20
ko‘paytirish kerakligini ko‘rsatadi. Eksponensial belgi quyidagi ko‘rinishda
ifodalanadi:
N = M*n
p
, bu yerda mantis
M.
Masalan, 3600 raqamni olish va uni eksponensial belgida ko‘rsatish
mumkin. Ya’ni: 3600 = 3,6*10
3
, mantis 3.6 raqami bo‘ladi.
ASCII (American Standard Code for Information Interchange)
ma’lumotlarni qayta ishlash uchun birinchi asosiy belgilar kodlash standarti 1969-
yilda qabul qilingan bo‘lib, raqamli qurilmalarda keng qo‘llaniladi.
Zamonaviy kompyuter tizimlari
Unicode (Unicode
Worldwide Character
Standard) dan foydalanadi, sharh so‘rovi (RFC) hujjati internet ma’lumotlari uchun
ASCII dan foydalanishni standartlashtirilgan. ASCII standartining ma’lumotlar
almashinuvi uchun belgilari ishlab chiquvchilarga foydalanuvchi va kompyuterlar
tushunadigan interfeysni loyihalash imkonini beradi. U ma’lumotlar qatorini
o‘qilish mumkin bo‘lgan oddiy matn va kompyuterlar uchun ma’lumotlar sifatida
talqin qilinishi va ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ASCII belgilar sifatida kodlaydi.
ASCII belgilar kodlaridan foydalanib, bitta bitni o‘zgartirish matnni katta harfdan
kichik harfga osongina o‘zgartiradi.
Kompyuterda odamlar tushunadigan
matn va raqamlarni saqlash
imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, belgilarni sonlarga aylantiradigan kod bo‘lishi
kerak. Unicode standarti bunday kod belgilarini kodlash yordamida belgilaydi.
Belgilarning kodlash sababi har bir qurilma bir xil ma’lumotlarni namoyish qilishi
mumkin. Maxsus belgilar kodlash sxemasi bir kompyuterda muammosiz ishlashi
mumkin, ammo o‘sha matnni boshqasiga yuborilganda muammolar paydo bo‘ladi.
Unicode ning maqsadi barcha turdagi kodlash
sxemalarini birlashtirish, ya’ni
kompyuterlar o‘rtasidagi chalkashlik imkon qadar cheklangan bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda Unicode standarti 128000 dan ortiq belgilarni aniqlaydi va
Unicode Consortium da bir nechta belgi kodlash shakllari mavjud:
•
UTF 8 (Unicode Transformation Unit) Unikod o‘zgartirish birligi 8 –
ingliz belgilarni kodlash uchun faqat bitta baytni (8 bit) ishlatadi. Boshqa belgilarni
kodlash uchun baytlarning ketma-ketligini ishlatishi mumkin. UTF-8
elektron
21
pochta tizimlarida va internetda keng qo‘llaniladi.
•
UTF-16 – eng ko‘p ishlatiladigan belgilarni kodlash uchun ikkita baytni
(16 bit) ishlatadi. Agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha belgilar 16
bitlik juftlik bilan
ifodalanishi mumkin.
•
UTF-32 – belgilarni kodlash uchun to‘rtta baytni (32 bit) ishlatadi.
Unicode standarti o‘sib ulg‘ayganligi sababli, 16 bitli raqam barcha belgilarni aks
ettirish uchun juda kichik. UTF-32 har bir Unicode belgilarini bitta raqam sifatida
ko‘rsatishga qodir.