|
Amaliyotga biriktirilgan ta’lim muassasasi bilan tanishuv
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 17,27 Mb. | | #247790 |
Bog'liq Esirgapova Yulduz Shukurjon qizi amaliyot
Nizomiy nomidagj TDPU O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining 402-guruh talabasi
Esirgapova Yulduzning 4- kurs o‘quv amaliyoti hisoboti
Amaliyot rahbari: M.Omonova
Amaliyotga biriktirilgan ta’lim muassasasi bilan tanishuv:
Men amaliyotchi talaba sifatida menga biriktirilgan Toshkent viloyati Zangiota tumani 5-sonli maktabida amaliyotni o‘tadim. Amaliyotga kirishishdan avval maktab atrof muhiti va amaliyot rahbari bilan tanishib chiqdim. Rahbariyat bilan barcha amalga oshiriladigan masalalar o‘rganildi. Birinchi kundan boshlab o‘qituvchilarning dars kuzatuv jarayonlariga kirib, darslarning tahlilini yuritishni boshladim.
Amaliyotga biriktirilgan ta’lim muassasasi ichki-tartib qoidalari bilan tanishuv:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim 402-guruh talabasi 5-sonli maktab rahbari va ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 28-maydagi 131-sonli buyrug‘i “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining 2022-2023-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja”si bilan tanishdim. O‘quv reja asosida tuzilgan dars jadvalini o‘rganib chiqdim. Talabalar tomonidan maktabning o‘quv me’yoriy hujjatlari (namunaviy reja, kalendar-tematik reja) bilan tanishdim. Hujjatlardan nusxalar olindi. Maktab sinf xonalarining gigiyenik talablari, qisqacha qoralama (konspekt) va chizmalar tayyorlash bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorladim.
Malakaviy o‘quv amaliyot davomida o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan tanishuv:
Men maktab direktori, o‘quv va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining yillik ish rejalari bilan tanishdim. Tahliliy ma’lumotnoma tayyorladim. Ona tili va adabiyoti fan o‘qituvchilari hamda uslubiy birlashmasining yig‘ma jildi hamda hujjatlari bilan tanishdim. Ona tili va adabiyot sinfxonasidagi o‘quv jihozlari, darslarda foydalanadigan o‘quv vositalarini o‘rgandim hamda tahliliy ma’lumotnomalar tayyorladim. O‘qituvchilar tomonidan menga o‘quvchilarni baholash tartibi hamda elektron jurnalni yuritish to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Malakaviy o‘quv amaliyot davomida tadbirlarning tashkil etilishida talabaning ishtiroki:
- 1.Toshkent viloyati Chinoz tumani
- 28-maktabda o‘tkazilgan barcha tadbirlarda faol qatnashishga harakat qildim.Har yili nishonlanadigan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Ushbu maktabda ham amaliyotchi talaba ham o‘zbek tili fani o‘qituvchisi sifatida 8-mart bayramiga bag‘ishlangan go‘zal tadbir ishtirokchisiga aylandim va boshqa o‘qituvchilar singari sovg‘alar bilan taqdirlandim.
9-may “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda ham faol qatnashdim. Ta’lim muassasida har doim o‘tadigan tadbirlar doimo yaxshi kayfiyatda o‘tdi.
Sport musobaqasi
Maktab o‘qituvchilarini sportga yanada qiziqtirish va madaniy hordiq sifatida Toshkent viloyati Chinoz tumani 2-maktabda tashkil etilgan “Sport-sog‘lik garovi” shiori ostida musobaqa bo‘lib o‘tdi.Ushbu musobaqada faol ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egalladik.
Men amaliyotning 4+2 o‘quv amaliyoti davomida haftaning payshanba va juma kunlari o‘qituvchilarning dars kuzatish jarayoniga kirdim.Qolgan dushanba, seshanba, chorshanba va shanba kunlari o‘zim maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayotganim sababli ona tili va adabiyot fanlaridan dars berdim. Hozirda men 6-8-sinflarga ona tili va adabiyot fanidan dars berib kelmoqdaman. Bizga yozish uchun berilgan “Dars tahlili daftari” va “Kundalik daftari” dars jarayonini kuzatish davomida yozib bordim.
Dars kuzatish jarayonida yilning sentabr oyidan boshlab aprel oyigacha 4+2 amaliyot rejasi davomida payshanba va juma kunlari faol qatnashdim.
Dars o‘tish jarayonidan lavhalar:
Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbirni mustaqil ravishda, 8-sinflar o‘rtasida tashkillashtirdim:
E’tboringiz uchun rahmat!
|
| |