Transformatorlarning turlari va ularning parametrlari. sovitish sistemasi




Download 376,14 Kb.
bet6/8
Sana11.12.2023
Hajmi376,14 Kb.
#116113
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

Transformatorlarning turlari va ularning parametrlari. sovitish sistemasi.


Elektr stantsiya va podstantsiyalariga oʻrnatilgan kuch transformatorlari elektr energiyani bir kuchlanishdan ikkinchisiga aylantirish uchun xizmat qiladi. Uch fazali transformatorlar eng koʻp tarqalgan, chunki ularda jami quvvati xuddi shuncha boʻlgan uchta bir fazali transformatorlarga qaraganda isroflar 12–15%, aktiv materiallar sarfi bilan qiymati 20–25% kam.
Transformatorsozlikdagi taraqqiyot 220 va 500 kV kuchlanishli, quvvati 630 MVA gacha, 330 kV kuchlanishli, quvvati 1000 MVA li uch fazali transformatorlarni va 500/110 kVli, birlik quvvati 250 kVA li avtotransformatorlarni ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Transformatorlarning chegara birlik quvvati uni transportirovka qilish sharoitlari, massasi va oʻlchamlari bilan cheklanadi.
Bir fazali transformatorlar, odatda, yetarli quvvatga ega boʻlgan uch fazali transformator tayyorlash mumkin boʻlmagan yoki transportirovka qilish ancha qiyin boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi.



    1. –rasm. Transformatorlarning printsipial sxemalari:

a–ikki choʻlgʻamli; b–uch choʻlgʻamli; v–past kuchlanishli ajratilgan choʻlgʻamli.
Bir fazali transformatorlar guruhlarining eng katta quvvati 500 kV kuchlanishda 1600 MVA; 750 kV kuchlanishda 1250 MVA ga teng.
Har bir fazadagi turli kuchlanishdagi choʻlgʻamlar soniga qarab transformatorlar ikki choʻlgʻami va uch choʻlgʻamligiga boʻlinadi (6.2–rasm, a, b). Bundan tashqari, aynan bir xil kuchlanishdagi choʻlgʻamlar, odatda, pasaytiruvchi choʻlgʻami bir–biridan va yerga tutashtirilgan qismlardan izolyatsiya qilingan ikki va undan ortiq parallel tarmoqlardan tashkil topadi. Bunday transformatorlar ajratilgan choʻlgʻamli transformatorlar deb ataladi (6.2–rasm, v). Yuqori, oʻrtacha va past kuchlanishli choʻlgʻamlarni qisqacha VN (visshee napryajenie), SN (srednee napryajenie) va NN (nizshee napryajenie) deb belgilash qabul qilingan.
Transformatorning nominal quvvati, kuchlanishi, toki, qisqa tutashuv kuchlanishi, salt ishlash toki, salt ishlash bilan qisqa tutashuvdagi isroflar transformatorning asosiy parametrlari hisoblanadi.
Transformatorning nominal quvvati deb zavod pasportida koʻsatilgan toʻla quvvatining qiymatiga aytilib, nominal chastota va kuchlanishda, oʻrnatish joyi va sovitish muhiti nominal boʻlgan sharoitlarda transformatorni shu quvvat bilan uzluksiz yuklamalash mumkin boʻladi.
Umumiy maqsadlar uchun moʻljallangan, ochiq havoda oʻrnatilgan va puflamasdan yoki puflab tabiiy ravishda moy bilan sovitiluvchi transformatorlar uchun nominal sovitish sharoitlari sifatida tashqi havoning tabiiy ravishda oʻzgaruvchi harorati (oʻrtacha sutkalik oʻzgarishi koʻpi bilan 30°C, oʻrtacha yillik oʻzgarishi koʻpi bilan 20°C), moy–suv bilan sovitiladigan transformatorlar uchun esa sovitgichga kirayotgan suvning harorati (koʻpi bilan 25°C) qabul qilinadi
Ikki choʻlgʻamli transformatorlarning nominal quvvati–uning har bir choʻlgʻamining quvvatidan iborat. Uch choʻlgʻamli transformatorlar choʻlgʻamlarining quvvati bir–biriga teng yoki har xil qilib tayyorlanadi. Quvvatlari har xil boʻlganda har bir alohida choʻlgʻam ichida eng katta nominal quvvatga ega boʻlgan choʻlgʻamning quvvati transformatorning nominal quvvati deb qabul qilinadi.
Avtotransformatorning nominal quvvati sifatida oʻzaro avtotransformatorli bogʻlanishga ega boʻlgan tomonlardan birining nominal quvvati (oʻtuvchi quvvat–«proxаdnаya moo’nostg’») qabul qilinadi.
Transformatorlar ochiq havoda oʻrnatilishdan tashqari, tabiiy shamollatiladigan, yopiq, isitilmaydigan binolarga ham oʻrnatiladi. Bu holda ham transformatorlar nominal quvvat bilan uzluksiz yuklanishi mumkin, ammo bunday sharoitda transformatorning xizmat qilish muddati sovitish sharoitlari yomonligi tufayli ancha kamayadi.
Choʻlgʻamlarning nominal kuchlanishlari transformatorning salt ishlashida birlamchi va ikkilamchi choʻlgʻamlarining kuchlanishlaridir. Uch fazali transformator uchun –bu uning liniya (fazalar orasidagi) kuchlanishidir. Bir fazali transformator agar yulduz sxemasida
biriktirilib, uch fazali guruhga ulashga moʻljallangan boʻlsa, bu kuchlanish U / ga teng boʻladi.
Transformatorning transformatsiya koeffitsienti n yuqori va past kuchlanish choʻlgʻamlarining nominal kuchlanishlar nisbatidan iborat bo`ladi:
n Uном, ВН
Uном, НН
Uch choʻlgʻamli transformatorlarda choʻlgʻamlarning har qaysi jufti uchun transformatsiya koeffitsienti aniqlanadi: VN va NN; VN va SN; SN va NN.
Transformatorlarning nominal toklari deb, choʻlgʻamlarning zavod pasportida koʻsatilgan toklarining qiymatiga aytilib, transformatorning ana shu toklarda uzoq vaqt normal ishlashiga yoʻl qoʻyiladi.
Transformatorning istalgan bir choʻlgʻamining nominal toki uning nominal quvvati bilan nominal kuchlanishidan aniqlanadi.
Qisqa tutashuv kuchlanishi Uk shunday kuchlanishki, transformatorning choʻlgʻamlaridan biriga shu kuchlanish berilganda boshqa choʻlgʻamiga qisqa tutashgan boʻlsa, undan oʻtayotgan tok nominal miqdoriga teng boʻladi.
Salt yurish toki ix poʻlatdagi aktiv va reaktiv isroflarni tavsiflaydi va poʻlatning magnit xossasiga, magnit oʻtkazgichning konstruktsiyasi va uni yigʻish sifatiga hamda magnit induktsiyasiga bogʻliq boʻladi. Salt yurish tokining kattaligi transformator nominal tokiga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi.
Salt ishlashdagi PX va qisqa tutashishdagi Pk isroflar transformatorning tejamli ishlashini bildiradi. Salt ishlashdagi isroflar poʻlatning qayta magnitlanishi hamda uyurma toklarni hosil boʻlishidan kelib chiqadigan isroflar yigʻindisidan iborat.
Transformatorlarning hozirgi konstruktsiyalarida isroflar ancha, kamaytirilgan. Masalan, 250000 kVA, U=110 kV li (PX=200 kVt, Pk=790 kVt), yil davomida ishlaydigan Tmax=6300 soat) transformatordagi elektr energiyaning isrofi undan oʻtgan elektr energiyasining 0,43% ini tashkil etadi. Transformator quvvati qancha kichik boʻlsa, undagi nisbiy isrof shuncha katta boʻladi.



Download 376,14 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 376,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transformatorlarning turlari va ularning parametrlari. sovitish sistemasi

Download 376,14 Kb.