Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik sub’ektlarining pul mablag’lari harakatini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari




Download 1,17 Mb.
bet88/99
Sana12.12.2023
Hajmi1,17 Mb.
#116953
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè äàâëàò ñîëè ¡ìèòàñè ñîëè àêàäåìèÿñè 2

1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik sub’ektlarining pul mablag’lari harakatini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari



  • Respublikamiz o’zining mustaqilligiga erishganidan so’ng Prezidentimiz boshchiligida respublikaning o’ziga xos bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. Ushbu rivojlanish modeli asosida respublikamizda yangi iqtisodiy tizim - bozor iqtisodiyotiga o’tilmoqda. Turli-tuman mulk shakllarining paydo bo’lishi, davlat mulkining xususiylashtirilishi, hissadorlik jamiyatlari, hamkorlikdagi qo’shma korxonalar, kichik korxonalarning vujudga kelishi o’tish jarayoniga xos xususiyatlardandir. Bunday sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida haqiqiy raqobat hukm surishiga, korxonalar mustaqil ravishda chet el korxonalari bilan aloqa o’rnatishga, mahsulot sotishning yangi zamonaviy usullarini rivojlantirishga, tijorat banklari, xususiy banklar, birjalar, kim oshdi savdolari faoliyatini rivojlantirishga imkoniyatlar paydo bo’la boshladi.

  • Hozirda mulkiy birlik va munosabatlarning shunday tizimini shakllantirish lozimki, bu harakat avvalo faoliyat yakunida yuqori unum va natijaviylikni, butlik va manfaat uyg’unligini, eng muhimi bozor to’kin-sochinligi va jamiyatimiz farovonligini ta’minlasin. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ushbu jihatga bosh masala sifatida qarash lozim.

  • Prezidentimiz I. Karimov bu haqda fikr yuritib, o’zining asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari surgan: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir».

Moliyaviy axborot bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir. Tahlil qilishda xo’jalik faoliyatini o’rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo’ladigan bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Korxona moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug’ullanayotgan har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini, shu jumladan, "Pul oqimi to’g’risidagi hisobot" shaklini erkin o’qiy olishi, uning moddalarini tushunishi, shuningdek xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishlari kerak.
Moliyaviy hisobot moddalaridan foydalanib, korxona to’g’risida katta hajmda ma’lumot olish, uning moliyaviy ahvolini xizmat va bozor faolligini tahlil qilish mumkin.
"Pul oqimlari to’g’risida hisobot" da korxona moliyaviy resurslaridagi barcha o’zgarishlar pul mablag’lari tuqtai-nazaridan aks ettiriladi:

  • Xo’jalik faoliyatida olingan pullar harakati;

  • olingan hamda to’langan foizlar va dividendlar;

  • to’langan soliqlar;

  • olingan va qo’yilgan investitsiyalar;

  • aksiyalar va zayomlar, shuningdek ijara majburiyatlari bo’yicha tushumlar va to’lovlar.

Kundalik xo’jalik faoliyati jarayonida sodir bo’lgan pul mablag’laridagi barcha o’zgarishlar shunday tartibda aks ettiriladiki, u pul mablag’lari qoldig’i bilan ularga ekvivalent bo’lganlar o’rtasida, ya’ni, qisqa muddatli yuqori likvid investitsiyalar, erkin ayirboshlanadigan pul mablag’lari o’rtasida o’zaro bog’liqlikni aniqlash imkonini beradi.
4-son shaklga "Valyuta mablag’larining harakati to’g’risida ma’lumotnoma" ilova qilinib, unda davr boshi va oxiriga bo’lgan qoldiqlar, valyuta mablag’lari tushumi va xarajati to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli ko’p jihatdan real pul aylanmasiga bog’liq. Korxonaning hisob-kitob va o’zga hisob raqamlari orqali o’tadigan pul mablag’larining kelib tushishi va ularning sarflanishiga pul mablag’lari oqimi deyiladi.
Korxona ishining samaradorligiga, barqaror moliyaviy holatga korxonaning hisob-kitob va o’zga hisob raqamlariga pul mablag’lari o’z vaqtida va to’la hajmda kelib tushishi va to’lanishi natijasida erishish mumkin.
Pul mablag’lari oqimini tahlil qilish uchun 4-shakl "Pul mablag’lari to’g’risidagi hisobot" moliyaviy xisoboti, shuningdek, 1-sh shaklidagi "Korxona (tashkilot) moliyaviy faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida" gi statistika hisoboti asosiy ma’lumot manbai bo’lib xizmat qiladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot – moliyaviy hisobot hujjati bo’lib, unda joriy xo’jalik faoliyati jarayonida pul mablag’lari kelib tushishi, sarflanishi va ularning yil boshi va oxiridagi qoldig’i, shuningdek, investitsiya va moliyaviy faoliyatga yo’naltirilgan pul mablag’lari aks ettiriladi.
Pul mablag’lari oqimiga so’m va valyutadagi pul mablag’lari kiritiladi. Shu tufayli 4-shakl "Pul mablag’lari to’g’risidagi hisobot" moliya hisobotida maxsus "Valyuta mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotnoma" bo’lib, unda ularning davr boshi va oxiridagi qoldig’i va ularning kelib tushish va sarflanish summasi ko’rsatiladi.
Pul mablag’lari oqimini o’rganishda ishlatiladigan asosiy atamalar quyidagilardan iborat:

Download 1,17 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99




Download 1,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik sub’ektlarining pul mablag’lari harakatini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari

Download 1,17 Mb.