• «og’ir bola»
  • 4. Raqobat darajasini belgilovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlovchi omillar tahlili
  • «yulduz» kategoriyali tovarlar – korxona foydasining asosini tashkil etadigan hamda iqtisodiy o’sishga olib keladigan; «sog’in sigirlar»




    Download 1,64 Mb.
    bet39/123
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #263176
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123
    Bog'liq
    iqt tah 2022

    «yulduz» kategoriyali tovarlar – korxona foydasining asosini tashkil etadigan hamda iqtisodiy o’sishga olib keladigan;

  • «sog’in sigirlar» kategoriyali tovarlar – og’ir iqtisodiy davrlarning vujudga kelishini oldini oladigan, investitsiyaga muhtoj bo’lmagan, foyda keltirayotgan, boshqa kategoriyali mahsulotlar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga ishlatiladigan;

  • «og’ir bola» kategoriyali tovarlar – bu yangi turdagi tovarlar bo’lib, reklamaga muhtoj bo’lgan, bozorga olib chiqilishi kerak bo’lgan, hozircha foyda keltirmayotgan, ammo, kelajakda «yulduz» tovar bo’lishi mumkin bo’lgan;

  • «o’lik yuk» yoki «omadsiz» kategoriyali tovarlar – bugungi kun talabiga javob bermaydigan, iqtisodiy o’sishga imkoniyat bermaydigan, foyda keltirmaydigan.

    tahlil jarayonida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qay biri qaysi kategoriyaga mos kelishligini o’rganish ham muhim hisoblanadi.


    4. Raqobat darajasini belgilovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlovchi omillar tahlili

    Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tovarlarning raqobatbardoshliligi aniqlanayotganda, uningn boshqa raqobatchi tovarlardan yuksak taraflarini mavjudligi, umum e’tirof etilgan talablarga javob berishi hamda ketgan xarajatlar miqdori bilan baholanadi. Mahsulotning raqobatbardoshliligini baholashda xaridorlar ehtiyoji va bozor talabiga asoslanadi. Chunki tovar xaridor talabiga javob berishi uchun quyidagi parametrlarga mos kelishi kerak:



    • texnik parametrlarga (tovar belgisi, uni qo’llash va tavsiya etish markazlari)

    • ergonomik parametrlarga (tovarning inson organizmiga mos kelishi);

    • estetik parametrlarga (tovarning tashqi ko’rinishi);

    • me’yoriy parametrlarga (tovarning amaldagi me’yorlarga va standartlarga mos kelishi);

    • iqtisodiy parametrlarga (tovarning baho darajasi, unga ko’rsatiladigan servis xizmati, vositalar o’lchami, xaridorlarning ayni vaqdagi ehtiyojlarini qondira olishi).

    Har bir istemolchi o’z ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlarni sotib oladilar. Bu esa o’z navbatida raqobatni keltirib chiqaradi.
    Xaridorlarning hatti - harakatlaridan shuni ko’rish mumkinki, ular tovarlarni taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (s), sotib olish xarajatlariga (x) nisbatan yuqori bo’lsa o’sha mahsulotni ko’proq tanlashadi. U holda tovarning raqobatbardoshligi (r) quyidagi, ko’rinishni oladi.


    R=S/X;

    Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarda bo’ladi:



    1. O’rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish;

    2. O’xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko’rsatkichlarini belgilash;

    3. O’z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobotbardoshlik ko’rsatkichlarini aniqlash.

    Raqobat - lotincha so’zdan olingan bo’lib, maqsadga erishish uchun ko’rash, korxonalar o’rtasidagi sof ko’rashni bildiradi. Uning asosiy quroli bo’lib, talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish hisoblanadi.
    Raqobat turiga ko’ra ikkiga bo’linadi:

    1. Sof raqobat;

    2. G’irrom raqobat.

    Sof raqobat bozor talablariga ko’ra vijdonan ko’rashishni bersa, g’irrom raqobat uning aksini ta’minlaydi.
    Jaxon bozori tajribasidan raqobat quyidagi shart-sharoitlari mavjud:

    • Kuchlar teng va strategiyalar o’xshash bo’lsa, bozorda muvozanat uzoq saqlanmaydi, ular orasida kelishmovchilik susaymaydi;

    • Sizning raqibingiz xamma narsadan xabardor deb biling;

    • Raqibingizning g’ashini keltiruvchi xarakat qilmang;

    • Sizning xarakatingiz imkoningiz darajasida ekaniga raqibingizni ishontiring.

    Bozorda korxonaning tutgan ulushiga qarab raqobat ko’rsatkichlari aniqlanadi:
    a) Ilg’or - 40 foiz;
    b) Ilg’orga davogar - 30 foiz;
    v) Davomchilari - 20 foiz;
    g) Bozorda uncha omadi kelmagan - 110 foiz
    Ushbu ko’rsatkichlarga asoslangan holda ham ularning raqobat darajasini aniqlashimiz va baho berishimiz mumkin.
    Hozirgi zamonaviy sharoitda boshqarishda iqtisodiy uslubni birinchi o’ringa qo’yilishi xo’jalik hisobidagi korxona va uning sex, uchastkalarini asosiy prinsipi bo’lib, bunda moliyaviy va boshqaruv tahlili muhim ahamiyatga egadir. Faqat moliyaviy va boshqaruv tahlili tufayli jamoa faoliyatining iqtisodiy natijalari ob’ektiv baholanib korxonani har bir bo’limi, har bir ishchini umumiy natijadagi ulushi aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilisiz xo’jalik mexanizmini to’g’rilash va uni takomillashtirishni amalga oshirib bo’lmaydi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlab qolmay, balki moddiy resurslardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanishni rag’batlantiradi, shu bilan birga ishlovchilarni tejamkorlik ruxida tarbiyalaydi.



    Download 1,64 Mb.
  • 1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «yulduz» kategoriyali tovarlar – korxona foydasining asosini tashkil etadigan hamda iqtisodiy o’sishga olib keladigan; «sog’in sigirlar»

    Download 1,64 Mb.