|
1-ma’ruza kuch transformatorlari
|
bet | 1/3 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 3,29 Mb. | | #153572 |
Bog'liq 1-Maruza (2) 1-MA’RUZA - Kuch transformatorlari haqida umumiy tushuncha
- Kuch transfarmatorlarining ulanish sxemalari
- Kuch transfarmatorlarining himoyalari
1. KUCH TRANSFORMATORLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Hozirgi vaqtda xalq xujaligining barcha sohalarida turli xil elektir mashinalari, transformatorlar va boshqa elektr asbob – uskunalari ishlatilmoqda. Elektr mashinalari va transformator ma’lum quvvatga mo’ljallab tayyorlanadi. Bu quvvat mashina ishlaganda undan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori bilan aniqlanadi. Har bir elektr mashinasi, transformator yoki boshqa elektr asbobining pasportida ularning normal sharoitida ishlashni xarakterlovchi kattaliklarning nominal qiymatlari, masalan: nominal quvvati, nominal kuchlanishi, nominal toki va boshqalar ko’rsatilgan bo’ladi. Amalda ishlatiladigan transformatorlarning nominal kuchlanishi 6 V, 12 V, 24 V, 36 V, 127 V, 220 V, 380 V, 660 V, 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV va boshqalarga teng bo’lishi mumkin Kuch transformatorlari katta quvvatli о‘zgaruvchan tok elektr energiyasini bir kuchlanishdan ikkinchi kuchlanishga aylantirib beruvchi qurilmadir. Transformatorlarning asosiy nominal parametrlari: quvvat, kuchlanish, tok, qisqa tutashish kuchlanishi, salt ishlash toki, salt ishlash isrofi, qisqa tutashish isrofi. Kuch transformatorlari katta quvvatli о‘zgaruvchan tok elektr energiyasini bir kuchlanishdan ikkinchi kuchlanishga aylantirib beruvchi qurilmadir. Transformatorlarning asosiy nominal parametrlari: quvvat, kuchlanish, tok, qisqa tutashish kuchlanishi, salt ishlash toki, salt ishlash isrofi, qisqa tutashish isrofi. Amalda turli sohalarda juda ko’p xil transfarmatorlar ishlatiladi. Avtotransformatorlar, bir yoki uch fazali uch chulg’amli transformatorlar, o’lchov transformatorlar, payvandlash transformatorlari, o’zgaruvchan tok chastotasini o’zgartiruvchi transformatorlar, fazalar sonini o’zgartiruvchi transformatorlar, sinov transformatorlar; radio, televidenie, aloqa va avtomatika qurilmalarida ishlatiladigan transformatorlar maxsus transformatorlar hisoblanadi.
|
| |