196
1-rasm
Tolali optik tizimlarda asosan uch turdagi yorug‘lik manbalaridan foydalanib kelinayapti:
qattiq jismli lazerlar, yarim o‘tkazgichli yorug‘lik sochuvchi diodlar va yarim o‘tkazgichli injeksion
lazerlar. Ammo hozirgi paytda uzluksiz tartibda ishlash uchun, geterolazerlar qo‘llanilmoqda.
Bunday lazerlar maxsus ko‘p qatlamli geterolazerlar tizimidan iborat bo‘lib,
ularning tavsiflari
mavjud: 1. Lazerdan o‘tayotgan tok bilan nurning sochilish quvvatini bog‘lovchi volt-amper tavsifi;
2. Nurlanishning modali tarkibi; 3. Nurlanishning yo‘naltirish diagrammasi.
Televizion stansiyaning radioqabul qiluvchisini
televizor deb atalib, uning asosiy’ qismi
maxsus konstruksiyaga ega bo‘lgan elektron nurli trubka — kineskopdir (kineskop — grekcha so‘z
bo‘lib,
u yoki bu predmetning harakat, holatini ko‘rsata oladigan qurilmadan iborat). Kineskop
ekranining ichki qismi nurlanuvchi modda bilan qoplangan. Bu modda (SS
yoki kadmiyning
volframli birikmasi) bir qancha talablarga javob beradi: 1) uning ko‘rinishi elektrodlar dastasi
yordamida vujudga kelib, uning to‘xtashi bilan nurlanish to‘xtashi zarur; 2) nurlanishning elektron
nur intensivligiga to‘g‘ri mutanosib bo‘lishi shart va h.k.
Yuqorida keltirilgan fikrlar va mulohazalarga binoan quyidagi ta’rif asosli bo‘la oladi:
Fizikaviy muhit sifatida optik kabeldan foydalanib uzatish tomonidagi birorta puktdan qabul qilish
tomonidagi boshqa bir punktga axborotlarni uzatishni ta’minlovchi texnik vositalar to‘plami tolali
aloqa tizimi, deb ataladi.
Adabiyotlar:
1.
Убайдуллаев Р.Р. Волоконно–оптические сети-М.: Эко– Трендз, 2000.
2.
Волоконно – оптические системы передачи: учебник для высших учебных заведений /
М.М. Бутусов, С.М. Верник, С.Л. Галкин, В.Н. Гомзин, Б.М. Машковцев, К.Н.
Щелкунов; Под ред. В.Н. Гомзина.–М.:
Радио и связь, 1992.