2-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat-aloqa diagrammasini
qurish. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash
Ishdan maqsad:
ma’lumotlar bazasini loyihalash va mohiyat-aloqa
diagrammasini qurish haqida tushunchalarga ega bo‘lish. Relyatsion ma’lumotlar
bazasini loyihalash va u haqida tushunchalarga ega bo‘lish.
Masalaning qo‘yilishi:
Ma’lumotlar bazasini
loyihalang va mohiyat-aloqa
diagrammasini ishlab chiqing. Predmet soha uchun relyatsion ma’lumotlar bazasini
loyihalang va uni ishlab chiqing
Uslubiy ko‘rsatmalar:
Ma’lumotlar bazasini loyihalash va mohiyat-aloqa
diagrammasini yaratishda quyidagilarni bilish zarur bo‘ladi: ob’ektlar, ob’ekt
xususiyatlari va hokazolar.
Loyihalash — moʻljallangan obʼyektlar (apparat
va asboblar, bino va
inshoatlar, yoʻl va koʻpriklar, mashina va jihozlar,
samolyot va kosmik kemalar,
radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va poyabzallar,
mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va namunalari) ni
qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni. Fan va
texnikaning barcha sohalarida qoʻllaniladi. Iqtisodiy va texnikaviy hisob-kitob,
smeta tuzish, chizmachilik va chizmalarni koʻpaytirish amallarini oʻz ichiga oladi,
chizmalar asosida koʻpincha obʼyekt (bino, mashina va boshqalar)
ning maketi
tayyorlanadi. Biror bir obʼyektni individual (yakka tartibda) va tipaviy (ommaviy
tartibda) loyihalash mumkin. Loyihani maxsus tashkilotlar, firmalar yoki guruhlar
amalga oshiradi. Bular sohalar boʻyicha yoki ixtisoslashtirilgan tarzda ish yuritadi.
Biror obʼyektni loyihada standartlashtirilgan detallar, agregatlar, uzellar va meʼyoriy
hujjatlardan keng foydalaniladi [6].
Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi (MB)
-
deganda real dunyoning konkret
ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamini tushinish mumkin. Lekin ma’lumotlar
xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan
muammo ob’ekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo‘li bilan xal
kilinadi.
Ob’ekt
- bu mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob’ektlarga
tegishli bir qator ma’lumotlar borki, ularning to‘plami MB bo‘ladi. Masalan, xar bir
akademik-litsey yoki kasb-hunar kolleji-bu ob’ektlar bo‘lsa, ulardagi o‘quvchilar
haqidagi ma’lumotlar to‘plami MB ga misol bo‘ladi. Xar qanday jiddiy MBning
yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MB
loyihalovchisining asosiy
vazifasi ob’ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi
ma’lumotlarni o‘rnatishdan iborat.
MB ni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo‘yicha
tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni
(tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni
ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina bajarish mumkin.
Strukturalash-bu ob’ektlar va ma’lumotlarning o‘zaro bog‘lanishi tasvirlash
usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir.
“Mohiyat - aloqa” modeli, predmet sohani tashkil qiluvchi uchta asosiy
komponentlardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv
elementlar tarkibida “vaqt” tashkil etuvchisi oshkormas holda ishtirok etishi
mumkin. Modelda vaqt, yil, va shunga uxshash atributlar tasvirlanadi.
“Aloqa” modelini qurishda moxiyat mavjud jarayonni yoki xodisani, ob’ektni
abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut birorta qiymatlar to‘plamidan qiymat qabul
qiluvchi bilan tasvirlanadi.
1.
Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va V ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har
bir nusxasiga V ob’ektning
bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V
ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi mos
kelsa shunday munosabat hosil bo‘ladi.
2.
Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va V ob‘ektlar to‘plami orasida o‘rnatilsa,
unda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning ko‘pi bilan bitta nusxasi mos
keladi. V ob’ektning nusxalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob’ektning
bir nechta nusxasi mos keladi.
3.
Ko‘p ga – ko‘p (m: n) munosabat. A va V ob’ektlar
orasida shunday
munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektni
bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.