• 6-MAVZU. BIOS DARAJASIDA MA’LUMOTNI HIMOYA QILISH USULLARI: IDEALOGIYA VA YONDASHUVLAR Reja: 1.
  • Mavzu yuzasidan nazorat savollari




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/87
    Sana29.11.2023
    Hajmi5,25 Mb.
    #107440
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87
    Bog'liq
    Raqamli qurilmalarda axborotning dasturiy himoyalari qo\'llanma

    Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
    1. Dinamik tasodifiy kirish xotirasi (DRAM) deb nimaga aytiladi? 
    2. Shaxsiy kompyuterlarda qo'llaniladigan eng mashhur xotira qurilmalari? 
    3. Fon Neyman arxitekturasi nimani anglatadi? 
    4. Haqiqiy rejimda xotira qanday bo'limlarga bo'linadi? 
     
     


    41 
    6-MAVZU. BIOS DARAJASIDA MA’LUMOTNI HIMOYA QILISH 
    USULLARI: IDEALOGIYA VA YONDASHUVLAR 
    Reja: 
    1. BIOS tushunchasi. 
    2. BIOS darajasida ma'lumotni himoya qilish.
    Kalit so‘zlar: BIOS, PCI, American Megatrends (AMI), Award Software, 
    Phoenix Technologies, Everest, Sandra. 
    1. BIOS tushunchasi. 
    BIOS (Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, 
    motherboard(materinskaya plata)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning 
    vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar 
    kompyuter yoqilganda dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini 
    tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga (dasturiga) o‘z ishini beradi 
    (NTLDR, bootmgr). Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning 
    chiqishi, ROM (Read Only Memory) xotirada yozilgan BIOS’ning ishi. 
    BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi: 

    kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga 
    keltirish; 

    kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi (POST-
    test “Power On Self Test”); 

    kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi; 

    tizim resurslarini taqsimlaydi; 

    PCI (Peripheral Component Interconnect) qurilmalarini ro‘yxatdan 
    o‘tkazish va sozlash; 

    operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr); 

    qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi; 

    elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga 


    42 
    o‘tkazish. 
    BIOS’ni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning 
    uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim.
    Har xil turdagi asosiy platalar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning 
    uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil.
    Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib 
    bormoqda. Bu esa qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. 
    BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi: 

    American Megatrends (AMI); 

    Award Software; 

    Phoenix Technologies. 
    BIOS turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan 
    tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi 
    lozim. 
    BIOS’ versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operatsion tizim orqali 
    quyidagicha ko‘rish mumkin: 
    Pusk -> Vipolnit -> msinfo32 
    Bundan tashqari, Everest, Sandra, siw kabi utilitalar orqali ham 
    kompyuteringizga o‘rnatilgan BIOS haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi. 
    Hozirgi vaqtda BIOS katta hajmdagi ma'lumotlarni taqdim etadi, ko'p 
    hollarda operatsion tizimning o'zida topilmaydigan ma'lumotlar.

    Download 5,25 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish