2-MAVZU. RAQAMLI QURILMALAR VA STANDARTLAR Reja: 1. Raqamli sxemalarni loyihalash.
2. Raqamli sxemalarni modellash va tahlillash standartlari: IEEE 754,
ASCII, Unicode. 3. Sodda sxemalarni loyihalash. Kalit so‘zlar: loyihalash, Hardware Description Language (HDL), VHDL - Very high speed integrated circuits VHSIC HDL, IEEE 1076 standarti, VHDL AMS (Analog Mixed Signal), IEEE 1364 standarti, CALS, EDA, ECAD, IEEE 754 (IEC 60559), ASCII, UTF, UTF-16, UTF-32. 1. Raqamli sxemalarni loyihalash. Loyihalash jarayoni tadqiqot, hisoblash va loyihalash ishlari majmuasini
amalga oshirish asosida obyektning dastlabki tavsifini olish va yakuniy tavsifga
aylantirishdan iborat bo‘lib, unga muvofiq obyektni ishlab chiqarish mumkin.
Loyihalashda muammoni qismlarga bo‘lish imkonini beruvchi va ular orasidagi
o‘zaro munosabatlarni ko‘rsatadigan rasmiy sxemalar, qismlar uchun texnik
shartlar (TSh) bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak. Asosiy maqsad obyekt uchun bir-
biridan mustaqil, muammoning barcha tomonlarini qamrab oladigan va ko‘p
bo‘lmagan funksiyalar to‘plamini aniqlashdir. Raqamli sxemalarni loyihalash,
simulyatsiya qilish va tahlil qilish zamonaviy elektronikaning muhim sohasi
hisoblanadi.
Loyihalashda
ishlab
chiqilgan
standartlardan
foydalanib,
ma’lumotlarning qayta ishlanishi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida
bajarilishi zarur.
Elektron qurilmalarni loyihalashtirishga tizimli yondashish ularning
murakkablashishi bilan o‘rganish tartib-qoidalari rasmiylashtirilishi kerak, ya’ni
qurilma qismlarini o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, ma’lum bir maqsadda har
qanday murakkab qurilmalarni soddalashtirish (jarayonlarni standartlashtirish)
zarur bo’ladi. Tizimli yondashuv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• bir butun sifatida loyihalashtirilgan tizimning chegaralarini belgilash;
• tizim strukturasini aniqlash, turlarga ajratib, atributlarni (xususiyatlar va
17
parametrlarni) aniqlash;
• tizimning maqsadlarini, ishlash sifati mezonlarini va hisoblash usullarini
aniqlash;
• tizimni tarkibiy qismlarga yoki quyi tizimlarga parchalash;
• tizim qismlarini, ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ko‘rib
chiqish;
• tizimni barcha talab qilinadigan jihatlarda o‘rganish, tashqi muhit ta’sirini
tahlil qilish.