• FDISK dasturini ishga tushirish.
  • Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси




    Download 3,57 Mb.
    bet21/48
    Sana29.12.2020
    Hajmi3,57 Mb.
    #13008
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
    C: -operatsion tizim;

    D: -ilovalar;

    E: -ma’lumotlar.

    Bunday holda asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar tuziladi, qo‘shimcha bo‘limda esa ikkita mantiqiy disk tashkil qilinadi.

    Diskning bunday tartibda taqsimlanishi, ma’lumotlarga nisbatan xavfsiz sharoit yaratishdir – C: va D: disklarning barbod bo‘lishi ularga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, ma’lumotlardan zaxiraviy nusxa ko‘chirish jarayoni soddalashadi, bir nechta disklarga sochilgan papkalar emas, balki E: diskining nusxasi tuziladi.

    FDISK dasturini ishga tushirish. FDISK dasturini ishga tushirish vaqtida disk testdan o‘tkaziladi va uning o‘lchami 512 Mega bayt(Mb)dan oshsa, quyidagi xabar paydo bo‘ladi:

    Kompyuter 512 Mbdan oshiq hajmli diskka ega. Windowsning mazkur talqini katta disklarni qo‘llashni o‘z ichiga oladi va bunday disklardagi joydan samaraliroq foydalanish, shuningdek, 2 Gega bayt(Gb)dan oshiq o‘lchamli disklarni bitta disk kabi formatlash imkonini beradi.

    DIQQAT! Agar katta disklar ulansa va ularda yangi disk yaratilsa, yangi diskka boshqa operatsion tizimdan, shu jumladan, Windows 95 va Windows NTning ba’zi versiyalari, shuningdek, Windows va MS-DOSning ancha oldingi versiyalariga kirish mumkin bo‘lmay qoladi. Bundan tashqari, FAT 32 fayl tizimini ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlamaydigan disk xizmat dasturlari bu disk bilan ishlay olmaydi. Bu diskka boshqa amallar tizimlaridan yoki ancha eski xizmat dasturlaridan murojaat qilinganida katta disklarni qo‘llab-quvvatlashni ulamang. Katta disklarni qo‘llab-quvvatlashni ulaysizmi(Y/N)…….? [N].

    Bu savolga tasdiqlovchi javob berilganida, o‘lchamlari 512 Mbdan katta bo‘lgan barcha bo‘limlar FAT 32 fayl tizimiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, tasdiq javobi 2 Gbdan katta o‘lchamli bo‘lim tuzish uchun ham zarur.

    Menyuning quyidagi buyruqlari paydo bo‘ladi:

    Joriy qattiq disk: 1.

    Harakatni tanlang:

    1. DOS bo‘limi yoki DOS mantiqiy diskini yaratish.

    2. Faol bo‘limni tanlash.

    3. DOS bo‘limi yoki mantiqiy diskni yo‘qotish.

    4. Mavjud bo‘limlar haqidagi ma’lumotlarni chiqarish.

    5. Joriy diskni almashtirish.

    Tanlangan harakat raqamini kiriting: [1].

    Beshinchi buyruq tizimda bir nechta qattiq disk o‘rnatilgan bo‘lgandagina paydo bo‘ladi. Joriy diskning raqami birinchi qatorda aks etadi. Bo‘limni tuzish uchun birinchi buyruqdan foydalaniladi. Agar disk bo‘lingan bo‘lsa, unda uning tarkibini ko‘zdan kechirish uchun to‘rtinchi buyruqdan foydalaniladi.

    Birinchi buyruq tanlanganida quyidagi menyu paydo bo‘ladi.

    DOS bo‘limi yoki mantiqiy diskni tuzish:

    Joriy qattiq disk: 1.

    Harakatni tanlang:



    1. DOSning asosiy bo‘limini tuzish.

    2. DOSning qo‘shimcha bo‘limini tuzish.

    3. DOSning qo‘shimcha bo‘limida DOSning mantiqiy disklarini tuzish.

    Tanlangan harakat raqamini kiriting: [1].

    Avval yuklanuvchi diskda asosiy bo‘limni tuzib olish kerak, so‘ngra esa qolgan disklarda qo‘shimcha bo‘limlarni tuzish lozim. Bo‘limlar tuzib olingach, ularning birini faol qilish kerak (ko‘pincha bu yuklanuvchi diskdagi asosiy bo‘lim bo‘ladi). Buning uchun ikkinchi buyruq ishlatiladi. Bo‘limlarni tuzib, kompyuterni qayta yuklang va yangi bo‘limlarni yuqori darajali formatlashga hamda operatsion tizimni o‘rnatishga kirishing.




    Download 3,57 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




    Download 3,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси

    Download 3,57 Mb.