|
I. Ishning maqsadi
|
bet | 1/3 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 16,11 Kb. | | #253354 |
Bog'liq Amaliy mashg‘ulot A49,50
Amaliy mashg‘ulot A49, A50.
Avtomototransport vositasi konstruktsiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruhsatnoma berish tartibini o‘rganish.
I. Ishning maqsadi: Fanga doir tushunchalar, atamalar, harakat xavfsizligini ta’minlash, Ichki ishlar vazirligi, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, avtomototransport vositasi, jihozlash, qayta jihozlash, ruxsatnoma berish tartibi va faoliyatni boshlaganlikni o‘rganish hamda tahlil qilish.
II. Umumiy ma’lumotlar:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 758-son qaroriga
1-ILOVA
Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani (keyingi o‘rinlarda — xabarnoma) taqdim etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — YHXBB) tomonidan avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
murojaat etuvchi — avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etgan tadbirkorlik subyekti, avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilinganda esa — mazkur avtomototransport vositasining egasi (yuridik yoki jismoniy shaxs);
avtomototransport vositasini qayta jihozlash — boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda, avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga o‘zgartirishlar kiritish;
avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda — ruxsatnoma) — avtomototransport vositasi egasining arizasiga asosan qayta jihozlashning aniq turi bo‘yicha bir martalik faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) — tadbirkorlik subyektiga avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasining (qismining) tarkibiy qismlari va uni jihozlash predmetlari — avtomototransport vositasining konstruksiyasiga o‘rnatiladigan va foydalaniladigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari tatbiq etiladigan agregatlar, uzellar va detallar;
tadbirkorlik subyekti — mazkur Nizomda belgilangan tartibda YHXBBni xabardor etgan holda, avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
tashkilot standarti (Ts) — avtomototransport vositasini qayta jihozlashning aniq turi va (yoki) aniq marka va modeldagi avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektiga belgilangan tartibda berilgan hujjat;
foydalanishga oid hujjatlar — avtomototransport vositasidan foydalanishda qo‘llash uchun mo‘ljallangan hujjatlar.
3. Avtomototransport vositasini qayta jihozlash tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta jihozlashning mazkur turini amalga oshirish uchun davlat reyestrida ko‘rsatilgan, qayta jihozlashning mazkur turi davlat reyestrida mavjud bo‘lmagan hollarda berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Bunda avtomototransport vositasini qayta jihozlash deb hisoblanadigan o‘zgarishlar ro‘yxati mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
4. Raqamlangan agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.
Bunda raqamlangan agregat (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirilgandan keyin mazkur avtomototransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tayyorlovchi tashkilotning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.
5. Avtomototransport vositasini tayyorlovchi tashkilot tomonidan raqamlangan agregatlarga qo‘yilgan markirovkaning o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga olib keladigan tarzda qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan avtomototransport vositasidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
|
| |