II. CHULG’AMLARNI HISOBLASH




Download 2.31 Mb.
bet8/16
Sana05.05.2023
Hajmi2.31 Mb.
#56965
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
2-курс ЭЭ эл маш КЛ(2)
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
II. CHULG’AMLARNI HISOBLASH
Transformatorlarning chulg’amlari va ularning konstruksiyasi. Transformator chulg’amlari deganda, berilgan kuchlanishni olish maqsadida, o’ramlarda hosil qilinadigan E.Yu.K larning yig’indisini hosil qiluvchi elektr zanjirlarini hosil qiluvchi o’ramlar jamlanmasi tushiniladi.
Kuch transformatolari ikkitadan kam bo’lmagan asosiy chulg’amlarga ega bo’ladi. Yuqori nominal kuchlanishga ega bo’lgan transformator chulg’ami yuqori kuchlanish (VN) chulg’ami deyiladi.
Past nominal kuchlanishga ega bo’lgan transformator chulg’ami past kuchlanish (NN) chulg’ami deyiladi. Ular o’rtasidagisi esa – o’rta kuchlanish (SN) chulg’ami deyiladi (Uch chulg’amli transformatorlarda). Chulg’amlarni tayyorlashdagi sarflanadigan materiallar narxi va ularni o’rash uchun to’lanadigan ish haqi transformator narhining tahminan 50%ni tashkil etadi. O’zakda joylashishiga ko’ra chulg’amlar konsentrik va almashinuvchi turlarga bo’linadi. Almashinuvchi chulg’amlarda YuK va PK g’altaklar o’zak balandligi bo’yicha navbatma - navbat o’zaro almashingan bo’ladi.
Almashinuvchi chulg’amlar asosan maxsus transformatorlar uchun qo’llaniladi. Umumiy maqsadli kuch transformatorlarida va maxsus transformatorlarning ayrimlarida odatda konsentrik chulg’amlar qo’llaniladi. Bunda o’zak yaqiniga PK chulg’am uning tashqarisiga esa YuK chulg’am joylashtiriladi. Konstruksiyasi va o’rash usuliga ko’ra konsentrik chulg’amlar silindrik g’altakli va vintsimon turlarga bo’linadi. Katta quvvatli transformatorlarda parallel simlarning soni bir necha o’nlargacha etishi mumkin. Shu sababli bunday transformatorlarning PK chulg’ami uchun bir necha to’g’ri burchak kesimli simlardan parallel bajarilgan ko’p yo’lli chulg’amlar qo’llaniladi.
Uzluklsiz g’altakli chulg’amda bitta g’altakdan ikkinchisiga simni uzmasdan o’tiladi. Bunday chulg’amning afzalliklariga tayanch yuzasining kattaligi sababli qisqa tutashuvda vujudga keladigan bo’ylama kuchlarga nisbatan katta chidamlilik va sovutish yuzasining kattali kiradi. Shu afzalliklar tufayli uzluksiz chulg’am keng ko’lamda qo’llaniladi.
Transformator chulg’amlarining uchlari bak qopqog’ida o’rnatilgan maxsus chinni izolyatorlar ichidan o’tgan kesim yuzasi nisbatan katta bo’lgan o’tkazgichlarga ulanib tashqariga chiqariladi. Zamonaviy transformatorsozlikda kuchlanish klasslari 110÷1200 kV bo’lgan so’ngi yillarda ishlab chiqarilgan transformatorlarda YuK chulg’ami uchun to’qima chulg’amlar keng qo’llanila boshlandi.

Download 2.31 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Download 2.31 Mb.