|
To‘plovchining turini avtomatik tarzda aniqlash
|
bet | 18/48 | Sana | 29.12.2020 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #13008 |
To‘plovchining turini avtomatik tarzda aniqlash. Zamonaviy BIOSlarda IDE to‘plovchilarning deyarli hammasi uchun, turlarni avtomatik tarzda aniqlashi ko‘zda tutilgan. Ya’ni tizimning so‘roviga ko‘ra to‘plovchidan uning tavsifi va zarur paramertlari o‘qiladi. Bunday yondashilganda, parametrlar qo‘lda kiritilgan holatda yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolar amalda istisno qilinadi.
5.2. Qattiq diskni formatlash
Formatlash. Qattiq diskning unumdorligi va ishonchliligi sozlash va formatlashning to‘g‘ri bajarilishiga bog‘liq. Bu bo‘limda diskni to‘g‘ri formatlashga yordam beruvchi amallar ko‘rib chiqiladi. Kompyuterga yangi to‘plovchi o‘rnatayotganda bu amallardan foydalaning.
Qattiq diskdagi to‘plovchini formatlash uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Quyi darajali formatlash.
2. Bo‘limlarga mantiqiy taqsimlash.
3. Yuqori darajali formatlash.
|
| |