O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“INFOKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING ELEKTR TA’MINOTI”
fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:
Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi
315-20-guruh
Raximov Ilxomjon Iqboljon o’g’li
talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi: k.o’qituvchi. M.Sapayev
Toshkent 2022
1-Mustaqil ish.
Avtotransformatorlar
Reja:
Avtotransformatorlar.
Avtotransformatorlarning tuzilishi bilan ish rejimining xususiyati.
Kuch trаnsformаtorlаri.
Transformatorlarning turlari va ularning parametrlari. sovitish sistemasi.
Avtotransformator – bu shunday transformatorki, unda chulg‘amlar orasida magnit bog‘lanishdan tashqari elektrik bog‘lanish ham mavjud. Oddiy transformatorning chulg‘amlarini avtotransformator sxemasi bo‘yicha yig‘ish mumkin. Buning uchun Ax klemmalarni (3.2,a-rasm) birlamchi tarmoqqa ulab, ax klemmalari esa yuklanish Zyuk klemmalariga ulansa, pasaytiruvchi transformator hosil bo‘ladi. Agar ax chiqish klemmalarini birlamchi tarmoqqa ulansa va Ax klemmalariga Zyuk ulansa, kuchaytiruvchi transformator hosil bo‘ladi.
3.2-rasm. Bir fazali pasaytiruvchi avtotransformatorning elektromagnit (a) va prinsipial (b) sxemalari
Pasaytiruvchi transformator ishlashini batafsil ko‘raylik. Chulg‘am wax bir vaqtning o‘zida birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning tarkibiy qismlaridir. Bu chulg‘amdan I12 toki oqadi. Nuqta a uchun toklar tenglamasini yozamiz
, (3.5)
yoki , (3.6)
ya’ni, wax o‘ramdan I2 va I1 toklarning algebraik yig‘indisiga teng bo‘lgan I12 toki oqadi. Agan avtotransformator transformatsiyalash koeffitsienti kA=wAx/wax, birga yaqin bo‘lsa, u holda I1 i I2 bir-biridan farqi kam bo‘ladi, ular algebraik yig‘indisi esa juda kichik qiymat hisoblanadi. Bu vaziyat wax o‘ramlarni kichik kesim yuzasiga ega bo‘lgan simdan yasash imkonini beradi. Birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga uzatilayotgan avtotransformatorning uzatish quvvati Suzat=U2I2 tushunchasini kiritamiz. Bundan tashqari, birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga magnit oqimi orqali o‘tkazilayotgan hisobiy quvvat degan miqdor ham qo‘llaniladi. Bu quvvatni hisobiy deyishlaridan maqsad, transformatorning og‘irligi va gabaritlari shu quvvatga bog‘liqdir. Transformatorlarda barcha uzatiluvchi quvvat elektromagnit quvvatidir, chunki ularda transformator chulg‘amlari orasida faqat magnit bog‘lanish mavjuddir. Avtotransformatorlarda esa, birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar orasida magnit bog‘lanishdan tashqari, elektrik bog‘lanish ham mavjuddir. Shu sababli hisobiy quvvat uzatiluvchi quvvatning bir qisminigina tashkil etadi, qolgan qismi bir chulg‘amdan ikkinchisiga uzatilishda magnit oqim ta’sirisiz o‘tadi. Buning isboti sifatida avtotransformatorning uzatiluvchi quvvatini tashkil etuvchilarga ajratamiz Suzat = U2I2 . Buning uchun (3.5)dan foydalanamiz. Bu ifodani uzatish quvvati ifodasiga qo‘ysak, quyidagini hosil qilamiz
Suzat =U2I2=U2(I1+I12)=U2I1+U2I12=Se+Sxisob. (3.7)
bunda Se=U2I1,—elektrik bog‘lanish natijasida avtotransformator birlamchi zanjiridan ikkilamchi zanjiriga uzatilayotgan elektr quvvati.
Shunday qilib, avtotransformatorning Sxtsob = U2I12 hisobiy quvvati, uzatilayotgan quvvatning bir qisminigina tashkil etar ekan. Bu esa, avtotransformator ishlab chiqarish uchun magnit o‘zakni transformatorlardagiga nisbatan kichik kesim yuzasi tanlash imkonini berar ekan.
Chulg‘amning o‘rtacha uzunligi ham kamayadi; natijada mis sarflanishi kamayadi. Shu bilan birga, magnit o‘zak va misdagi energiya isrofi kamayadi, avtotransformator f.i.k. ortadi.
Shunday qilib, avtotransformator bir hil quvvatli trasformatordan quyidagi afzalliklari bilan farqlanadi:
aktiv materiallar (mis, elektrotexnik po‘lat)ning kam sarflanishi;
f.i.k.ning yuqoriligi (katta quvvatli avtotransformatorlarda f.i.k. 99,7% gacha bo‘ladi);
gabaritining kichikligi;
narxining pastligi.
Avtotransformatorning o‘rnatilgan quvvati oshgan sari, uning yuqorida keltirilgan afzalliklari kattaroq bo‘ladi.
Birlamchi zanjirdan ikkilamchi chulg‘amga elektrik bog‘lanish tufayli o‘tkazilayotgan elektrik quvvat SE , quyidagi ifoda bilan aniqlanadi
Se = U2I1=U2I2/kA=Spr/kA, (3.8)
ya’ni, SE transformatsiyalash koeffitsienti kA ga teskari proporsional ekan.
3.3-rasmdan ko‘rinadiki, kichik transformatsiyalash koeffitsienti bo‘lganda oddiy transformatorlarning o‘rniga avtotransformatorlarni qo‘llash bilan katta yutuqlarga erishish mumkin. Masalan, kA = 1 bo‘lganda avtotransformatorning barcha quvvati (SE/Suzat = 1) ikkilamchi chulg‘amga zanjirlar orasidagi elektrik bog‘lanish tufayli o‘tadi.
3.3-rasm. SЭ/ Suzat qiymatning
Transformatsiyalash koeffisiyentiga
bog‘liqligi
|
3.4-rasm. Uch fazali
avtotransformator
|
Avtotransformatorlar qo‘llashning eng maqsadga muvofiq rejimi transformatsiyalash koeffitsientining kA < 2 dir. Transformatsiyalash koeffitsienti katta bo‘lganda avtotransformator eng katta kamchiliklari quyidagilardan iborat:
1. Avtotransformator pasaytiruvchi bo‘lganda q.t. toki kattaligidir. 3.2-rasmdagi a va x klemmalar qisqa tutashtirilganda U1 kuchlanish chulg‘amning juda kichik q.t. qarshiligiga ega bo‘lgan o‘ramlar soni Aa ga qo‘yilgan bo‘ladi. Bunda avtotransformator q.t.ning xavfli ta’siridan o‘z-o‘zini himoya qilaolmaydi. Shu sababli, q.t. toklari avtotransformator zanjiriga ulangan boshqa elektr qurilmalar hisobiga cheklanadi.
2. YUK chulg‘ami va QK tomoni orasidagi elektrik bog‘lanish; bu barcha chulg‘amlarni kuchaytirilgan darajada elektr izolyasiyalashni talab etali.
3. Avtotransformatorlar kuchlanishni pasaytiruvchi sxemalarda qo‘llanilganda QK tarmog‘i o‘tkazgichlari va zaminlovchi o‘tkazgichlar orasida, YUK tomonidagi faza va zamin orasidagi kuchlanishga yaqin bo‘lgan kuchlanish hosil bo‘ladi.
4. Xizmat ko‘rsatuvchi personalning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, YUK tarmog‘i kuchlanishini bevosita iste’molchiga ulangan QK zanjiri qiymatigacha pasaytirishda avtotransformatordan foydalanish mumkin emas.
Avtotransformatorlar katta quvvatli elektr motorlarining ishga tushirish toklarini pasaytirish uchun o‘zgaruvchan tok elektr yuritmalarida qo‘llaniladi, shuningdek elektr metallurgik pechlarning ishlash rejimlarini boshqarish uchun ham ishlatiladi. Kichik quvvatli avtotransformatorlar radio, axborotlashtirish va avtomatika tizimlarida ham ishlatiladi.
Texnikada o‘zgaruvchan transformatsiyalash koeffitsientiga ega bo‘lgan avtotransformatorlar keng qo‘llaniladi. Bunday vaziyatlarda ikkilamchi kuchlanish qiymatini o‘zgartirish uchun, avtotransformator o‘ramlar soni waxni o‘zgartiruvchi qurilma bilan jihozlanadi (3.2-rasm). Buni amalga oshirish uchun yoki qayta ulagichdan, yoki izolyasiyadan tozalangan chulg‘am o‘ramlarida sirpanuvchi kontakt (shchetkalar)dan foydalaniladi. Bunday transformatorlar kuchlanish rostlagichlari deyiladi va bir fazali va uch fazali bo‘lishi mumkin.
Transformator bu statik elеktromagnit uskuna bo‘lib, birlamchi o‘zgaruvchan tok sistеmasini ikkilamchi o‘zgaruvchan tok sistеmasiga aylantirib bеradi. Bunda chastota o‘zgarmaydi. Transformator asosiy va yordamchi qismlardan tuzilgan. Asosiy qismga magnit o‘tkazgich va chulg‘amlar kiradi. Yordamchi qismlarga bak, kеngaytirgich, gaz rеlyesi, idish qopqog‘i, radiatorlar, tеrmosifon filtri, yog‘ sathini ko‘rsatuvchi shisha naycha, ko‘targich halqalar, yuqori va past kuchlanishlar ulanadigan izolatorlar, tozalagich va boshqalar kiradi. Transformatorning ish davrida hosil bo‘ladigan uyurma toklarini kеskin kamaytirish maqsadida uning magnit o‘tkazgichi bir-biridan izolatsiyalangan va qalinligi 0,15-0,5 mm bo‘lgan elеktrotеxnik po‘lat tunikachalardan yig‘iladi. Transformator chulg‘amlari yasalishida izolatsiyalangan mis va aluminiy simlaridan foydalaniladi. Transformatorlarda moy sovutish va izolatsiya vazifasini bajaradi. Transformatorlarning tasnifi. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra transformatorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) kuch transformatorlari; 2) maxsus transformatorlar. Kuch transformatorlari o‘z navbatida: umumiy maqsadli va sohaviy turlarga bo‘linadi.
Elektr energiyani uzatish, qabul qilish hamda ishlatishga mo‘ljallangan elektr tarmoqlari va uskunalarida elektr energiyani o‘zgartirish (kuchlanishni oshirish yoki kamaytirish) vazifasini bajaradigan transformator kuch transformatori deyiladi. Bu toifaga: quvvati 6,3 kVA va undan katta bo‘lgan uch fazali transformatorlar hamda quvvati 5 kVA va undan katta bo‘lgan bir fazali transformatorlar kiradi.
Normal sharoitda ishlayotgan elektr tarmog‘iga ulash uchun, yohud maxsus ish sharoiti, yuklamaning xarakteri yoki ish rejimi bilan farq qilmaydigan energiya iste’molchilarini bevosita ta’minlashga tayyorlangan transformatorlar umumiy maqsadli kuch transformatorlari deyiladi. Transformatorlar fazalar soniga ko‘ra: bir, uch va ko‘p fazali (sohaviy); chulg‘amlar soniga ko‘ra – ikki, uch va ko‘p chulg‘amli turlarga bo‘linadi. Agar transformatorning har fazasida uchta yuqori kuchlanishli (YuK), o‘rta kuchlanishli (O‘K) va past kuchlanishli (PK)] elektr jihatdan ulanmagan chulg‘amlari bo‘lsa, bunday holda uch chulg‘amli transformator deyiladi. Agar transformatorda U1N < U2N bo‘lsa oshiruvchi, U1N > U2N bo‘lganida esa – pasaytiruvchi transformator deyiladi.
Elektr energiyani transformatorning qaysi chulg‘amiga berilishiga qarab transformatorni oshiruvchi yoki pasaytiruvchi sifatida foydalanish mumkinligi uning qaytarlik xossasidir. Nominal quvvati va kuchlanishlariga bog‘liq ravishda kuch transformatorlari va avtotransformatorlar gabaritlarga ajratiladi.
|