Ўзбекистон республикаси халš таълими




Download 1.39 Mb.
bet1/42
Sana26.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#54089
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси хал таълими
exsel amaliy, farid, 4 amaliy mashg\'ulot IAKT, Inverse Matrix 1, 999, rozibek, mirzo, MS Word dasturida quyidagi jadvalni hosil qiling, 24960, Communication and technology, Normurodova Manzura, azizbek egambrdiyev, Doc1, Ma\'lumotnomalar

Ergashev Do’smamat


TASVIRIY SAN’ATDAN
DARS ISHLANMALARI
6-sinf





ANNOTASIYA

Tasviriy san’at darslarini o’qitishga oid muammolar maktablarning tasviriy san’at o’qituvchilari uchun talaygina. Ularni to’g’rilash va bartaraf etishning yo’llaridan biri sinf o’quvchilari uchun tasviriy san’at darsliklarini yaratishdir. Lekin, xanuzgacha 4-5-6-sinflarga oid darslik chop etilganicha yo’q. Shuni hisobga olib 6-sinfda dars o’tadigan o’qituvchilar uchun tasviriy san’at dasturi asosida dars ishlanmalari tayyorlab chiqarishni lozim topdik. Bu dars ishlanmalari 6-sinfda o’tiladigan narsaning o’ziga qarab rasm ishlash, san’atshunoslik asoslari, kompozisiyaon faoliyatga oid bo’lib ularni grafikada, rangtasvirda natyurmortlar, portretlar, manzaralar yaratish va dekorativ amaliy san’at, qoralama kabi masalalar yoritiladi. Ushbu uslubiy tavsiyanoma tasviriy san’at o’qituvchilariga darslarni metodik jihatdan to’g’ri tashkil etishlarida yordam beradi degan o’middamiz.


Muallif: Mahmudxo’ja Behbudiy nomidagi Samarqand VPKQTMOI “Jismoniy tarbiya, san’at va mehnat ta’limi” kafedrasining katta o’qituvchisi D . Ergashev.
Taqrizchilar: Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universitetining katta o’qituvchisi F. Toshpulatov., Sh.Oydinov.
Pastdarg’om tuman xalq ta’imi bo’limiga qarashli 103-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-toifali tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Sh. Abdunazarov.

Mazkur metodik tavsiyanoma M.Behbudiy nomidagi Samarqand VPKQTMOI “Jismoniy tarbiya, san’at va mehnat ta’limi” kafedrasining 2009 yil 30 noyabrdagi 9- sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.


KIRISH

Aziz ustozlar! Mazkur metodik tavsiyanoma 6 - sinf o’quvchilari uchun tasviriy san’at fanidan darslik yo’qligi sababli modernizasiya qilingan o’quv dasturi bo’yicha o’qituvchilarga metodik yordam sifatida fan bo’yicha materiallarining mavjud emasligi hisobga olinib tayyorlandi.


Tasviriy san’at fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib o’quvchilarni ijodkor, komil, mustaqil fikrga ega bo’lgan insonlar bo’lib shakllanishiga yordam beradigan, nafosat tarbiyasini qalbiga singdiradigan fanni ta’limiy – tarbiyaviy ahamiyatini oshirishga uslubiy yordam tariqasidadir.
Tasviriy san’at darslari hamma sinflardagi kabi 6 - sinfda ham 34 soatni tashkil etadi. 6 - sinf o’quvchilarining boshlang’ich va 5 - sinfda olgan bilimlarini tarixiy - nazariy jihatdan, amaliy - tasviriy jihatdan shakllantirish kerakligi hisobga olingan. Ya’ni, tasviriy san’at tarixi, san’atning ijtimoiy borliq xodisasi ekanligi, madaniy - ma’rifiy ahamiyati, badiiy - estetik jihatlarini o’quvchilarga o’rgatiladi.
Amaliy rasm chizish jarayonida o’quvchilar o’zlarining qobiliyati, iqtidori, iste’dodi va talantini namoyish etadi. Har bir insonning faqat san’at bilan ochiladigan qopqoqchasi bo’ladi deyiladi. Bola amaliy ishlar bajarish orqali o’zining iste’dodini ko’rsatadi. Chunki tasviriy san’at darslarining hamma turlarini o’qitish jarayonida kompozisiya yaratiladi. Bu esa ijodiy ish hisoblanadi. Shu orqali o’quvchilarning bilim, kunikma va malakalari shakllanib boradi.
6 - sinfda chet el tasviriy san’atiga ham alohida e’tibor berilgan. Bunda Yaponiya, Koriya, Xitoy rassomlari uslubida rasm chizish masalalari kiritilgan. Shuningdek, Sharq miniatyura san’ati an’analarini o’zlashtirib, o’rganib oladi.
O’qituvchilarga yuqoridagi masalalarni o’rgatishning yangi yo’nalishlari YaPT(yangi pedagogik texnologiya), noan’anaviy darslar misolida olib boradilar. Bu dars ishlanmalari shu kabi masalalarni yoritishda o’qituvchiga yordam beradi.


Download 1.39 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 1.39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси халš таълими

Download 1.39 Mb.