|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni umumlashtirish
|
bet | 45/123 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #263176 |
Bog'liq iqt tah 20226. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni umumlashtirish
Korxonalar tajribasida mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni turlicha guruhlashtirish mumkin, lekin bo’lar ichida eng muhimlari bo’lib:
tadbirkorlik omili;
mehnat omillari;
moddiy zahiralar bilan ta’minlanganlik omili;
asosiy vositalar bilan qurollanganlik omili;
boshqa omillar;
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ta’sirchan omillardan biri bu tadbirkorlik omilidir. Shu sababli mahsulot ishlab hajmining o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga tadbirkorlik layoqati omili ham kiritilishi tartiblangan va bu tarkiblash iqtisodiy jihatdan o’rinlidir. Chunki yuqorida qayd etilgan ishlab chiqarish omillari tadbirkorlik omili bilan birgalikda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sir etadi.
Mehnat ishlab chiqarishning muhim omili sanaladi, chunki u moddiy boyliklar, zahiralarni xom-ashyo sifatida asosiy vositalardan foydalanib ishlab chiqarishni tashkil etadi va Tayyor mahsulot yaratiladi. Barcha omillar bir biri bilan uzviy bog’langan holda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etadi. Mehnat omillarini tahlil etishda firmaning mehnat kuchlari tarkibi, harakati va ular bilan ta’minlanganlik, ish vaqtidan foydalanganlik, mehnatning unumi va mehnat omillarini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o’zgarishiga bo’lgan ta’sirlari aniqlanadi.
Tovar va moddiy zahiralardan foydalanganlik omilini o’rganishda ular bilan ta’minlanganlik, tovar zahiralarining harakati, moddiy javobgarlar bo’yicha saqlanish holati, samarali foydalanganlik, moddiy boyliklarning qaytimi va sig’imi hamda moddiy boyliklardan foydalanishning ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmiga ta’siri kabi ko’rsatkichlar tahlil qilinadi.
Bugungi kunda firma va kompaniyalarni texnik jihatdan qayta qurollanishi muhim ahamiyat kasb etadi, sababi, zamonaviy asosiy vositalardan foydalanish ish unumini ortishiga, mahsulotlar sifatini yaxshilanishiga hamda texnologik jarayonlardagi yo’qotish – braklarni kamayishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham bu omilning tahlilida firmani asosiy vositalari tarkibi, harakati va texnik holati, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy vositalardan foydalanish ko’rsatkichlari hamda asosiy vositalardan oqilona foydalanishning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga ta’siri o’rganiladi.
Boshqa omillar deyilganda, bozor konyukturasi, talab va taklif, raqobatchilar imkoniyati, iste’molchi va buyurtmachilarning xarid qobiliyati, xalqaro iqtisodiy aloqalarning o’zgarishi va shu kabi boshqa sabablar tushuniladi.
|
| |