|
Fond qaytimining dinamikasi va va unga tashkiliy texnikaviy omillar ta’sirining tahlili
|
bet | 85/99 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #116953 |
Bog'liq ¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè äàâëàò ñîëè ¡ìèòàñè ñîëè àêàäåìèÿñè 26. Fond qaytimining dinamikasi va va unga tashkiliy texnikaviy omillar ta’sirining tahlili
Asosiy vositalardan foydalanish va ularning samaradorligiga baho berish moliyaviy tahlilning zarur shartlaridan biri hisoblanadi.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari korxona xo’jalik faoliyatiga baho berishning muhim ko’rsatkichlaridan biri sifatida olinadi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari.
Fond qiymati
|
Fond sig’imi
|
Sanoat ishlab chiqarish fondlari qaytimi
|
Mahsulot hajmi
Fk=-------------------------------------
Sanoat ishlab chiqarish fondlari o’rtacha yillik qiymati
|
Mashina va uskunalar qaytimi
|
Mahsulot hajmi
Fk=-------------------------------------
Mashina va uskunalar o’rtacha yillik qiymati
|
Sanoat ishlab chiqarish fondlari sig’imi
|
Sanoat ishlab chiqarish fondlari o’rtacha yillik qiymati
Fs=--------------------------------------
Mahsulot hajmi
|
Mashina va uskunalar sig’imi
|
Mashina va uskunalar o’rtacha yillik qiymati
Fs=--------------------------------------
Mahsulot hajmi
|
Ishlab chiqarish quvvatlari va uning foydalanish darajalariga baho berish asosida korxonaning joriy davrdagi iqtisodiy potensiali hamda uni maqsadli boshqaruvi belgilanadi.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning tahlilining quyidagi qatorlarini xarakterlash mumkin;
- korxona ishlab chiqarish quvvatlarining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari tizimi;
- texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni qig’siy tahlili;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning korxona xarajatlariga ta’sirining tahlili;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning korxona ishlab chiqarish samaradorligiga va faoliyat natijaviyligiga ta’sirining tahlili.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishda korxona tomonidan oshkor etiladigan 2-b forma «Korxonaning ijtimoiy iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi» ga muhim e’tibor beriladi.
Tahlilda asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning ta’sir etuvchi omillari ikkita tarkib bo’yicha o’rganiladi.
1. Asosiy vositalarning samaradorligi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili;
2. Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sirining tahlili.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi:
Fond qaytimi (sig’imi) va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar bo’lib:
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning o’zgarishi;
Asosiy fondlar o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi.
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog’liq bo’lgan omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi:
Asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi;
Fond qaytimi (sig’imi)ning o’zgarishi.
|
| |