• 1. Asosiy vositalarning korxonaning ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab
  • 3. Asosiy vositalarning foydalanish jarayonidagi qatnashuviga qarab
  • 3. Tezlashgan amortizatsiya ajratmalari va ularning fond qiytimiga ta’siri
  • Asosiy vosita (fond)larning tarkibi, tuzilishi va dinamikasining tahlili, ularning aktiv va passiv qismlarini nisbati




    Download 1,17 Mb.
    bet82/99
    Sana12.12.2023
    Hajmi1,17 Mb.
    #116953
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99
    Bog'liq
    ¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè äàâëàò ñîëè ¡ìèòàñè ñîëè àêàäåìèÿñè 2

    2. Asosiy vosita (fond)larning tarkibi, tuzilishi va dinamikasining tahlili, ularning aktiv va passiv qismlarini nisbati

    Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir vositani ma’lum bir xususiyatlari bo’yicha tasniflash va tarkibiy joylashtirib chiqish mumkin bo’ladi. Xususan, korxonalarning asosiy vositalarini ham ma’lum bir xususiyatlari bo’yicha tasniflab chiqish va ularni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiq sanaladi. Bugungi kunda asosiy vositalarni quyidagi xususiyatlari bo’yicha tasniflashimiz mumkin:


    1. Asosiy vositalarning korxonaning ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab:
    - aktiv asosiy vositalar;
    - passiv asosiy vositalar.
    2. Asosiy vositalarni ma’lum tarmoqlarga bo’ysunuviga qarab:
    - sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari;
    - boshqa tarmoq asosiy vositalari;
    - noishlab chiqarish asosiy vositalari.
    3. Asosiy vositalarning foydalanish jarayonidagi qatnashuviga qarab:
    - foydalanishdagi asosiy vositalar;
    - foydalanishdan olib qo’yilgan (konservatsiya qilingan) asosiy fondlar.
    4. Mulkiy egaligiga qarab:
    - o’ziga tegishli asosiy vositalar;
    - ijaraga olingan asosiy vositalar.
    Bundan tashqari asosiy vositalarning yana boshqa bir xususiyatlari bo’yicha ham tasniflash mumkin.
    Asosiy vositalarni aktiv va passiv fondlarga tarkiblashda asosiy jihat ularning mahsulot ishlab chiqarishdagi bevosita ishtirokiga qaratiladi. Aktiv asosiy vositalar deb mahsulot ishlab chiqarishdan bevosita va bilvosita qatnashuvchi asosiy vositalarga aytiladi.


    3. Tezlashgan amortizatsiya ajratmalari va ularning fond qiytimiga ta’siri

    Asosiy vositalarning eskirishi bugungi kunda asosan ikki xil ko’rinishda bo’ladi, ya’ni, jismoniy eskirish va ma’naviy eskirish. Bugungi kunda ko’pgina asosiy vosita turlari jismoniy eskirishdan ko’ra ma’naviy jihatdan tezroq eskirib qolmoqda. Shu sababli ham korxonalarning asosiy vositalarini batamom eskirib qolishining oldini olish maqsadida, ularga amortizatsiya (eskirish) hisoblab boriladi va asosiy vosita o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga sekin-astalik bilan o’tkazib boradi.


    Jahon tajribasida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning turli-tuman muhim uslublari mavjud. Bunday muhim uslublariga quyidagilar kiritiladi:

    • teng ulushlarda, amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda eskirish hisoblash;

    • qoldiq usulda eskirish hisoblash;

    • ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash;

    • komulyativ usulda eskirish hisoblash va hakozo.

    Yuqoridagi usullarning mohiyatini quyidagi misol asosida ko’rib o’tish mumkin.
    Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati - 1000000 so’m
    Asosiy vositalarning tugatish qiymati - 100000 so’m
    Asosiy vositalarning xizmat muddati - 5 yil

    Hozirda O’zbekiston Respublikasi milliy hisob tizimida amortizatsiya hisoblashning asosan ikkita usulidan foydalanilmoqda.


    -Teng ulushlarda amortizatsiyalashning qat’iy normalarida eskirish hisoblash;
    -Tezlashtirilgan, amortizatsiyalashning qa’tiy normalarini ikki marta oshirilgan holatida eskirish hisoblash usuli;
    Amortizatsiyaning u yoki bu usulining qullanishi albatta asosiy vositalarning texnik holatiga ta’sir etadi.
    Jumladan, tezlashtirilgan usulda amortizatsiya normalariga o’tish asosiy fondlarni yangi asosiy fondlar bilan almashtirishning moliyaviy taminoti va ularning manaviy eskirishdan saqlanish imkonini beribgina qolmay, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini o’stirish imkonini ham beradi.



    Download 1,17 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99




    Download 1,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy vosita (fond)larning tarkibi, tuzilishi va dinamikasining tahlili, ularning aktiv va passiv qismlarini nisbati

    Download 1,17 Mb.