|
Texnologiya ta’limi mashg‘ulotlarini o’zaro va boshqa fanlar bilan bog’lab o’tish haqida uslubiy tavsiyalar
|
bet | 1/2 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 18,54 Kb. | | #252369 |
Bog'liq R. Eshonovdan FarDU ga 2-maqola
TEXNOLOGIYA TA’LIMI MASHG‘ULOTLARINI O’ZARO VA BOSHQA FANLAR BILAN BOG’LAB O’TISH HAQIDA USLUBIY TAVSIYALAR
N.V.Nosirov - Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti o’qituvchisi
Sh.S.Ismoilova - Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti BM yo’nalishi 1421-guruh talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqola umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarga texnologik ta’lim mashg‘ulotlarida fanlararo bilim berishning holati va pedagogik asoslari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: dasturiy vositalar, texnologiya, transformatsiya, raqamli texnologiyalar, audiovizual, axborot texnologiyalari, dadaktik vositalar, hunarmandchilik.
Har bir mavzu mazmunini yoritishda uning mohiyatini o‗quvchilar tomonidan chuqur, ilmiy asoslangan holda tasavvur etishlari, vaqtdan unumli foydalanish, nazariy bilimlarini amalda, hayotga va ishlab chiqarishga qo‗llash imkoniyatlarini keng yoritish, ularning politexnik tushunchalarini kengaytirish maqsadida o‗qituvchi tomonidan tuziladi hamda u kalendar mavzuli rejada o‗z ifodasini topadi. Tabiiy ilmiy turkumdagi fanlarning o‗zaro bog‗liqlik rejasi. Bu hujjatda mexnat ta‘limi, fizika, matematika, kimyo, chizmachilik va boshqa fanlarning o‗zaro bog‗lanishi ochib beriladi. Mavzu o‗rganishga kirishilganda o‗quv materialining fizika, matematika, kimyo, chizmachilik va hakozo fanlardan o‗quvchilar olgan bilimini etkazishga xarakat qilmaydi. O‗qituvchi suxbat o‗tkazish yo‗li bilan o‗quvchilarning bu soxadagi bilimlarini qanday o‗rganganliklarini aniqlaydi va ana shu fanlardan olgan bilimlar asosida ularga ishlov berilayotgan metallarning tuzilishi va kirish jarayonini tushuntirib boriladi. Tabiiy-ilmiy turkumdagi fanlar Mehnat ta‘limi Fizika Matematika Kimyo CHizmach ilik Kesish jarayoni va kesuvchi asbob, uning geometriyasi: qirqindi hosil bo‗lish jarayoni to‗g‗risidagi umumiy tushuncha, kesish chukur-ligi, surish va kesish tezligi, asboblarning chidamliligi. Kesuvchi asboblarning turlari, parmalar, kesgichlar, frezalar, dastarralar va h.k Qattiq jismlarning xossalari (qirqish qattiqroq jismning uncha qattiq bo‗lmagan jismga botishi, pona. Kuch, massa va tezlanishi, ishqalanish ish va issiqlik) To‗g‗ri chiziq va tekisliklarning fazodagi paralelligi, ko‗p yoqli burchaklarnin g xossalari Eritmalar emulsiyalar, mineral moylar va hayfon yog‗lari, surib sovitish moddalari Qirqimlarda kesimlar 20 TEXNOLOGIYA VA RASM Mehnat darclarda rasmlarning tutgan o‗rni nihoyat kattadir,chunki birorta detal yoki buyumni yasashdan avval uning rasmi yoki eskizi chiziladi va o‗kuvchilarga ko‗rsatiladi. O‗quvchilar ham ana shu rasmlarni daftariga ko‗chirib chizib oladilar.O‗quvchilar ana shu rasmlar orqali o‗sha detal yoki buyum to‗g‗risida tasavvur hosil kiladilar.Ko‗rinib turibdiki, bu erda o‗quvchilarda har xil rasmlar chizish malakasi ham shakllana boradi. Lekin tajribalardan ma‘lumki, rasm chizish oson ish emas. Ko‗pgina o‗quvchilar racm chizishga oid etarli ma‘lumot va malakaga ega bo‗lmaganliklaridan bu ishni bajarishda qiyinchiliklarga duch keladilar. SHu sababli o‗qituvchi mehnat darslarda o‗quvchilarga buyumlarning texnik rasmi, eskizi, yaqqol tasviri, perespektiva, rasmlarni chizishdagi ish ketmaketligi shuningdek, ranglarni farqlash, ularni mutanosib joylashtirish va shu kabilar hakida ham tushuncha berib borishga to‗g‗ri keladi. TEXNOLOGIYA VA MATEMATIKA Mehnat ta‘limi darslarida o‗quvchilarga to‗g‗ri burchak, perpendikulyar va parallel chiziqlar, to‗g‗ri burchakli uchburchak va to‗g‗ri to‗rtburchak kabi shakllarni hosil qilishga oid tushunchalar zarur bo‗ladi. Bulardan tashqari, o‗quvchilar mehnat darslarida simmetriya o‗qi, shakllarni simmetrik chizish, aylana, urinmalar o‗tkazish chizg‗ich, go‗nya, transportir, burchak o‗lchagich, sirkul kabi turli asboblar yordamida detal yoki buyumlarning burchaklarini, yoy markazlarini, to‗g‗ri va egri chiziqli boshqa o‗lchamlarini aniqlashlariga to‗g‗ri keladi. Bunday paytlarda geometriyaga oid bo‗lgan ilmlar zarur bo‗ladi. Binobarin, maktab geometriya kursida chizish va o‗lchash qurollaridan foydalanish, yuzalarni almashtirish kabi ishlarni bajarishda katta imkoniyatlar bor. Vazifa shulardan mehnat darslarida o‗rinli foydalanishdan iborat. SHuningdek, berilgan buyumlarning uzunligi, eni, balandliga, yuzasi, hajmi kabi turli o‗lchamlarni aniqlash, qancha material vaqt sarf bo‗lishini hisoblash kabi ishlarni bajarishda esa arifmetikaga oid bilimlar zarurdir. 21 TEXNOLOGIYA VA JISMONIY TARBIYA Ma‘lumki, mehnat ta‘limi darslarining asosiy qismi amaliy mashg‗ulotlardan iborat. SHu sababli o‗kuvchilarning amaliy mashgulotlarda charchab qolmasliklari ko‗p jihatdan ularning jismoniy chiniqishlariga bog‗liqdir. Bundan mehnat va jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarini o‗zaro muvofiqlashtirish zarur degan oqilona xulosa kelib chiqadi. Binobarin, yoshlarni jismoniy tarbiyalash bilan ularni mehnatga tayyorlashning o‗zaro kompleks bog‗langan masalasi hal etiladi, ya‘ni unda shaxsning mehnat faoliyati uchun zarur bo‗lgan professional jismoniy xususiyatlari, harakat malakalari, ahlokiy-irodaviy va sotsial sifatlari shakllanadi. Xususan arralash, randalash ishlarini gimnastika, bolg‗alash ishlarini boks, chamalash ishlarini mo‗ljalga olish kabi mashg‗ulotlarga muvofiqlashtirish mumkin. SHuni alohida ta‘kidlab o‗tish o‗rinliki, agar jismoniy tarbiya mashqlari 4-sinflardgi mexnat ta‘limi darslariga umumiy tarzda bog‗lansa, keyinchalik esa yukori sinflarda bu bog‗lanishlar o‗rganiladigan muayyan ixtisosliklar: masalan, duradgor, tokar, elektr payvandchi, suvoqchi, g‗isht teruvchi, slesar santexnik kabi kasblarga bevosita moslashtirish kiyin emas. TEXNOLOGIYA VA ADABIYOT Ma‘lumki, mehnat ta‘limi darslarida adabiyot fanining bog‗glanishi sezilarli darajada namoyon bo‗ladi. CHunki adabiy asarlarda mehnat tarbiyasi va mehnatsevarlik g‗oyalari ufurib turadi. Mehnat ta‘limi darslarida bulardan omilkorlik bilan foydalanish, zarur parchalarni o‗qib berish kerak. SHuningdek, mashhur shoirlar o‗tmishda ustalar tomonidan yasalgan ajoyib moslamalardan foydalanganliklarini ham eslatib o‗tish mumkin. Masalan, o‗kuvchilarga kitob qo‗yib o‗qish uchun mo‗ljallangan lavh haqida ma‘lumot berish bilan bevosita Nizomiy, Al-Xorazmiy, Abduraxmon Jomiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Muqimiy, Furqat kabi allomalarimizning ijodiy faoliyatlariga to‗xtalib, ular mana shu moslamadan, ya‘ni lavhdan foydalanib kitob mutoala qilganliklarini aytib o‗tish o‗rinlidir. SHoir Hisrav esa, mashhur shoir bo‗lish bilan birga mohir duradgor usta bo‗lganligini eslatib o‗tish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bulardan tashqari, nazariy va amaliy darslarda o‗lchov olishlarini 22 xalk og‗zaki ijodi bilan bog‗lash ham mumkin. Bu o‗rinda quyidagi xalq maqollarini keltirish o‗rinlidir: "Etti o‗lchab bir kes", "Rejasiz ish-qolipsiz g‗isht", "Sanamay sakkiz dema" va boshqalar. Mehnat ta‘limi muallimlari o‗z darslarida mehnat, mehnatkash insonlar tug‗risidagi badiiy asarlar o‗quvchilarga tavsiya qilishlari natijalarni tekshirib borishlari orqali ulardan mehnatga muhabbat, hurmat tuyg‗ularini o‗stirish, mehnatga ongli munosabatda bo‗lish, ijodkorlikka intilish kabi xislatlar tarkib topishiga yordam berishlari darkor. TEXNOLOGIYA VA ONA TILI Xayotda nutq va tilning ahamiyati nihoyatda muhimdir. Hammamizga ma‘lumki, sobiq Sovet Ittifoki davrida o‗zbek tiliga, atamalarga, tilning lug‗at, boyligiga e‘tibor susaydi. 1989 yilda O‗zbekiston Respublikasining "Davlat tili to‗g‗risida" Qonunning qabul qilinishi mehnat ta‘limini o‗qitish ishlariga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Mavzularni bayon qilishda ona tiliga mos holda ayrim atamalarning o‗zbekcha shaklini ko‗rsatish lozim. Jumladan, verstakni-dastgox, remontni-ta‘mir, slesarni-chilangar, lineykani-jazbar, xolodilnikni-sovutgich kabi o‗nlab atamalarni misol qilib keltirish mumkin. SHular qatorida ayrim so‗z va atamalar borki, ularni o‗zbekchalashtirish mumkin emas, chunki ular ifodalangan narsa va bular ilgari bizda ishlatilmagan, shuning uchun o‗sha so‗zlarni o‗zgarishsiz qo‗llam lozim bo‗ladi. Bunday so‗zlarga sirkul, tiski, otvyortka, rezba, rezina, montaj, plastmassa, agregat, seyalka, borona, voltmetr, ampermetr, radio, lampa, diod, zubilo, shtangensirkul, transportir, stanok kabi atamalarni misol kilib ko‗rsatish mumkin. SHuningdek, ona tili darslarida ayrim mavzularni o‗rgatish jarayonda kasbhunarga oid misollarni qo‗llash orqali ham fanlarni bir-biriga bog‗lash mumkin. Jumladan, "Kasb-hunar so‗zlari" mavzusi o‗rganilayotganda duradgorlik, tikuvchilik, to‗kuvchilik, pazandachilik va boshqa kasblarga doir atama va so‗zlardan keng foydalanish, ularni o‗kuvchilarning o‗zlariga topshirish, uydan yozib kelish uchun vazifa qilib berish mumkin. Bunday ishlar orqali o‗quvchilar har xil kasb-hunarlar bilan tanishadilar, ulardan shu kasb-hunarga ma‘lum darajada qiziqish va ishtiyoq uyg‗onadi. 23 TEXNOLOGIYA VA TARIX Ko‗hna va navqiron o‗lkamiz ko‗p ming yillik tarixga, madaniy merosga ega. O‗lkamizda xalq hunarmandchiligi, naqqoshlik, me‘morchilik kabi o‗nlab noyob kasblar ravnaq topgan. Qo‗li gul ustalar tomonidan ajoyib buyumlar yasalgan, muhtasham binolar qurilgan. Ularning ishlarini fidoiy shogirdlar davom ettirib kelganlar, shuning uchun biz moziyga, o‗tmishimizga nazar tashlamasdan turib, hozirgi hayotimizni, kelajakdagi turmushini gullatib yashnata olmaymiz. Zero Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‗anievich Karimov ham "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q"deb bejiz aytmagan. Barkamol avlodni tarbiyalashda tarix fani maktabdagi mehnat ta‘limi darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. O‗quvchilarni hunarga, xususan xalq hunarmandchiligiga qiziqtirishda tarixdagi qurilish, binolarning ustalari, mohir qo‗llar, zargarlar, duradgorlar, temirchilarning qilgan ishlari bilan tanishtirish mumkin. Hozirgi kunda xalq amaliy sanatiga, hunarmandchiligiga e‘tibor kun sayin ortib bormoqda. Masalan, xozir ko‗pchilik maktablarda xontaxta, eshik, rom, darvoza, so‗ri, sandal, beshik, sandiq, milliy kursi kabi buyumlarni tayyorlash ishlari o‗kuvchiga dars mobaynida o‗rgatib borilmokda. Bularning hammasi tariximizga, milliy qadriyatlarimizga bo‗lgan e‘tiborning bir ko‗rinishidir. Bulardan tashqari, mehnat darslarida maktabdagi yoki tumanlardagi o‗lkashunoslik muzeylariga ayrim buyumlarning namunalarini yasab berish orqali ham o‗quvchilarga tarixiy ma‘lumotlar hamda tushunchalar berish, ulardan o‗tish ajdodlarimizning san‘at va ustachiligidan zavqlanish, faxrlanish hissini tarbiyalash mumkin. TEXNOLOGIYA VA EKOLOGIYA Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida ish asboblari va xom ashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish kun tartibidagi asosiy talablardan bo‗lib qoldi. Amaliy mashg‗ulotlarda xom ashyolardan va asbob-uskunalardan tejamsiz, palapartish foydalanish pirovard oqibatda ekologiya muammosiga kelib taqaladi. SHuning uchun o‗quvchilarga yog‗och, metall, plastmassa kabi materiallarni berayotganda nima uchun bu xom ashyolarni tejamkorlik bilan ishlatish zarurligini aytib o‗tish lozim. 24 Ularga bu narsalarning uzoq davrlar mobaynida va qanday yo‗llar bilan vujudga kelishini hamda tabiatga qanchalik ta‘sir ko‗rsatkichi yoki bog‗liqligini gapirib o‗tish mumkin. YUqorida aytilgan fikrlar mehnat talimidagi fanlararo uzviy bog‗lanishlar ta‘lim samaradorligini oshirishdagi muhim omil ekanligini ko‗rsatadi. Bilamizki, bitta darsni birdaniga hamma fanlar bilan bog‗lab o‗tib bo‗lmaydi, balki o‗rganiladigan mavzuga mos keluvchi tushuncha va ma‘lumotlarni tanlab olib, zarur paytda ulardan foydalaniladi. SHuningdek, mehnat darslarida boshqa fanlar, jumladan chet tili, iqtisod kabi fanlardagi tushunchalardan ham keng foydalanish mumkin. Hozirgi kundalik turmushning barcha javoblarida, fizika, texnika va boshqa tabiiy fanlarning integratsiyasi jarayonlari keng qo‗llanilib kelinmoqda. SHuning uchun xam bo‗lajak mutaxassis o‗quvchilar, maktabda umumta‘lim predmetlari bo‗yicha keng integrativ bilimlar bilan qurollangan bo‗lishlari lozim. Bunda o‗qituvchi maqsadga yo‗naltirilgan, uslubiy va ilmiy asoslangan va o‗quv materiallarining mazmuni, mohiyati bo‗yicha maqsadga muvofiq integragiv materiallarni tanlashning prinsiplarini bilishi zarur. Binobarin, o‗qituvchi nafaqat dasturdagi mavzularga oid integrativ materiallarni yig‗ishi, balki uni tizimlashtirishi, ular bilan o‗quvchilarni darsda va darsdan tashqari mashg‗ulotlarda tanishtirish maqsadida zaruriy metodlarni izlab topishi lozim.
Texnologiya Fizika Kimyo
|
Texnologiya Fizika Kimyo
|
Texnologiya Fizika Kimyo
|
Yog`ochning kimyoviy va texnologik xossalari
|
Elastiklik kuchi (deformatsiya)
|
Modda va uning xossalari. Organik moddalar
|
YOg‗ochga ishlov berishda qo‗l asboblaridan foydalanish texnologiyasi
|
Ishqalanish kuchi. Bosim
|
Modda va uning xossalari
|
Kauchuk to‗g‗risida umumiy ma‘lumotlar. Polimerlar va metallarning birikmalardan hosil bo‗lgan konstruksiyalar
|
Deformatsiya. Temperatura
|
Kislotalar
|
Ta‘mirlashda qo‗llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari. SHahar va qishloqlarda suv, gaz, elektr energiya va issiqlik ta‘minoti tizimi, undan foydalanish
|
Tok kuchi. Kuchlanish
|
Moddalarning toifalanishi, bo‗linishi
|
Go‗sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, ahamiyati, ularning sifatiga bo‗lgan talablar
|
Temperatura
|
Moddalarni toifalanishi
|
Kimyoviy tolalarni olinishi. Kimyoviy tolalarning xossalari
|
Temperatura. Deformatsiya
|
Ishqorlar. Kislotalar
|
|
|
|
|
| |