• Payvandlash transformatorlari
  • 29-rasm. Reaktiv katushkali payvandlash transformatorlari
  • Kuchlanish transformatorlari.
  • Reja: Payvandlash transformatorlari Tok va kuchlanish transformatorlari Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash Payvandlash transformatorining tuzilishi va ishlatilishi




    Download 17,48 Kb.
    bet1/3
    Sana12.01.2024
    Hajmi17,48 Kb.
    #135652
      1   2   3
    Bog'liq
    Reja Payvandlash transformatorlari Tok va kuchlanish transforma-fayllar.org (1)


    Reja: Payvandlash transformatorlari Tok va kuchlanish transformatorlari Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash Payvandlash transformatorining tuzilishi va ishlatilishi


    REJA:

    1. Payvandlash transformatorlari


    2. Tok va kuchlanish transformatorlari


    3. Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlar


    4. Transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash


    5. Payvandlash transformatorining tuzilishi va ishlatilishi.



    Payvandlash transformatorlari
    Payvandalash transformatorlari bir fazali pasaytiruvchi transformatorga o‘xshash bo‘lib, ikkilamchi cho‘lg‘aminnig kuchlanishi U2=6070Vni tashkil qiladi, bu kuchlanish payvandlash elektrodlari orasida elektr yoyining to‘liq yonishini taominlaydi. Payvandlash transformatori nominal yuklamagacha yuklanganda ikkilamchi cho‘lg‘amining kuchlanishi 30V gacha kamayishi mumkin. Payvandlash transformatori uchun qisqa tutashuv rejimi normal rejim bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun bu transformatorning tashqi tavsifi keskin pasayuvchi xarakterga ega.

    Payvandlash transformatorining cho‘lg‘amlarining induktivligi katta bo‘lganligi sababli ularning quvvat koeffitsiyenti sos   0.4 yoki 0.5 ga teng bo‘ladi.



    29-rasm. Reaktiv katushkali payvandlash
    transformatorlari
    Ishlab chiqarish korxonalarida cho‘lg‘amlarining induktivligi magnit o‘zakning ustki to‘sin bilan ustunlari orasidagi havo bo‘shlig‘ining kattaligiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchan reaktiv katushkali payvandlash transformatorlari (29-rasm) keng qo‘llaniladi. Yakka tartibda payvandlash uchun quvvati 30 kVA gacha va avtomatik payvandlash uchun quvvati 100 kVA va undan katta bo‘lgan payvandlash transformatorlari qo‘llaniladi.

    Kuchlanish transformatorlari.
    Kuchlanish transformatori po‘lat o‘zak va ikkita chulg‘amdan iborat kichik quvvatli oddiy transformatordir. Uning o‘ramlar soni ko‘p bo‘lgan birlamchi chulg‘ami (qismalari A—X ga o‘lchanishi lozim bo‘lgan yuqori kuchlanish beriladi. O‘ramlar soni ozgina bo‘lgan ikkilamchi chulg‘amiga ichki qarshiligi katta bo‘lgan o‘lchov priborlari (masalan, voltmetr yoki schyotchiklarning kuchlanish g‘altaklari) parallel ulanadi (27-rasm, a).

    27-rasm.
    Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg‘am zanjiriga ulanadigan o‘lchov priborlarining qarshiliklari katta (masalan, 100 Om va undan ortiq) bo‘lgani uchun bu zanjirda tok juda kichkina bo‘ladi. Demak, kuchlanish transformatori oddiy kuch transformatorining salt ishlash sharoitiga yaqin sharoitda ishlaydi. Kuchlanish transformatorining birlamchi chulg‘amiga turli qiymatli katta kuchlanish berilganda uning ikkklamchi chulg‘amining kuchlanishi bo‘ladi. Demak, kuchlanish transformatori o‘lchanishi lozim bo‘lgan yuqori kuchlanishni 100 V gacha kamaytirib berar ekan. Kuchlanish transformatorida tok qiymati juda kichkina bo‘lgani uchun uning chulg‘amlari qarshiligida kuchlanish pasayishini eʼtiborga olmasa ham bo‘ladi. Bunda: va bo‘ladi. Kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:

    Transformatsiya koeffitsiyenti transformatorning pasportida ko‘rsatiladi. Ikkilamchi chulg‘amiga 100 V li voltmetr ulanadi. U holda birlamchi (yuqori) kuchlanish quyidagicha aniqlanishi mumkin:

    Kuchlanish transformatori ishlaganda uning chulg‘amlaridan kichkina tok o‘tib turadi. Bu sharoitda va bo‘ladi. Bunday o‘lchashda xatolikka yo‘l qo‘yiladi. O‘lchashdagi nisbiy xatolik quyidagicha aniqlanadi:

    0,5; 1 va 3 aniqlik klassidagi kuchlanish transformatorlari uchun yo‘l qo‘yiladigan xatolik, mos holda 0,5%; 1%; 3% dan oshmasligi lozim. Bundan tashqari, kuchlanish transformatorida burchak xatoligi ham bo‘ladi. Transformator chulg‘amlari qarshiligida kuchlanish pasayishi mavjud bo‘lgani uchun va vektorlar bir fazada bo‘lmaydi (27-rasm, b), ular orasida burchak bo‘ladi. Shu burchak, burchak xatolikni aniqlaydi. 0,5 va 1 aniqlik klassidagi transformatorlar uchun burchak xatolik 20. . 40 min dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Kuchlanish transformatorlari ikkilamchi chulg‘amining nominal quvvati 20...100 VA gacha boradi. Kuchlanish transformatorining yuqori va past kuchlanish chulg‘amlari umumiy o‘zakda joylashadi. Chulg‘amlar izolyasiyasi buzilsa ikkilamchi chulg‘amda yuqori kuchlanish hosil bo‘lishi mumkin, bu xodimlar uchun juda xavflidir. Shuning uchun ikkilamchi chulg‘am qismalaridan biri va transformatorning magnit o‘tkazgichi yerga ulab qo‘yilishi kerak. Odatda, b kV gacha kuchlanishli transformatorlar quruq transformatorlar hisoblanadi, yaʼni ular havo bilan sovitiladi. Undan ortiq kuchlanishda moy bilan sovitiladigan kuchlanish transformatorlari qo‘llaniladi. Kuchlanish transformatorlari ham bir va uch fazali bo‘ladi. Uch fazali transformatorning chulg‘amlari yulduz usulida ulanadi. NOM-b, NOM-10, NTM-1O va hokazo markali kuchlanish transformatorlari ko‘p ishlatiladi. Kuchlanish transformatorlarining birlamchi chulg‘amining kuchlanishi 380 V dan 400 kV gacha bo‘lishi mumkin.



    Download 17,48 Kb.
      1   2   3




    Download 17,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Payvandlash transformatorlari Tok va kuchlanish transformatorlari Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash Payvandlash transformatorining tuzilishi va ishlatilishi

    Download 17,48 Kb.