18
1.1-rasm. Juda yuqori tezlikli integral mikrosxemalar tavsifi tili (VHDL).
IEEE 1364 standarti Verilog HDL (Verilog
Hardware Description
Language) apparat tavsif tilini belgilab, VHDL ga o‘xshash raqamli sxemalarning
elementlari tavsifini beradi.
Ochiq dizayn arxitekturasi (ODA) standarti esa raqamli elektron dizayn va
simulyatsiya vositalari o‘rtasida ma’lumot almashish uchun fayl formatlari va
protokollarini belgilaydi. Bundan tashqari Xilinx ISE, Altera Quartus II, Cadence,
Mentor Graphics kabi raqamli sxemalari loyihalash dasturlari raqamli sxemalarni
modellashtirish, sintez qilish, tahlil qilish va sinovdan o‘tkazishda foydalaniladi.
Ushbu standartlar va vositalar yuqori samaradorlik bilan murakkab raqamli
sxemalarni
loyihalash, simulyatsiya qilish va tahlil qilish imkonini beradi. Ular
raqamli qurilmalari ekspluatatsiyasida yuqori sifati va ishonchliliki ta’minlashga
imkon beradi.
Raqamli sxemalarni loyihalash, modellash va tahlillashda ko‘p ishlatiladigan
terminlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
CALS (Continuous Acquisition and Life cycle Support) – mahsulotning
hayot siklini doimiy axborot bilan ta’minlash.
EDA (Electronic Design Automation) – elektron
qurilmalarni kompyuter
19
yordamida loyihalash.
ECAD (Electronic Computer Aided Design) – elektron qurilmalarni
kompyuter yordamida loyihalash.
CAD (Computer Aided Design) – avtomatlashtirilgan loyihalash.
CAM (Computer Aided Manufacturing) – texnologiyani
avtomatlashtirish
(avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni tayyorlash).
CAE (Computer Aided Engineering) – muhandislik hisob-kitoblar.
PLM (Product Life Management) – mahsulotning hayot siklini boshqarish.
PDM (Product Data Management) – mahsulot ma’lumotlarini boshqarish.
ERP (Enterprise Resource Planning) – korxona resurslarini boshqarish.
ILM (Information Life Cycle Manegement) – axborotning (ma’lumot) hayot
aylanishini boshqarish.
1884-yilda Amerika elektrotexnika muhandislari instituti etib tashkil etilgan
va Elektr va elektronika muhandislari institutiga (IEEE The Institute of Electrical
and Electronics Engineers) aylantilgan jamiyat elektr, elektron va hisoblash ilm-fan
va texnologiyalar sohasida standartlar ishlab chiqadi.