11
KIRISH
5220400 – “Axborot xavfsizligini boshqarish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
bakalavrlar tayyorlash o‘quv rejasida “Raqamli qurilmalarda
axborotni dasturiy
himoyalari” fani maxsus fanlar tarkibiga kiritilgan.
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti - “5220400 –
Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash
mazmuni va saviyasining majburiy minimumiga bo‘lgan
talablarga muvofiq
tuzilgan.
“Raqamli qurilmalarda axborotni dasturiy himoyalari” fanining maqsadi
raqamli qurilmalarda saqlanadigan va uzatiladigan
axborotni ruxsatsiz kirish,
o‘zgartirish, xatolar va yo‘q qilishdan himoya qilish usullari va vositalarini tadqiq
qilishdir.
Fanning vazifalariga quyidagilar kiradi:
axborotlarni himoya qilishda raqamli qurilmalarning tutgan o‘rni va qo‘llash
sohalari;
axborotni kriptografik himoya qilish usullarini tadqiq qilish;
foydalanuvchi autentifikatsiyasi va turli darajadagi kirishga asoslangan
axborotga kirishni boshqarish tizimlarini o‘rganish,
sozlash va amaliyotga
tatbiq qilish.
viruslar, qurtlar, troyanlar, fishing va boshqalar
kabi zararli hujumlardan
ma’lumotlarni himoya qilish usullarini tadqiq qilish va ularga qarshi
kurashishda apparat va dasturiy ta’minotlardan foydalanish ko‘nikmalarini
hosil qilish;
axborotni tasodifiy va qasddan oqib chiqishdan
himoya qilish mexanizmlari
va vositalari bilan tanishish hamda amalyotda qo‘llash;
tarmoq ilovalarida axborot xavfsizligi usullarini tadqiq qilish;
mobil qurilmalar va bulutli xizmatlarda axborot xavfsizligi vositalari rolini
o‘rganish;
zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida
axborot xavfsizligi
tizimlarini baholash va sinovdan o‘tkazish;
12
axborot xavfsizligiga yangi tahdidlarni tadqiq qilish va tahlil qilish va ulardan
himoyalanish usullarini o‘zlashtirish.
Umuman olganda “Raqamli qurilmalarda axborotni dasturiy himoya qilish”
fanining maqsad va vazifalari raqamli qurilmalarda axborotni saqlash,
uzatish va
qayta ishlashning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.