• Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlar
  • Transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash
  • Reja: Payvandlash transformatorlari Tok va kuchlanish transformatorlari Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash Payvandlash transformatorining tuzilishi va ishlatilishi




    Download 17,48 Kb.
    bet2/3
    Sana12.01.2024
    Hajmi17,48 Kb.
    #135652
    1   2   3
    Bog'liq
    Reja Payvandlash transformatorlari Tok va kuchlanish transforma-fayllar.org (1)
    15mar, 4-kurs TMI, Jumayev B, 13-laboratoriya ishi, ТИББИЙ БИЛИМ МТ, 2 Ma\'ruza oo, SASAS
    Tok transformatorlari.
    Ular tok kuchini o‘lchashda katta toklarni kamaytirish yoki kichkina toklarni ko‘paytirib berish uchun ishlatiladi. Bu transformatorlar magnit o‘zak va ikkita chulg‘amdan iborat. Birlamchi chulg‘ami o‘lchanishi lozim bo‘lgan katta tok zanjiriga ketma-ket ulanadi. Uning o‘ramlari soni kichkina, ko‘pincha, bo‘ladi, qismalari va harfi bilan belgilanadi. Bu chulg‘am ko‘pincha to‘rtburchak qirqimli yo‘g‘on mis simdan o‘raladi. Tok transformatori ikkilamchi chulg‘amining o‘ramlar soni ko‘p bo‘ladi. +ismalari va harflari bilan belgilanadi (28-rasm, a). Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘am zanjiriga ichki qarshiligi kichkina (0,05 Om va undan kichik) bo‘lgan o‘lchov asboblari (masalan, ampermetr, voltmetr va schyotchiklarning tok g‘altaklari) ketma-ket ulanadi. Tok transformatorlarida birlamchi chulg‘am toki 0,1 A dan 10000 A gacha bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi chulg‘amning nominal toki sifatida 5 A tok qabul qilingan.

    28-rasm
    Ikkilamchi chulg‘am zanjiriga ulangan asboblarning qarshiliklari juda kichkina bo‘lgani uchun tok transformatorlari normal sharoitda qisqa tutashish sharoitiga yaqin sharoitda ishlaydi. Ikkilamchi chulg‘am zanjiriga istalgancha ko‘p o‘lchov asboblari ulab bo‘lmaydi, bunda yuklama ko‘payib ketishi natijasida tok transformatorining aniqligi buziladi. Tok transformatorlarida yuklama qarshiligi 0,2 ... 2 Om dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Har bir tok transformatorining pasportida yuklamaning nominal qarshiligi ko‘rsatiladi. Tok transformatorida ikkilamchi chulg‘amning nominal quvvati 5 Vt dan 100 Vt gacha bo‘ladi.
    Tok transformatori ishlaganda uning po‘lat o‘zagida juda kichkina magnit oqimi hosil bo‘ladi, bu oqimni hosil qiladigan magnitlovchi kuch ham kichkina bo‘ladi. Yuklama ulangan tok transformatorining magnitlovchi kuchlar tenglamasi quyidagicha yoziladi:

    juda kichkina bo‘lgani uchun, u eʼtiborga olinmaydi. Unda va magnitlovchi kuchlar o‘zaro muvozanatlashadi, yaʼni:

    Bundan:
    Tok transformatorining transformatsiya koeffitsiyenti:

    Har bir tok transformatori pasportida uning transformatsiya koeffitsiyenti K ko‘rsatiladi. Unda birlamchi chulg‘am toki:

    Demak, ampermetr ko‘rsatayotgan tokni transformatsiya koeffitsiyentiga ko‘paytirib birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan katta tok qiymatini aniqlash mumkin ekan. Ko‘pincha elektr o‘lchov asboblari ulangan zanjir yuqori kuchlanishli zanjirdan tok transformatori vositasida ajratiladi. Birlamchi chulg‘am izolyasiyasi buzilsa, yuqori kuchlanishning ikkilamchi chulg‘am zanjiriga o‘tishi juda xavfli. Shuning uchun ikkilamchi chulg‘am qismalaridan biri va po‘lat o‘zak yerga ulangan bo‘lishi kerak. Tok transformatori ishlab turganda ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilib qolsa, birlamchi chulg‘amdagi katta tok magnitlovchi tok bo‘lib qoladi, oqibatda magnit oqimi ko‘payib ketadi. Normal sharoitda juda kichkina bo‘lgan ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi juda ko‘payib ketadi, bu esa xodimlar uchun juda xavflidir. Po‘lat o‘zakda quvvat isrofi ko‘payib ketishi natijasida transformator qizib ketadi va buziladi. Ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilib qolmasligi uchun bu maqsadda ko‘ndalang qirqimi 2,5...4 mm bo‘lgan yo‘g‘on mis simlar ishlatilishi kerak. Agar birlamchi chulg‘amdan tok o‘tib turganda ikkilamchi chulg‘amga o‘lchov asboblari ulanmaydigan bo‘lsa, bu chulg‘am qisqa tutashtirib qo‘yilishi lozim. Agar tok transformatorining yuklamasi ko‘payib ketsa, o‘lchashdagi xatolik ko‘payib ketadi. Tokni o‘lchashdagi xatoligi quyidagicha aniqlanadi:

    Klassi 0,2; 0,5; 1; 3; 10 bo‘lgan tok transformatorlari uchun birlamchi tok nominal qiymatga ega bo‘lganda, o‘lchashdagi xatolik mos holda 0,2; 0,5; 1; 3 va 10% dan ortmasligi kerak.


    Bundan tashqari, tok transformatorlarida burchak xatoligi
    ham bo‘ladi. Burchak xatoligi va magnitlovchi kuchlari vektorlari orasidagi burchak bilan minutlarda aniqlanadi (28-rasm, b). Burchak xatoligi 0,2; 0,5 va 1 klass tok transformatorlari uchun, mos holda, 10, 40 va 80 min dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Magnitlovchi tok ortsa, transformatorning ikkala xatoligi ham ortadi.
    O‘lchov transformatorlari yordamida quvvat va sarflanadigan energiya ham o‘lchanadi. Yuqori kuchlanishli va katta tokli zanjirlarga vattmetr va schyotchiklar kuchlanish hamda tok transformatorlari orqali ulanadi. Bunda ularning tok g‘altaklari tok transformatoriga, kuchlanish g‘altaklari esa kuchlanish transformatoriga ulanadi. Birlamchi zanjir quvvatini aniqlash uchun vattmetr ko‘rsatayotgan qiymati (W) tok va kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsiyentiga ko‘paytirish lozim, yaʼni:

    Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlar
    Ishlab chiqarish korxonalarining bosh pasaytiruvchi podstansiyalarida ko‘pincha ikki cho‘lg‘amli transformatorlar bilan bir qatorda past kuchlanishli cho‘lg‘ami bo‘lingan transformatorlardan ham foydalaniladi.

    Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarda ikkita ikkinchi cho‘lg‘am bo‘lib, ularning har biri transformatorning nominal quvvatini 50% ga hisoblangan bo‘ladi. Bo‘lingan cho‘lg‘amlarda kuchlanish bir xil kattalikda bo‘lmaydi. Agar korxonalarda 6,10 KVli isteomolchilar o‘rnatilgan bo‘lsa, bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarni qo‘llash elektr taominoti sistemasida yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi..


    Bo‘lingan fazali transformatorning cho‘lg‘amlari orasida magnit bog‘lanish bo‘lmaydi. Shuning uchun bu transformatorni ikkita mustaqil ikki cho‘lg‘amli transformator deb hisoblansa ham bo‘ladi.
    Bo‘lingan fazali transformatorlarda iloji boricha qavariq ustunli (brone ustunli) magnit sistemani qo‘llash kerak, chunki ikki ustunli sistemada magnit oqimlarning farqi F2 - F3 konstruktiv elementlar orqali oqib o‘tib trans-formatorlarda qo‘shimcha quvvat isroflarini vujudga keltiradi. Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarning qisqa tutashuv to‘la qarshiliklari ikki cho‘lg‘amli trans-formatorlarnikidan ikki marta katta bo‘lganligi uchun qisqa tutashuv toklari ikki cho‘lg‘amli transformatorlarnikiga nisbatan kichik bo‘ladi. Shuning uchun keyingi paytlarda bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlar ishlab chiqarish korxonalarida keng qo‘llanilmoqda. Bo‘lingan fazali transformatorlar tez o‘zgaruvchan isteomolchilar o‘rnatilgan korxonalarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda transformatorning bitta cho‘lg‘amiga tez o‘zgaruvchan isteomolchilar ulansa, ikkinchi cho‘lg‘amga kattaligi o‘zgarmas isteomolchilar ulanadi.


    Transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash
    Transformatorsozlik zavodlarida ishlab chiqarilayotgan transformatorlar Davlat standartlarida ko‘rsatilgan talablarga javob berishi shart:

    Davlat standartlarida transformatorlarni ishlab chiqarishda va foydalanishda ko‘rsatiladigan asosiy talablar keltirilgan, bu talablar transformatorning quvvatini kuch-lanishining ortishi bilan o‘zgarib borishini ko‘rsatadi.


    Davlat standartida shuningdek transformatorlarni sinashda qo‘yiladigan asosiy talablar ham ko‘rsatilgan.
    Transformatorlarni cho‘lg‘amlarini tekshirishda qo‘yila-digan talablar va transformatorni yuklanish imkoniyatlarini aniqlash tartibi Davlat standartida ko‘rsatilgan.
    Transformatorlarni manbaga ulash uchun kerakli ulash va himoyalash apparatlari tanlanadi. Bu elementlarni tanlashda transformatorlarni qanday rejimda manbaga ulanishini va ish rejimini hisobga olinadi. Ulanish toklari ortib ketgan holatda releli himoya sxemalari uni manbadan ajratib qo‘ymasligi kabi masalalarni hisobga olinishi shart. Tanlangan apparatlar albatta transformatorlarda to‘satdan bo‘lib o‘tadigan qisqa tutashuv rejimlarida hosil bo‘ladigan qisqa tutashuv tokining zarbdor qiymatini hisobga olgan holda sozlangan bo‘lishlari shart.



    Download 17,48 Kb.
    1   2   3




    Download 17,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Payvandlash transformatorlari Tok va kuchlanish transformatorlari Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash Payvandlash transformatorining tuzilishi va ishlatilishi

    Download 17,48 Kb.