|
-bob. Ruxsat etuvchi talablar va shartlar
|
bet | 2/3 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 16,11 Kb. | | #253354 |
Bog'liq Amaliy mashg‘ulot A49,502-bob. Ruxsat etuvchi talablar va shartlar
7. Quyidagilar avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismini tayyorlashni amalga oshirishda ruxsat etuvchi talablar va shartlar hisoblanadi:
qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
YHXBB bilan kelishilgan tegishli tashkilot standarti (Ts) talablariga, qonun hujjatlari va ekologiya sohasidagi normativ hujjatlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga majburiy rioya qilish;
tegishli harakatni va (yoki) belgilangan faoliyatni bajarish yoki amalga oshirish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasining (binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari, texnologik jihozlar, tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar) mavjud bo‘lishi;
yong‘in xavfsizligiga, avtotransport vositasining saqlanishiga, texnika xavfsizligiga rioya qilishga oid talablarni bajarish;
faqat tegishli hujjatlari (egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, taqdim etilgan avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki avtomototransport vositasi mazkur shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat) mavjud bo‘lgan avtomototransport vositasi egalariga xizmat ko‘rsatish;
davlat reyestrida ko‘rsatilgan doirada tegishli harakatni bajarish va (yoki) belgilangan faoliyatni amalga oshirish.
4-bob. Ruxsatnoma berish tartibi
24. Ruxsatnoma YHXBB tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq 1 yil muddatga beriladi.
25. Tadbirkorlik subyektiga avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma YHXBBga avtomototransport vositasi egasining (yuridik yoki jismoniy shaxsning) mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda quyidagi hujjatlarni ilova qilingan holda taqdim etiladigan arizasiga asosan beriladi:
egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi — jismoniy shaxslar uchun (fuqarolik pasporti, 16 yoshga to‘lmaganlar uchun — tug‘ilganlik haqida guvohnoma, harbiy xizmatchilar uchun — harbiy qism va harbiy muassasa qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnoma yoki harbiy guvohnoma (harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari bundan mustasno), chet el fuqarolari uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining ichki ishlar organlari tomonidan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi haqida belgi qo‘yilgan milliy pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi);
avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi (texnik pasport, texnik talon) yoki avtomototransport vositasini uning egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi.
Ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat o‘tgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Avtomototransport vositalarining kuzov va dvigatellarini huddi shu rusumdagi kuzov va dvigatellarga almashtirish bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalarining kuzov va dvigatellarini huddi shu rusumdagi kuzov va dvigatellarga almashtirishga ruxsatnoma olish uchun arizaga yuqoridagi hujjatlardan tashqari avtomototransport vositasining uzoq muddat foydalanilganligi sababli eskirib, yaroqsiz holatga kelib qolgan bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, zarur shart-sharoitlarga va texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lgan xususiy texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari yoki hududiy DYHXXning diagnostika stansiyalarida avtomototransport vositasining texnik holati tekshirilganligi bo‘yicha ma’lumotnoma, shuningdek, avtomototransport vositasining old, orqa va ikki yon tomon ko‘rinishini tasvirlovchi fotosuratlar taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun tadbirkorlik subyekti uning egasi tomonidan tanlanishi mumkin, bu haqda arizada ko‘rsatiladi.
26. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
27. Ruxsatnoma olish uchun zarur ma’lumotlar YHXBB tomonidan uning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
28. Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar YHXBBga murojaat etuvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
29. Ruxsatnoma olish uchun YHXBBga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, mazkur ro‘yxat hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qo‘ygan holda murojaat etuvchiga darhol beriladi (yuboriladi).
|
| |