To‘plovchining konfiguratsiyasi. To‘plovchini montaj qilishdan avval uni konfiguratsiyalab (ma’lum shaklga keltirib) olish kerak. IDE(Integrated Drive Electronics) rusumli to‘plovchilarning ko‘pchiligi uchun «vedushiy-vedomiy» (yetakchi-tobe) pereklyuchatelini o‘rnatish yoki Cable Select imkoniyatlaridan foydalanish lozim. 5.1-rasmda qattiq disk(vinchester) ko‘rsatilgan.
5.1-rasm.
IDE interfeysli disk yurituvchilar uchun quyidagi konfiguratsiyalar tavsiya qilinadi:
- Birlamchi IDE: bir qavatli Master Primary IDE kabi qattiq disk.
- Ikkilamchi IDE: bir qavatli Master sifatidagi CD/DVD disk yurituvchi.
Agar shaxsiy kompyuter egasiga IDE tarkibiy qismlaridan to‘liq foydalanish zarur bo‘lsa, disk yurituvchilarni quyidagi tartibda ulash kerak:
- Birlamchi IDE: ikki qavatli Master kabi qattiq disk 1.
- Birlamchi IDE: ikki qavatli Slave kabi qattiq disk 2.
- Ikkilamchi IDE: ikki qavatli Master kabi CD/DVD 1 disk yurituvchi.
- Ikkilamchi IDE: ikki qavatli Slave kabi CD/DVD 2 disk yurituvchi.
Qattiq disk o‘rnatish uchun tizim blokida ular uchun maxsus joy ajratilgan. Bitta tizim blokida ber nechta qattiq disk o‘rnatilishi mumkin. Qattiq diskni tizimli blokdagi unga ajratilgan joyga o‘rnatib, uni maxsus mahkamlash asboblari bilan mahkamlam quying. 5.2-rasmda qattiq o‘rnatilgan tizim bloki ko‘rsatilgan.
5.2-rasm.
Ma’lumotlarni uzatish uchun diskni mahkamlab elektr manbaiga ulash kerak. Uni ulashda elektr ta’minoti uchun va ma’limotlarni uzatish uchun maxsus kabellar ishlatiladi(5.3-rasm).
5.3-rasm.
|