|
G tarmoqlarida radiouzatkichlari arxitekturasi
|
bet | 4/5 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 193,84 Kb. | | #252271 |
Bog'liq MI radio uzatish va qabul qilish5G tarmoqlarida radiouzatkichlari arxitekturasi
Radiouzatgich (radio uzatuvchi qurilma) - bu nurlanish hususiyatiga ega radiochastota signalini ishlab chiqarish uchun elektron qurilma.Radiouzatgich radiochastotaning oʻzgaruvchan tokini mustaqil ravishda yaratish qobiliyatiga ega, u uzatish qurilmasi (fider) yordamida uzatuvchi antennaga yetkazib beriladi, antenna esa oʻz navbatida radio toʻlqinlarini tarqatadi.
2-rasm.Raqamli radioaloqa uzatgichlarining tuzilish sxemasi
Rivojlanish tarixi
1887-yilda nemis fizigi Geynrix Rudolf Gerts radiouzatgich va qabulqilgichni ixtiro qildi va qurdi, elektromagnit toʻlqinlarning mavjudligini isbotlagan radiotoʻlqinlarni uzatish va qabul qilish boʻyicha tajribalar oʻtkazdi va elektromagnit toʻlqinlarning asosiy xususiyatlarini oʻrgandi.
Rumkorfning katushkaga (gʻaltak) asoslangan uchqun printsipidagi birinchi radiouzatgichlari konstruksiyasi juda oddiy edi – ularning tebranma konturida uchqun razryadlari yordamida kamayib ketayotgan tebranish yana harakatga kelgan, telegraf kaliti esa modulyator hisoblanadi - u Rumkorfning katushkasi manbaasi zanjirini tutashtirgan va uzgan. Bunday radiouzatgich yordamida ma’lumot kodlangan diskret shaklda uzatilgan - masalan, Morze kodi yoki boshqa shartli signallar toʻplami shaklida. Uchqun uzatgichlarining quvvati yuzlab kilovattlarga yetgan. Ularning kamchiliklari past samaradorligi boʻlgan, shuningdek, ular tomonidan chiqarilgan radio toʻlqinlarning juda keng doirasi edi. Natijada, bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta uchqun uzatgichlarining bir vaqtning oʻzida ishlashi ularning signallarining aralashuvi tufayli deyarli imkonsiz, qabul qiluvchilar esa yaqin joylashgan uzatgich signali bilan „tiqilib qolar“ edi. Taxminan 1916-yilda uchqunli uzatgichlarni qurish toʻxtatilgan.
Zamonaviy radiouzatgich quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
yuboriluvchi toʻlqinning asosiy chastota generatori (mustahkamlangan yoki sozlanadigan);
tarqatiladigan toʻlqinning (amplituda, chastota, faza yoki bir vaqtning oʻzida bir nechta parametrlar) parametrlarini uzatiladigan signalga muvofiq oʻzgartiradigan modulyatsiya qiluvchi qurilma (koʻpincha asosiy generator va modulyator bitta blokda amalga oshiriladi - qoʻzgʻatuvchida);
tashqi energiya manbai tufayli qoʻzgʻatuvchining signal kuchini kerakli darajaga oshiradigan quvvat kuchaytirgichi;
kuchaytirgichdan antennaga quvvatni eng samarali oʻtkazishni ta’minlaydigan moslashtiruvchi qurilma;
signal tarqalishini ta’minlovchi antenna .
|
| |