O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
RAQAMLI QURILMALARDA AXBOROTNING DASTURIY HIMOYALARI
O‘quv qo‘llanma
Bilim sohasi:
200000
–
Ijtimoiy soha, Iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
220000
–
Jurnalistika va axborot
Ta’lim yoʻnalishi:
5220400
–
Axborot xavfsizligini boshqarish
Toshkent - 2023
2
Annatotsiya
Ushbu taqdim etilayotgan o‘quv qo‘llanmada
bugungi kunda raqamli
qurilmalarda axborotlarni qayta ishlash va xavfsizlik nuqtai nazaridan ularni
saqlash, tarmoqda uzatish va qayta ishlash jarayonida dasturiy himoyalarni muhim
o‘rin egallagani, avtomatlashtirilgan tizim va jarayonlarda axborotlar xavfsizligini
ta’minlashda dasturiy himoya usullari hamda ularning
nazariy va amaliy tahlil
etish usullari keng yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanmaning yakunida amaliy
mashg‘ulotlar hamda laboratoriya ishlarini qanday o‘tkazish
haqida tavsiyalar
berilgan va test savollari keltirilgan.
O‘quv qo‘llanma 5220400 – “Axborot xavfsizligini boshqarish” bakalavr
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun O‘zbekiston
Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fan dasturi asosida yozilgan.
Shuningdek ushbu o‘quv qo‘llanmadan 60610400 – “Axborot xavfsizligini
boshqarish” va 60610500 – Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT-
Servis», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari») yo‘nalishlarida
tahsil
oladigan bakalavrlar, oliy o‘quv yurtlarida har xil mutaxassislik bo‘yicha
ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar va ushbu soha bo‘yicha ishlayotganlar ham
foydalanishlari mumkin.