Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati
Reja:
1 Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni
2 Korxonalarda asosiy fondlarning eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash.
3. Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va ko’rsatkichlari.
4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati.
Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni.
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol qiymati ko’rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir ko’rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo’jaligi miqyosida asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi. Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o’zining natural-moddiy holatini yo’qotmaydi hamda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o’tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o’tkazish jarayoni amortzisiya deb, ushbu jarayonda to’plangan mablag’lar esa amortizasiya ajratmalari deb ataladi. Iqtisodiy maqsadlariga ko’ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z mohiyatiga ko’ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;
uzatish qurilmalari;
quvvat mashinalari va uskunalari;
ishchi mashinalar va uskunalar;
transport vositalari;
o’lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;
foydalanish muddati bir yildan kam bo’lmagan va qonunchilikda belgilab qo’yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo’lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo’lib, shu sababli o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog’chasi va yaslilar, sport-sog’lomlashtirish va boshqa ob`yektlar kiritiladi. Madaniy-maishiy va sog’lomlashtirish yo’nalishidagi noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish asosiy fondlari bilan foydalanish muddati, natural shaklning saqlanishi, o’z qiymatini sekin-asta yo’qotishi kabi ko’p jihatlari bilan o’xshashdir.
Korxona asosiy fondlari tarkibini quyidagi 6.1.1-rasm ko’rinishida aks ettirish mumkin.
Mehnat predmetiga o’tkazuvchi ta’siriga ko’ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv turlarga bo’linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv turiga bino va inshoatlar, aktiv turiga esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va uskunalar, transport vositalari, texnologik liniyalar, ya’ni biron-bir turdagi mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi.
Korxonaning aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlari eng harakatchan va ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko’plab korxonalarda aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog’i ortadi, ularning tarkibi va ko’rinishi o’zgaradi, asosiy fondlar guruh va turlarining ma’naviy eskirish tufayli almashinish sur’ati tezlashadi.
Ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va boshqa ijobiy o’zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi. Bunday hollar ro’y berganda korxona shartnoma asosida o’ziga kerakli bo’lgan asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o’rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease - ijara).
Asosiy fondlarning umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo’yicha o’zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o’lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi o’rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko’paytirishga yo’naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo’lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo’ladi va aksincha.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiya qilish darajasi ham katta ta’sir o’tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
«Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatasiya qilinayotgan asosiy fondlarning yoshi, birinchi o’rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo’yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatasiya muddati qanchalik yuqori bo’lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari shunchalik past bo’ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko’payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko’p xarajatlar sarflanadi.
Xo’jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko’rinishida hisobga olinadi. Agar asosiy fondlarni natural baholash-ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo’yicha grafiklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo’lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo’yicha baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizasiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang’ich qiymat bo’yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo’lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog’liq bo’lgan-ularni keltirish, o’rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang’ich qiymati – bu, korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma’lum bir sanada sotib olgan va bu haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir.
Tiklanish qiymati bo’yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli obyektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko’rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizasiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Qoldiq qiymati bo’yicha - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o’rtasidagi farq ko’rinishidagi baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o’tkazilmagan qismidir.
Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki sotib yuborish mo’ljallangan asosiy fondlar ham, ko’pincha qoldiq qiymati bo’yicha, mazkur xo’jalik yilidagi narxlarda baholanadi.
Korxona asosiy fondlarini baholashning turlarini quyidagi chizma ko’rinishda aks ettirish mumkin.
Iqtisodiyotning globallashuvi hamda hisob va hisobotlarning mukammallashuvi, jumladan, milliy hisob standartlarining jahon standartlari talablari darajasiga keltirilishi tufayli, garchi asosiy vositalar, asosiy fondlarning pul ko’rinishidagi ifodasi sifatida avvaldan qo’llanib kelgan bo’lsada, hayotimizga “asosiy kapital”, “asosiy vositalar” kabi atamalar endilikda keng ravishda kirib kelmoqda.
Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya’ni, boshlang’ich, belgilangan tartibda o’tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash yordamida topish mumkinligi anglashaladi.
Qabul qilingan baholash usuli va korxona balansida aks ettiriluvchi buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida, korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati (Fo’r) belgilanib, u quyidagi formula asosida aniqlanadi:
;
Bu yerda:
Fn – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati;
Fp – yil davomida kelib tushgan (foydalanishga topshirilgan) asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati;
Fv – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo’q qilingan) asosiy fondlar qiymati;
T1- foydalanishga topshiriluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari amalda bo’luvchi o’rtacha muddati (oylarda), qabul qilingandan keyingi oydan boshlab;
T2 –ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo’q qilingan) asosiy ishlab chiqarish fondlari foydalanilmaydigan o’rtacha muddat (oylar) chiqarilgan oydan to yil oxirigacha).
Asosiy fondlarni boshlang’ich yoki tiklanish qiymati bo’yicha baholashdan tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy (moddiy) eskirish asosiy fondlarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida yo’qotishdan yuzaga keladi. U asosan bir xilda kechmaydi hamda ko’p jihatdan iqlimning ta’siri, asosiy fondlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, jumladan, xodimlarning malakasiga ham bog’liq bo’ladi.
Jismoniy eskirishni (IF) quyidagi formula asosida hisoblab topish mumkin:
yoki
Bu yerda:
Tf - asosiy fondlarning haqiqiy xizmat qiluvchi muddati;
Tn - asosiy fondlar xizmat qilishi kerak bo’lgan normativ muddat;
I - hisoblangan amortizasiya summasi (eskirish summasi);
Ps – asosiy fondlarning boshlang’ich (qayta tashkil qilish) qiymati.
Ma’naviy eskirish - asosiy fondlarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo’qotilishidir. U ikki shaklda yuzaga keladi: birinchi shaklda asosiy fondlar ularning ishlab chiqarish qiymatlari pasayishi natijasida qadrsizlansa, ikkinchi shaklda asosiy fondlarning qadrsizlanishi yangi, fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida, yanada samaraliroq fondlarning paydo bo’lishi natijasida ro’y beradi. Asosiy fondlar ma’naviy eskirishining yuqorida keltirilgan shakllarini quyidagi tarzda aniqlash mumkin:
Bu yerda:
P - asosiy fondlarning to’liq boshlang’ich qiymati;
V - asosiy fondlarning tiklanish qiymati;
Pn- yangi texnikaning unumdorligi.
6.2.2-rasm. Asosiy fondlarning eskirish turlari
Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish, ya’ni jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlarning o’rnini iqtisodiy to’ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizasiya ajratmalarni ayirib tashlaydi hamda bu ajratmalar keyinchalik xarajatlar sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi. Amortizasiya ajratmalari quyidagi formula asosida aniqlanuvchi amortizasiya normalari (Na) asosida amalga oishiriladi:
Bu yerda:
A - amortizasiya ajratmalari;
P - asosiy fondlarning to’liq boshlang’ich qiymati.
Yillik amortizasiya ajratmalari (AO) miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Bu yerda:
Rk – asosiy fondlar xizmat qilgan muddat davomida kapital ta’mirlashga sarflangan xarajatlar;
M - uskuna, mashina va qurilmalarni, ular xizmat qilgan davr mobaynida modernizasiya qilishga sarflangan xarajatlar;
O - asosiy fondlarning qoldiq (likvidasion) qiymati;
T - asosiy fondlarning xizmat qilish muddati, yil.
Amalda amortizasiya mablag’lari asosiy fondlarni to’liq qayta tiklash (renovasiya), kapital ta’mirlash va uskunalarni modernizasiya qilish uchun alohida ravishda yo’naltiriladi. Bundan kelib chiqqan holda amortizasiya normasi ikki qismdan - fondlarni renovasiya qilish (Nv) hamda kapital ta’mirlash va modernizasiya qilish (Nr) uchun ajratiluvchi mablag’dan iborat bo’ladi.
Birinchi holda amortizasiya normasi quyidagi formula:
ikkinchi holda esa:
asosida aniqlanadi
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta’mirlash orqali tiklash zaruriyati tug’iladi. O’z vaqtida ta’mirlash asosiy fondlar muddatidan oldin ishdan chiqishining oldini oladi hamda ularning xizmat qilish muddati va unumdorligini oshiradi. Asosiy fondlarni ta’mirlash kapital, o’rta va joriy turlarga bo’linadi. Bino va inshootlarni ta’mirlash o’z mazmuni, talab qilinuvchi muddat va mablag’larga ko’ra, mashina va uskunalarni ta’mirlashdan farq qiladi. Masalan, mashina va asbob-uskunalarni kapital ta’mirlashda ular to’liq qismlarga bo’linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi. Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi muddat ta’mirlash sikli deb ataladi. Mashina va uskunalar, qoidaga ko’ra, maxsus zavodlarda ta’mirlanadi.
O’rtacha ta’mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish hajmi va davriyligiga ko’ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi mablag’, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab etadi. Joriy ta’mirlash kabi u ham mashina yoki uskunadan foydalanuvchi korxonaning o’zida amalga oshirilishi mumkin.
Joriy ta’mirlashda asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya’ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi.
Asosiy fondlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish majmuasi rejali-oldini oluvchi ta’mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o’tkazilishini qayd qilish jurnallari mavjud bo’lib, ularda profilaktika va ta’mirlash tadbirlarini o’tkazish tartibi va grafigi belgilab qo’yiladi.
Ta’mirlash ishlari tufayli korxona asosiy fondlarning joriy ekspluatasiyaga tayyorligini ta’minlaydi. Biroq shu bilan bir qatorda korxona asosiy fondlarni yaratish, foydalanish, amortizasiya, qayta tiklash kabi bosqichlarni o’z ichiga oluvchi takror ishlab chiqarish amallarini doimiy ravishda bajarishga intilishi lozim. Bu bosqichlarni quyidagi chizma yordamida aks ettirish mumkin (6.2.3-rasm).
Takror ishlab chiqarish siklida asosiy fondlarni yaratish jarayoni korxonadan tashqarida amalga oshiriladi hamda asosan qurilish sohasi, mashinasozlik, asbobsozlik hamda asosiy fondlarni yaratish bilan shug’ullanuvchi boshqa sohalar bilan bog’liq bo’ladi. Asosiy vositalarni takror ishlab chiqarishning qolgan bosqichlari korxona hududida amalga oshiriladi. Biroq barcha hollarda ham asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish tufayli korxonalar ishlab chiqarishni modernizasiya qilish hamda rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy va texnik barqarorlikka erishishlarini ta’minlaydi.
Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va ko’rsatkichlari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil ko’rsatkichlari mavjud bo’lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin:
birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko’rsatkichlari bo’lib, ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish, zahiralarni aniqlash va bashorat qilish imkonini yaratadi. Bunday ko’rsatkichlarga fond qaytimi, fond sig’imi, fond rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin.
ikkinchi guruh - xususiy va natural ko’rsatkichlar bo’lib, ko’proq asosiy ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog’liq.
Ko’rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi:
asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv foydalanish koeffisiyenti, ulardan vaqt bo’yicha foydalanganlik darajasini aks ettiradi;
asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv foydalanish koeffisiyenti, ulardan quvvat bo’yicha foydalanganlik (unumdorlik) darajasini aks ettiradi;
asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffisiyenti, barcha ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanishni hisobga oladi.
Ko’rsatilgan ko’rsatkichlarning har biri amaliyotda mustaqil ma’noga ega bo’lib, turli maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarish fondlaridan vaqt bo’yicha qanday foydalanilganligini (ekstensiv foydalanish) baholash asbob-uskunalarning smenalik koeffi-siyenti, uskunalarni koeffisiyenti, smena davomida uskunalarning bekor turib qolishi, uskunalardan smenalarda foydalanish koeffisiyenti kabi ko’rsatkichlar qo’llaniladi.
Asbob-uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffisiyenti mazkur uskunalardan amalda haqiqiy foydalanilgan vaqtning ulardan reja bo’yicha foydalanish muddatiga nisbati orqali aniqlanadi.
Bu yerda:
txak – uskunalardan haqiqiy foydalanilgan vaqt, soatlar;
trej – uskunalarning normaga asosan foydalanish muddati, soatlar.
Misol. Agar 8 soatlik smena mobaynida ta’mirlash uchun 1 soat rejalashtirilib, amalda 5 soat sarflangan bo’lsa, u holda ekstensiv foydalanish koeffisiyenti 0,71 (5(8-1)) ni tashkil qiladi. Bu esa asbob-uskunalardan smena davomida faqat 71 % foydalanilganligini anglatadi.
Korxonalarda bunday uskunalarning bir emas, bir nechta – o’nta yoki yuztasidan foydalaniladi. Shu munosabat bilan uskunalarning smenalik koeffisiyenti - sutka davomida mashina-smenalarning o’rnatilgan uskunalarning umumiy soni yoki ishchi o’rinlariga nisbatini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Bu holda smenalilik koeffisiyenti quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Bu yerda:
MS - sutka davomida haqiqiy ishlangan mashina-smenalar yig’indisi;
Ko - o’rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni.
Misol. Korxonada 200 dona metall qirquvchi stanok sutka mobaynida 360 mashina-smena, 60 ta temir presslovchi stanok 50 mashina-smena, 40 ta quyuv stanoklari esa 30 mashina-smena ishlagan. Ushbu holda barcha stanoklardan foydalanishning smenalilik koeffisiyenti quyidagicha topiladi: Uskunalarning smenalilik koeffisiyentini aniqlashning yana bir yo’li bo’lib, unga ko’ra korxonalarning bir emas, ikki yoki uch smenada ishlashi va bunda uskunalarning barchasidan ham to’liq foydalanilmasligi ko’zda tutiladi. Masalan, sexda 270 dona uskuna o’rnatilgan bo’lib, birinchi smenada ulardan 200 tasi, ikkinchi smenada esa 190 tasi ishlagan. Bu holda uskunalarning smenalilik koeffisiyenti 1,44 (200190)270) ni tashkil qiladi.
Uskunalarni yuklanish koeffisiyenti ham uskunalardan vaqt bo’yicha foydalanishni tavsiflaydi. Smenalilik koeffisiyentidan farqli ravishda, u mahsulotning mehnat sig’imini hisobga oladi. U mazkur uskunada tayyorlangan barcha mahsulotlar mehnat sig’imining uning ishlash vaqti fondiga nisbati orqali aniqlanadi. Mazkur misolda ushbu koeffisiyent quyidagicha bo’ladi:
Korxonada asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni to’liq baholash uchun ekstensiv ko’rsatkichlardan tashqari, ularning quvvat bo’yicha yuklanish tabiatini o’rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda yuqorida aytib o’tilganidek, texnologik uskunalar amaldagi unumdorligining, ya’ni texnik asoslangan progressiv unumdorlikning normativ unumdorlikka nisbati asosida, ya’ni uskunalardan intensiv foydalanish koeffisiyentidan foydalanish, uni quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:
Bu yerda: VF vaqt birligida uskunada ishlab chiqarilgan haqaqiy mahsulot miqdori;
VP vaqt birligida uskunada texnik jihatdan asoslangan mahsulot ishlab chiqarish normasi.
Misol. Pasport ma’lumotlari bo’yicha dastgohda bir soatda 100 ta detal yasash mumkin, amalda esa shu vaqt ichida faqat 80 ta detal tayyorlandi. U holda Kintq0,8 (80:100), ya’ni dastgohdan quvvat bo’yicha foydalanish 80 foizni tashkil qildi.
Uskunadan integral foydalanish koeffisiyenti uskunadan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffisiyentlarining ko’paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo’yicha band bo’lishini (foydalanilishini) kompleks xarakterlaydi.
Bizning misolimizda Keks q 0,71 va Kint q 0,8 bo’lganligi tufayli, uskunadan integral foydalanish koeffisiyenti quyidagiga teng bo’ladi:
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumiy va qiymat ko’rsatkichlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, avvalo fond qaytimi haqida to’xtalib o’tish kerak. U asosiy fondlar birligiga (qiymati bo’yicha) to’g’ri kelgan mahsulot ishlab chiqarishni xarakterlaydi.
U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumning (V) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi:
Mahsulotning fond sig’imi - fond qaytimiga teskari qiymat bo’lib, quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Fond sig’imi kapital qo’yilmalari (investisiyalar)ni tejash yoki ko’paytirish bilan uzviy ravishda bog’liq bo’ladi. Masalan, mahsulot fond sig’imi pasayib, uning ishlab chiqarish hajmi doimiy yoki o’suvchi bo’lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sharoitlari yaxshilanadi, demak, kapital qo’yilmalarini tejash uchun imkoniyat tug’iladi. Uni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
|