q bo‘lsa, unda “-” belgisi yoki “yo‘q” so‘zi qo‘llanadi.
Jadvaldan keyin albatta tahlil beriladi. Tahliliy jadvallar umumlashtiruvchi xulosalar va izohlarni talab qiladi. Ma’lumotlari ilgari matbuotda e’lon qilingan jadvallardan foydalanishda ushbu o‘zlashtirilgan materialning ayni qaysi manbada keltirilganligini izohda albatta ko‘rsatish kerak. Agar matnda xorijiy tillardagi takliflar, qo‘shimchalar yoki so‘zlar mavjud bo‘lsa, unda ular to‘liq yozilishi kerak.
Ilmiy ishdagi illustratsiya, sxema, diagramma, spektr, fotosurat, eskiz va shunga o‘xshash tasvirlar rasm deb belgilanadi. Agar rasm bitta bo‘lsa, rasmning ostiga raqami va nomi, rasm ikkita bo‘lsa, a, b bilan belgilanib, a va b nimani anglatishi izohlanadi. Bundan tashqari, rasmda 1, 2, 3, ... va h.k lar bo‘lsa, ular ham nomlanadi. Rasm osti tushuntirishlarni ham 1,0 intervalda yozishga ruxsat etiladi.
|
| |