|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni umumlashtirish
|
bet | 41/123 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #263176 |
Bog'liq iqt tah 20226. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni umumlashtirish.
Mahsulot(ish, xizmat) ishlab chiqarish ko’rsatkichlari tahlilining mazmuni, vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxona ishlab chiqarishi ko’zda tutgan mahsulotlar hajmi iste’molchilarning ko’lami hamda korxona ichki imkoniyatlari bilan uzviy bog’liqdir. Ayniqsa, mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan boyliklarning chegaralanganligi mo’l-ko’l tovarlar yaratishni ham chegaralaydi. Bunday sharoitda korxona o’z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini to’g’ri belgilay olishi muhim ahamiyatga egadir.
Korxona yaratayotgan mahsulotlarining bozorda mo’l-ko’lligi, raqobatchilarning imkoniyatlari va iste’molchilarning ixtisoslik tovarlarga bo’lgan talablarining o’zgarib turishi ishlab chiqarish hajmini to’g’ri va oqilona rejalashtirishni talab etadi. Har bir korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarining xaridorlari bilan joriy yil uchun shartnomaviy majburiyatlar tuzadilar. Bunda yetkazib berilishi lozim bo’lgan tovarlar turi, miqdori, sifati, narxi va muddatlari tomonlar o’rtasida kelishiladi. Demak, mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmi iste’molchilarning talab va istaklariga bog’liq bo’ladi.
Ichki imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda korxonadagi barcha mavjud boyliklardan to’liq foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kerakli me’yorda, ya’ni foyda olishni to’liq kafolatlangan sharoitni ta’minlashni ko’zda tutib ishlab chiqarishni tashkil etiladi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha biznes rejada mo’ljallangan hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko’rsatkichlari bo’lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, moliyaviy barqarorlik, to’lov qobiliyati, sof pul Mablag’larining hisobot davr oxiriga ko’payishini ta’minlovchi omildir.
Boshqaruv hisobotida ishlab chiqarish ko’rsatkichi natura va qiymat shakllarida aks etadi. Jami korxona bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat qiymat shaklida aks ettiriladi. Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilangan nomenklatura, assortimentda sifatli bajarishi lozim. Hozirgi sharoitda mahsulotni ishlab chiqarish hajmi korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va rejalashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasining "Korxonalar to’g’risida"gi Qonunining 20-moddasida quyidagilar qayd etilgan: "Korxona o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xom-ashyo resurslariga, materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko’rsatilayotgan xizmatga bo’lgan talablarini hisobga olib taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat ko’rsatadi”.
Mahsulot mo’l-ko’lligini ta’minlashda aholini xilma-xil tovarlar bilan ta’minlashda xorijiy sarmoyalarning tutgan roli katta. Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlisning birinchi chaqiriq XIV Sessiyasidagi ma’ruzasida XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi asosiy ustivor yo’nalishlar haqida to’xtalib, jumladan shunday degan edi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish - bu iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlashdir. Mazkur o’zgarishlar korxonalarni yangilash va texnik qayta jihozlashga, mamlkatning boy tabiiy va mineral xom-ashyo salohiyatidan to’la va samarali foydalanishga, eksportga moslashgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilmoyoi lozim».
O’zbekistondagi investitsiya siyosatining yana bir muhim jihati - xorijiy sarmoyadorlarga berilayotgan imtiyozlardir. Xorijiy sarmoyadorlarda qiziqish uyg’otayotgan ikkita imtiyozni misol sifatida aytishimiz mumkin. Birinchisi, agarda ular qo’shma korxona tuzib, uni O’zbekiston Respublikasining investitsion dasturiga kiritsalar, 7 yil davomida foydadan olinadigan soliqdan ozod etiladilar. Ikkinchisi, agar mavjud qonunlar o’zgarib boradigan bo’lsa va bu o’zgarishlar u yoki bu kompaniyaga iqtisodiy yoki boshqa jihatdan zarar yetkazadigan bo’lsa, o’sha xorijlik sarmoyador O’zbekistonga kirib kelgan paytdagi qonunchilikdan yana 10 yil davomida foydalanishi va barqaror vaziyatda ishlashi mumkin. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning 2003 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2004 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi “Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo’lidan izchil borish – asosiy vazifamiz” deb nomlangan ma’ruzasida quyidagilar qayd etib o’tildi: “...mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish sur’atlarining izchilligi ta’minlanmoqda. Keyingi olti yil davomida yalpi ichiki mahsulotning o’sish sur’atlari har yili muntazam ravishda 4 foizdan ko’proq oshmoqda. O’tgan yili bu ko’rsatkich 4,4 foizni tashkil etgan.
|
| |